9- mavzu. Budjet- soliq siyosati reja


 Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi



Download 394,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana31.12.2021
Hajmi394,06 Kb.
#237434
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
9-mavzu. Maruza matni dd87682c2c5fb35c119b7c6e8b7bc8e5 (1)

9.3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi. 

Hukumatning  bandlik  darajasi,  ishlab  chiqarish  hajmi,  inflatsiya  sur’atlari  va 

to‘lov  balansi  holatini  o‘zgartirishga  yo‘naltirilgan  maxsus  qarorlarni  qabul  qilishi 

natijasida  davlat  xarajatlari,  soliqlar  va  davlat  budjeti  qoldig‘ini  maqsadli 

o‘zgartirilishi  diskret  fiskal  siyosat  deyiladi.  Diskret  fiskal  siyosat  yuritilganda 

iqtisodiy  pasayish  davrida  yalpi  talabni  rag‘batlantirish  uchun  davlat  xarajatlarini 

oshirilishi  va  soliqlarni  kamaytirilishi  natijasida  davlat  budjeti  kamomadi  yuzaga 

keltiriladi.  O‘z  navbatida  davriy  ko‘tarilish  paytida  budjet  ortiqchaligi  yuzaga 

keltiriladi. 

Diskret  fiskal  siyosat  iqtisodiy  tebranishlarni  yumshatishda  muhim  rol 

o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan 

bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu 

holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va 

soliq  tushumlarini  o‘zgartirish  borasida  qaror  qabul  qilish,  bu  qaror  bajarilishini 

ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi. 

Bu  vaqt  davomida  iqtisodiy  vaziyat  o‘zgaradi  va  ko‘rilgan  chora-tadbirlar 

ko‘tilgan  natijani  bermasligi  mumkin.  Shu  tufayli  davriy  tebranishlarni  avtomatik 

tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 

Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini 

avtomatik  o‘zgartirishni  ko‘zda  tutadi.  Nodiskret  fiskal  siyosat  o‘rnatilgan 

barqarorlashtirgichlarga 

asoslanadi. 

Rivojlangan 

davlatlarda 

o‘rnatilgan 

barqarorlashtirgichlari  rolini  progressiv  soliq  tizimi,  davlat  transfertlari  tizimi  va 

foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 

yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish 

sharoitida  daromadlar  pasayishi  tufayli  soliq  stavkalari  pasayadi.  Bu  esa  yalpi 

talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib 

keladi. Shuningdek  pasayish  davrida davlat  transfertlari, jumladan  ishsizlik nafaqasi 

to‘lovlari  miqdori  oshadi.  Bu  holat  ham  yalpi  talabni  oshirib,  yalpi  taklif  hajmini 

oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 

Iqtisodiy  yuksalish  davrida  ortiqcha  talab  iqtisodiyotga  inflatsion  ta’sir 

ko‘rsatayotgan  sharoitda  daromadlar  darajasi  oshishi  bilan  soliqlar  stavkalari 

pasayadi  va  bu  yalpi  talabga  cheklovchi  ta’sir  ko‘rsatadi.  Ayni  paytda  davlat 

xarajatlari  (ishsizlarga  nafaqalar,  davlat  transfertlarining  bir  qancha  turlar)  ham 

pasayadi.  Ammo  nodiskret  fiskal  siyosat  vositalari  iqtisodiy  tebranishlarni  to‘liq 

yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. 

Iqtisodiyotning  o‘rnatilgan  barqarorligi  darajasi  davriy  budjet  taqchilligi  va 

ortiqchaligi  miqdorlariga  bog‘liq.  Davriy  taqchillik  (ortiqchalik)  iqtisodiy  faollik 

pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va 

davlat  xarajatlarining  avtomatik  oshishi  (kamayishi)  natijasida  yuzaga  keladigan 

davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 




 

 




Download 394,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish