308
18.3-jadval
Reklama faoliyatining maqsadlari va vositalari
Maqsad
Vosita
Asosiy tijorat g‘oyasini ifodalash
Iste’mol foydasi va tovarni afzal ko‘rishning
muvofiqligi
Vizual obrazlar yaratish
Tasvir va sarlavxaning o‘zaro aloqasi
Xaridorning emotsional kayfiyatini
ifodalash
Iste’molchiga asl qiziqish namoyish etish
Reklama soddaligiga erishish
Radio va televideniye vositalaridan foydalanish
Fikrlarning isbotliligi
Muayyanlik, batafsillik, umumiy fikrlarga yo‘l
qo‘yilmasligi
Tanlangan yo‘nalishga aniq amal qilish
Bosqichdan bosqichga ko‘riladigan choralar va xulq-
atvor ketma-ketligi
Kundalik zerikarli harakatlarni istisno
qilish
Shakli vva mazmuni bo‘yicha yangi, noodatiy va
kutilmagan narsalar izlash
Esda qolarlilik
Takrorlanadigan mavzu va individual asoslarni
amalga oshirish
Quyidagi reklama maqsadlari bo‘lishi mumkin.
1. Xabardor qilish:
➢ yangi tovar (xizmat) haqida bozor xabardorligi;
➢ mashhur tovardan (xizmatdan) foydalanishning yangi usullarini taklif etish;
➢ bozorda narx o‘zgarishlari haqida xabar kilish;
➢ mahsulotning ishlash tamoyilini va undan olish mumkin bo‘lgan asosiy
foydalarni tushuntirib berish;
➢ tovarni (xizmatni) tavsiflash;
➢ tovar (xizmat) haqida noto‘g‘ri taassurotlarni to‘g‘rilash;
➢ xaridorlar xavotirini pasaytirish;
➢ firma imidji yaratish.
2. Ishontirish:
➢ belgilangan savdo markasini xarid qilishga ishontirish;
➢ e’tiborni bir markadan boshqasiga qaratish;
➢ xaridorlarning tovar (xizmat) sifati haqidagi tasavvurlarini o‘zgartirish;
➢ iste’molchilarni xaridni kechiktirmaslikka ishontirish;
➢ iste’molchilarni telefor orqali tovarga buyurtma berish foydali ekanligiga
ishontirish.
309
3. Eslatish:
➢ xaridorlarga u yoki bu tovar (xizmat) ularga yaqin orada kerak bo‘lib
qolishini eslatish;
➢ xaridorlarga aynan qayerda tovar xarid qilish (xizmat olish) mumkinligini
eslatish;
➢ o‘z firmasi haqida mavsumlar oralig‘ida eslatish;
➢ xaridorlarni firmadagi voqealar haqida doimiy xabardor qilib turish.
Reklamani rejalashtirish uchun boshlang‘ich axborot:
➢ sotuv maqsadi;
➢ rejalashtirilgan sotuv ulushi;
➢ bozor sig‘imi;
➢ sotuv usullari va shakllari;
➢ erishilgan bozor ulushi;
➢ bozordagi raqobatchilar;
➢ raqobatchilarning bozor ulushi;
➢ raqobatchilar tomonidan qo‘llshanadigan sotuv usullari va shakllari;
➢ sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar (xizmatlar);
➢ raqobatchilar taklifi;
➢ tovarlarga (xizmatlarga) o‘z narxlari;
➢ raqobatchilar narxlari;
➢ taxmin qilinayotgan tovar (xizmat) xaridorlari;
➢ taxmin qilinayotgan xarid motivlari;
➢ firma qo‘llagan reklama vositalari;
➢ raqobatchilarning reklama vositalari;
➢ firmaning reklama xarajatlari hajmi va ularni raqobatchilarning reklama
xarajatlari bilan taqqoslash;
➢ reklama maqsadi.
Reklama xabarining ustunlik va kamchilklarini aniqlashga imkon beradigan
nazorat savolnomasini keltirib o‘tamiz.
1.Reklama matni reklama maqsadlariga muvofiq ta’sir ko‘rsatadimi?
310
2.Matn taklif etilayotgan tovar (xizmat) barcha afzalliklari haqida tasavvur
beradimi?
3.Matn o‘z uslubi va bayon qilish tarzi bo‘yicha maqsadli muloqot doirasiga
yo‘naltirilganmi?
4.Matn uni eng ko‘p sonli potensial mijozlar o‘qiydigan darajada jalb
etuvchanmi?
5.Matnda potensial xaridorlar uchun eng jalb etuvchan bo‘ladigan taklif
etilayotgan xizmat ustunliklariyetarlicha ifodalanganmi?
6.Matnda mijozlarning taklif etilayotgan xizmatga nisbatan so‘rovlari hisobga
olinganmi?
7.Matnda mijozni taklif etilayotgan xizmatni xarid qilishdan o‘zini tutib qolishga
majbur qiladigan iboralar bormi?
8.Matnda odob-axloq doirasidan chiqilmaganmi?
9.Matn mazmuni haqqoniymi?
10.Ushbu matn yordamida raqobatchilarga bosim ko‘rsatish mumkinmi?
11.Potensial xaridorlar tovar bilan to‘g‘ri murojaat qilish bo‘yicha aniq
yo‘riqnomalar olganmi?
12.Matn raqobatchilar reklamasidan ko‘ra yorqinroq va esda qolarliroq
hisoblanadimi?
13.Matn xaridorlarga ular tovarni (xizmatni) boshqalarga tavsiya etadigan
darajada kuchli ta’sir ko‘rsatishi mumkinmi?
14.Reklama matni potensial xaridorlar istaklarini hisobga olgan holda
tuzilganmi?
15.Reklama xabari matni boshqa reklama turlari bilan uyg‘unlashadimi?
16.Matn tanlangan reklama vositasiga mos keladimi?
17.Matnda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan yetarli hajmdagi
axborot bormi?
18.Matn stilistik v agrammatik jihatdan benuqsonmi?
19.Matnni yaxshilash uchun qanday imkoniyatlar mavjud?
311
Reklama faoliyati jarayoni qay tarzda tashkil etilishi haqida 18.1-rasm
ma’lumotlari bo‘yicha mulohaza yuritish mumkin.
Zamonaviy ta’lim xizmatlari reklamasi
Ta’lim xizmatlari reklamasi xussiyatlari:
1) ta’lim xizmatlari reklamasi axborot uchun mo‘ljallanganlikning emotsional
jihat ustidan keskin ustunlik qilishi bilan tavsiflanadi. Biroq ta’lim xizmatlari
reklamasining ko‘plab adresatlari, ayniqsa, yoshdar uchun shaxsiy jihatlan mazmunga
oid axborotdan ko‘ra kam ahamiyat kasb etmaydi;
2) zamonaviy reklamada baynalmilallashuv bilan bir qatordaayniqsa, ta’lim
xizmatlariga nisbatan aholining milliy, madaniy va diniy an’analari ham tobora
ko‘proq hisobga olinmoqda;
3) zamonaviy reklama ko‘p manzilli, ta’lim xizmatlari bozorida uning ehtimoliy
adresatlari bu – firmalar, ta’lim va ilmiy jamg‘armalardir.
Ta’lim xizmatlari bozorida mijozlar batafsil bosma axborotni afzal ko‘radi.
Sotuvni rag‘batlantirish – savdo yoki iste’molchilar uchun larni xarid qilishga
undashi lozim bo‘lgan stimullar yaratish.
Restoran xizmatini bozor tomon ilgari surishning asosiy usullari
Restoran xizmatlarini ilgari surishda uning individual xususiyatlari hisobga
olinishi lozim, chunonchi:
➢ oshxona xussiyatlari;
➢ narx siyosati;
➢ zallar dizayni;
➢ joylashvi;
➢ xizmat ko‘rsatish sifati va qaor boshqa omillar.
Tashriflar soni, doimiy mijozlar soni va restoran xizmatlari yakuniy darajasi
sanab o‘tilgan omillar iste’molchilar ongida qanchalik qulay bo‘lib ko‘rinishiga
bog‘liq bo‘ladi.
Ilgari surish vositalari qatoriga yangi ochilayotgan restoranlar ham, bozorda
muvaffaqiyat bilan faoliyat yuritayotgan restoranlar ham kiradi, lekin ularda ilgari
surish usullari ham, ilgari surish xarajatlari ham turlicha bo‘ladi.
312
Do'stlaringiz bilan baham: |