291
45. Aytishlaricha, u baland bo`yli edi, oq tanli, yaxshi shakllangan, yuzi sal to`laroq, ko`zlari
qora, jonli, ajoyib sog`lig`i bilan ajralib turar edi: hayotini oxirida unga qo`qisdan xushdan
ketish, tungi qo`rquvlar yopirildi … (2) o`zini badan parvarishi bilan juda ham sinchkovlik bilan
shug`ullandi …
54. Beg`arazlikni u, na harbiy na fuqarolik lavozimlarida ko`rsatdi. Ispaniyada prokonsul
bo`lganida tilanchi kabi ittifoqchilardan o`z qarzlarini to`lashga pul so`radi, luzitanlarda
1
bir
necha shaharlarni, ular uni talablariga rozi bo`lsalarda va uni oldiga darvozalarini ochgan
bo`lsalarda, urushdagidek talon- taloj qildi. (2) Galliyada tortiqlar to`la bo`lgan ziyoratgoh
xudolarni ibodatxonalarini ship – shiydom qildi, shaharlarni jazolashgan ko`ra o`lja olish uchun
talon – taroj qildi. Ana shundan unda shuncha oltin to`planib qoldiki u oltinni Italiya va
provinsiyalarda og`irligi bo`yicha funti
2
uch ming sestersiydan sotdi. (3). Birinchi konsulligi
davrida u Kapitoliy ibodatxonasidan o`rniga shuncha tilla suvi yuritilgan mis qo`yib, uch ming
sestersiy oltinni o`g`irladi. U ittifoqlar va podsholiklar bilan savdo qildi: U birgina Ptolemeydan
3
o`zi va Pompey uchun olti ming sestersiy atrofida oldi. Oqibatda ochiqdan – ochiq talonchilik va
svya shakoklik tatstva
4
unga fuqarolik urushlari xarajatlarini, zafarlar va tomoshalarni sarflarini
chiqarish imkoniyatini berdi.
55. Chiroyli so`zlash va harbiy san`atda u ularni bilimdonlaridan kam bo`lmagan shuhrat
qozondi.
57. Qurol va otni mahorat bilan egalladi, uni chidamligi har qanday narsadan oshib tushdi.
Yurishda u qo`shinni oldida yurdi, odatda piyoda, ba`zida otda, issiqqa ham, yomg`irga ham
qaramay, bosh kiyimsiz eng uzoq o`tishlarni ham u ko`z ko`rmagan tezlikda, yengilgina amalga
oshirar edi … Daryolarni suzib, yoki shishirilgan meshlar yordami bilan o`tar edi, shuning
uchun ko`pincha o`zi to`g`risidagi xabarchilardan ham o`zib o`tar edi.
58. … U hech qachon qo`shinni pistirma uchun qulay bo`lgan yo`ldan olib bormas, joyni
oldin razvedka qilmasdan …
59. … Hech qachon, hech qanday g`ayri – tabiiy kuchlar uni belgilangan tadbirni amalga
oshirishni qoldirish yoki boshqa vaqtga ko`chirishga majbur qila olmas edi …
60. … Jangga u na faqat hisob-kitob bo`yicha emas, balki hodisa bo`yicha ko`pincha
birdan o`tishdan keyin, ba`zida ob–havo eng shafqatsiz paytida, qachon undan buni kutmagan
paytlarida kirishdi. …
62. … Agarda uni qo`shini chekina boshlasa, uni bir o`zi ko`pincha qochayotganlarni oldiga
chiqib, tartib o`rnatar edi …
65. …Askarlarni u axloqi, urug`i va boyligi uchun emas, faqat dovyurakligi uchun qadrlar
edi; ular bilan muomilada bir xilda talabchan va yumshoq bo`lar edi …
67. … Askarlarni qilmishlariga u hamma va ko`p ham e`tibor bermas va hamma vaqt
qoidaga ko`ra jazolamas edi. Qochoqlar va g`alayonchilarni ta’qib qilib shafqatsiz jazolar edi…
(2) Yig`inlarda ularga “askarlar” deb emas, “safdoshlar! “ deb murojaat qilar edi …
68. Bularni barchasi bilan u askarlardan siyrak sadoqat va botirlikga erishar edi…
76. Biroq bularni barchasini uni so`zi va boshqa turdagi ishi bosib ketadi: hatto shuning
uchun u hokimiyatni suistemol qilishda aybdor va shu qilmishlari uchun o`ldirildi deb
hisoblaydilar. Kami qolganidek u har qaqnday meyordan chiqib, unvonlarni qabul qildi: umrbod
konsullik, umrbod diktaturani, axloqga vasiylik, keyin imperator nomi, vatan otasi unvoni,
podsholar haykallari o`rtasida haykal, teatrda baland joy, u hatto inson me`yorlaridan oshib
ketadigan o`zi sharafiga qarorlar qabul qildi: senat va sudda oltin kreslo, sirk namoyishlarida
muqaddas arava va taxtiravon, ibodatxonalar qurbonlik joylari, xudolar bilan bir qatorda
Do'stlaringiz bilan baham: