313
Eng muvaffaqiyatli restoranlar muntazam ravishda taomnomani yangilab turadi,
xizmat ko‘rsatish tizimini o‘zgartiradi. Yangi mijozlar jalb qilish va mavjud mijozlarni
ushlab qolish uchun o‘z xizmatlarini ilgari surishning tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish
kerak.
Restoran xizmatlarini ilgari surishning ayrim usullari
ChEGIRMALAR
Chegirmalar tizimidan foydalanish kutilgan natijalarga olib keladi. Dastlab
tashrif buyuruvchilar sonini shunchalik oshirish zarurki, chegirmalar o‘zini oqlasin,
undan keyin esa ulardan foydalanishdan qo‘shimcha daromad ola boshlash ham
mumkin. Bu ma’noda «niqoblangan» chegirmalar: kompleksli tushliklar, biznes-lanch,
kn taomi va h.k. yaxshi ish beradi. Restoranga tashrif buyuradigan katta kompaniyalar
yoki haftada kamida 1-2 marta keladigan doimiy mijozlarga chegirmalar taqdim etish,
shuningdek, klub kartalari tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq.
REKLAMA
Internet. Internet saytni to‘g‘ri tashkil qilish va «aylantirish»da ayniqsa, agarda
sayt muntazam yangilanib turadigan va taomnomadagi o‘zgarishlar, eng yaqin konsert
dasturlari, promoushn-aksiyalar haqida yangi axborotdan iborat bo‘lsa, u potensial
mijozlarni restoranga jalb qilishning juda samarali vositasiga aylanishi mumkin.
Agarda saytda ma’lum bir interaktiv, masalan, savol berish va javob olish, stolga
buyurtma berish imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, yanada yaxshi.
Tashqi reklama. Har bir restoran tashqarida noi chiroyli qilib yozilgan va
bezatilgan moslmaga ega bo‘lishi lozim. Qo‘shimcha ravishda, restoranni topish oson
bo‘lishi uchun panel: kronshteynlar, shgenderlar joylashtirish, shuningdek,
chaqiruvchilarni yollash mumkin, masalan, ko‘plab restoranlar ko‘chaga trli odamlar
va hayvonlarning plastik qiyofalirini chiqarib qo‘yadi.
Restoran ichida reklama. Bu qatorga restoran haqida buklet va varaqalarni
kiritish mumkin; agar restoranda vaqti-vaqti bilan msiqiy jamoalar chiqishlar bo‘lib
o‘tadigan bo‘lsa, bunday voqealar haqida axborot ham joylashtirilishi mumkin .
Pochta orqali jo‘natmalar. Bu reklama elementi restoranning asosiy mijozlari
kimlar ekanligi haqida tasavvurga ega bo‘lish imkoni bo‘lgan hollarda samarali
314
bo‘ladi. Agar u yaqin atrofdagi uylarda yashaydigan yoki yaqin atrofdagi ofis
binolarida ishlaydigan kishilar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, ularni bu haqida xabardor
qilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, agar restoran ma’lum bir yo‘nalishga ega,
masalan, ishbilarmonlar uchun uchrashuv o‘tkazishga qulay bo‘lsa, jo‘natmani aynan
shu maqsadli muloqot doirasiga qaratish lozim.
Ommaviy axborot vositalarida reklama ayrim shartlarga rioya qilinganda
samarali bo‘ladi. Ularning asosiysi - mazkur restoran boshqa ko‘plab restoranlardan
nimasi bilan farq qilishi lozimligi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishdir. Mijozlarni bu
yerga tashrif buyurishga aynan nima majbur qiladi. Bu ustunliklar mos ravishda
reklama xabarida aks ettirilishi zarur.
Suvenir mahsulotlar: firma gugurtlari, yondirgichlar, bokallar va b. - asosiysi
ular restoran uslubiga mos kelsa bo‘lgani. Tabiiyki, har bir predmetda muassasaning
firma belgisi aks etishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: