9- mavzu. Budjet- soliq siyosati reja


-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi



Download 394,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana31.12.2021
Hajmi394,06 Kb.
#237434
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
9-mavzu. Maruza matni dd87682c2c5fb35c119b7c6e8b7bc8e5 (1)

 

9.2-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi 

 

Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining 



oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi. 

Davriy  yuksalish  bosqichida  soliqlar  avtomatik  ko‘payishi  va  davlat 

xarajatlarining  kamayishi  natijasida  budjet  ortiqchaligi  paydo  bo‘ladi.  Davlat 

xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud 

bo‘lishi  mumkin.  Davriy  taqchillik  va  ortiqchalik  miqdorlari  soliq  va  budjet 

funksiyalari  grafiklarining  «tikligiga»  bog‘liq.  Soliq  funksiyasi  T  ning  egilish 

burchagi  chegaraviy soliq stavkasi t  ning miqdoriga bog‘liq. t qancha yuqori bo‘lsa 

T  chizig‘i  shuncha  tik  bo‘ladi.  Davlat  budjetidan  beriladigan  transfertlar  hajmi 

o‘zgarishining  daromadlar  o‘zgarishiga  bog‘liqligini  xarakterlovchi  γ  koeffitsent 

qancha kichik bo‘lsa, G chizig‘i ham shuncha tik bo‘ladi.  Demak daromad oshgani 

sari  budjetga soliq to‘lovlari oshaveradi, budjetdan transfert to‘lovlari esa kamayadi.  

Davlat xarajatlari daromadga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas miqdor bo‘lganda t  

qanchalik  katta  bo‘lsa  T    chizig‘i  shuncha  tik  va  iqttisodiyotning  o‘rnatilgan 

barqarorligi  darajasi  ham  shunchalik  yuqori  bo‘ladi.  Ammo  iqtisodiy  o‘sishning 

ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo‘lishini taqozo etadi. 

O‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar  muvozanatli  YaIM  hajmini  ,  uning  potensial 

hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to‘liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning 

har qanday darajasida mavjud bo‘lishi mumkin. 

To‘liq  bandlikni  ta’minlagan  diskret  fiskal  siyosat  yuritilishi  natijasida  davlat 

budjetining  tarkibiy  taqchilligi  (ortiqchaligi),  ya’ni  to‘liq  bandlik  sharoitida  budjet 

xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o‘rtasidagi farq yuzaga keladi. 

Davriy  taqchillik  ko‘pincha  davlat  budjetining  haqiqiy  taqchilligi  va  tarkibiy 

taqchillik farqi sifatida baholanadi. 

Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 

1. Pul-kredit emissiyasi; 

2. Davlat zayomlarini chiqarish; 

3. Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirish. 



 

4. Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish. 



Davlat  budjeti  kamomadi  pul  chiqarish  orqali  qoplanganda  muomalada  pul 

massasini ko‘paytirish inflatsiyaga olib keladi. 

Inflatsiya  darajasi  oshganda  Oliver-Tanzi  samarasi  paydo  bo‘ladi.  Ya’ni,  soliq 

to‘lovchilar  tomonidan  davlatga  to‘laydigan  soliqlar  to‘lovini  atayin  kechiktirish 

hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet 

taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib 

olsa-yu,  lekin  ular  to‘lovlarni  kechiktirsa,  xususiy  ishlab  chiqaruvchilar  o‘z 

mahsulotlari  narxlarini  oldindan  oshirib  qo‘yishadi.  Bu  esa  inflatsiyaning  oshishiga 

olib keladi. 

Agar  davlat  budjeti  taqchilligi  davlat  zayomlarini  chiqarish  orqali 

moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‘z navbatida foiz 

stavkasini  ko‘tarilishiga  olib  kelishi  mumkin.  Oqibatda  investitsiya  xarajatlari,sof 

eksport  hajmi  va  qisman  iste’mol  xarajatlari  kamayadi.  Pirovardida  siqib  chiqarish 

samarasi ro‘y beradi va u fiskal siyosatning rag‘batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib 

qo‘yadi. 

Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul hisoblansada 

inflatsiya  xavfini  ma’lum  muddatga  kechiktiradi  xolos.  Chunki  muddati  etgan 

zayomlarni  sotib olish bilan davlat  muomaladagi pul  massasini  ko‘paytiradi. Bu esa 

o‘z  navbatida,  baholar  darajasining  ko‘tarishiga  sabab  bo‘ladi.  Soliq  tushumlarini 

ko‘paytirish  budjet  taqchilligini  moliyalashtirishning  uchinchi  yo‘li  bo‘lib,  u  uzoq 

muddat  talab  etadigan  soliq  islohati  o‘tkazilishini  talab  etadi.  Bu  islohotlar  soliq 

bazasini  kengaytirish,  soliq  stavkalarini  kamaytirish,  soliq  yukini  ishlab 

chiqaruvchilardan  ko‘proq  mulk  egalari  va  mulkdan  foydalanuvchilar  zimmasiga 

o‘tkazish orqali soliqlar tushumini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. 

Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag‘larini olib 

qo‘yish va davlat qarzlarini to‘lash kiradi. 

Davlat  qarzlarini  to‘lash  nominal  daromadlar  va  muomaladagi  pul  massasini 

oshirib,  baholar  darajasining  yanada  oshishiga  olib  kelishi  mumkin.  Shu  tufayli 

budjetdagi  ortiqcha  mablag‘larni  muzlatib  qo‘yish  budjet  kamomadini 

pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir. 

Barqarorlashtirishning  dastlabki  bosqichida  olib  borilgan  izchil  makroiqtisodiy 

siyosat natijasida davlat budjeti  taqchilligi pasaytirildi.  

Budjet  taqchilligi  asosan  noinflatsion  usullar  bilan,  ya’ni  davlat  obligatsiyalari 

chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirildi. 

 Respublikamizda 

o‘tkazilayotgan  soliq-budjet  siyosati  makroiqtisodiy 

barqarorlikni  ta’minlab  turish,  ustivor  tarmoqlarni  investitsiyalash,  ta’lim  sohasini 

jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 

Mamlakatmizda  kuzatilayotgan  makroiqtisodiy  barqarorlik  muhim  begilaridan 

biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi. Xususan, keyingi 

yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo’lsa-da, soliqlar bo’yicha 

prognoz  ko’rsatkichlarni  ortig’i  bilan  bajarilishi  hamda  davlat  budjeti  xarajatlarini 

manzili  va  maqsadli  sarflanishini  ta’minlanishi  natijasida  budjet  profitsit  bilan  ijro 

etilmoqda.  




 

 




Download 394,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish