14. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish va muntazam ko‘pburchaklar yasash
Ayrim detallarning chizmalarini, bino va inshoot loyihalarini, muntazam
ko‘pburchakli parketlar va boshqa naqqoshlikda yasalgan, muntazam “girix” nomli
naqshlarni bajarishda teng tomonli ko‘pburchaklarni yasashga to‘g‘ri keladi. Bu
65
holda aylanani kerakli n ta teng yoyga ajratib, qo‘shni bo‘linish nuqtalari
tutashtirilsa, muntazam n burchak hosil bo‘ladi. Shunga ko‘ra quyida geometrik
shakllarning yasalishini aylanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish orqali hosil bo‘lishini
ko‘rsatib o‘tamiz.
Aylanani teng uchga bo‘lish (14.1-rasm). Aylananing biror nuqtasidan,
hozirgi holda, K nuqtasidan aydana radiusi R bilan yoy chiziladi. Bu yoy bilan
aylananing kesishgan A va C nuqtalari aniqlanadi hamda bu nuqtalar o‘zaro
birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan AC kesma izlanayotgan uchburchakning bir tomoni
bo‘ladi. Bu uchburchakning qolgan tomonlarini topish uchun A yoki C nuqtadan
radiusli AC kesmaga teng bo‘lgan yoy chiziladi. Bu yoy aylana bilan kesishib, B
nuqtani hosil qiladi, so‘ngra B nuqta A va C nuqtalar bilan birlashtiriladi. Hosil
bo‘lgan ABC uchburchak izlanayotgan uchburchakni ifodalaydi.
14.1-rasm 14.2-rasm
Aylanani teng to‘rtga bo‘lish (14.2-rasm). Aylanaga ichki chizilgan kvadrat
yasash uchun ayanani teng to‘rt bo‘lakka bo‘luvchi o‘zaro perpendikular AB va CD
diametrlari o‘tkaziladi. Diametrlarning uchlarini ketma-ket tutashtirilsa, kvadrat
ABCD hosil bo‘ladi.
Agarda ichki chizilgan kvadratning tomonlari gorizontal va vertikal holatda
bo‘lishi talab qilinsa, u holda kvadratni yasash quyidagicha bo‘ladi. Avvalo
aylanani teng to‘rt bo‘lakka bo‘luvchi AB va CD diametrlari o‘tkaziladi, keyin
ularning uchidan, ya’ni B, C va D nuqtalardan shu aylana radiusi bilan yoylar
chiziladi, bu yoylar mos holda kesishib, 1 va 2 nuqtalarni beradi. Bu nuqtalar
aylana markazi O bilan birlashtiriladi. Hosil bo‘lgan O1 va O2 to‘g‘ri chiziqlar
aylana bilan kesishib, M va K nuqtani beradi. So‘ngra M va K nuqtalardan AB va
66
diametrga parallel qilib MN va LK to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. Bu to‘g‘ri chiziqlar
aylana bilan kesishib, ko‘pburchakning N va L nuqtalarini beradi. Keyin topilgan
MNLK to‘rtburchak izlanayotgan kvadratni ifoda qiladi.
Aylanani teng beshga bo‘lish (14.3-rasm). Aylananing o‘zaro perpendikular
bo‘lgan MN va DF diametrlarining yarmi, masalan ON (R) radius teng ikkiga
bo‘linadi va uning o‘rta L nuqtasi ikkinchi diametrning biror, hozirgi holda D uchi
bilan birlashtiriladi. L nuqtadan R
1
=DL radiusi bilan yoy chiziladi. Bu yoy MN
diametrni K nuqtada kesadi va K nuqta bilan D nuqta birlashtiriladi, natijada
berilgan aylanani teng besh bo‘lakka bo‘luvchi DK kesma (radius) hosil bo‘ladi.
Keyin D nuqtadan DK radius bilan yoy chiziladi, bu yoy aylanani E va C
nuqtalarida kesadi. Bu nuqtalardan DK radius bilan yana yoylar chizib, A va B
nuqtalar hosil qilinadi. So‘ngra topilgan A, B, C, D va E nuqtalar o‘zaro ketma-ket
birlashtiriladi, natijada hosil bo‘lgan ABCDE ko‘pburchak izlanayotgan muntazam
beshburchakni ifoda qiladi. DK masofa muntazam beshburchakning bir tomoniga
teng.
14.3-rasm 14.4-rasm
Aylanani teng oltiga bo‘lish (14.4-rasm). Ichki chizilgan muntzam
oltiburchakning tomonlari aylana radiusiga teng. Aylananing o‘zaro perpendikular
bo‘lgan MN va FC diametrlari o‘tkaziladi, so‘ngra ularning birortasini, masalan,
FC diametrning F va C uchlaridan R=FO=CO radiusda yoylar chiziladi va bu
yoylar berilgan aylanani tegishlicha A va E hamda B va D nuqtalarda kesadi.
Topilgan bu nuqtalar ketma-ket o‘zaro birlashtirilsa, muntazam oltiburchak hosil
bo‘ladi.
67
Aylanani teng yettiga bo‘lish (14.5-rasm). Aylananing o‘zaro perpendikular
bo‘lgan AB va CD diamterlarini o‘tkazib, ulardan birortasi, masalan, CD
diametrining yarmi OC teng ikkiga bo‘linadi.
Buning uchun C nuqtadan shu aylana R radiusida yoy chiziladi. Bu yoy
berilgan aylanani 1 va E nuqtalarda kesadi. Bu nuqtalarni birlashtiruvchi to‘g‘ri
chiziq OС radiusni F nuqtada kesadi. F nuqta OС radiusni, shuningdek, E1
kesmani teng ikkiga bo‘ladi. E1 kesmaning yarmi EF(F1) berilgan aylanani ettiga
bo‘luvchi kesma uzunligidir. Shunga ko‘ra 1 nuqtadan F1 radius bilan yoy
chiziladi. Bu yoy aylanani 2 va 7 nuqtalarda kesadi. Keyin 2 va 7 nuqtalardan yana
shu F1 radius bilan yoylar chizib, 3 va 6 nuqtalar topiladi va hokazo. Topilgan 1, 2,
3, 4 … nuqtalar o‘zaro birlashtirilsa, teng tomonli etti burchak hosil bo‘ladi.
14.5-rasm 14.6-rasm
Aylanani teng sakkizga bo‘lish (14.6-rasm). Aylananing o‘zaro AE va CK
diametrlari o‘tkazilgandan so‘ng, ularning A, C va E nuqtalaridan shu aylana
radiusi R bilan yoylar chiziladi. Bu yoylar mos holda o‘zaro kesishib, M va N
nuqtalarni hosil qiladi. Aylana markazi O bilan N va M birlashtiriladi va bu to‘g‘ri
chiziqlar berilgan aylana markazidan o‘tib, uni B va F hamda D va L nuqtalarda
kesadi. So‘ngra topilgan nuqtalar o‘zaro birlashtiriladi. Natijada izlanayotgan teng
tomonli ABCDEFKL sakkiz burchakka ega bo‘linadi.
Aylanani teng o‘n ikkiga bo‘lish (14.7-rasm). Aylananing o‘zaro
perpendikular bo‘lgan AB va CD diametrlari o‘tkaziladi. Bu diametrlarning A, B, C
va D uchlaridan shu aylana radiusi bilan uni kesuvchi yoylar o‘tkaziladi. Bu yoylar
aylanani tegishlicha 2, 6, 5, 9, 3, 11, 8 va 12 nuqtalarda kesadi. Agar bu topilgan
68
1( A), 2,3,4( C), 5, … nuqtalar ketma-ket o‘zaro birlashtirilsa, izlanayotgan
muntazam o‘n ikki burchak hosil bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan usullardan tashqari aylanani teng uchga, oltiga,
sakkizga, o‘n ikkiga bo‘lishni chizg‘ich va uchburchaklik bilan bajarish mumkin.
14.7-rasm 14.8-rasm
Berilgan AB kesma orqali turli muntazam ko‘pburchaklarni yasash (14.8-
rasm). AB radius bilan A va B nuqtalardan chizilgan yoylar O va O
6
nuqtalarda
kesishadi va ular tutashtirilsa, barcha ko‘pburchaklar yasash uchun chiziladigan
aylanalarning simmetriya o‘qi o‘tkazilgan bo‘ladi. Kvadrat yasash uchun B
nuqtadan AB ga perpendikulyar chizib, uni yoy bilan kesishgan C nuqtasi
aniqlanadi. AC diogonal simmetriya o‘qi bilan kesishib, kvadrat aylanasining
markazi O
4
ni hosil qiladi. O
4
O
6
kesma
teng ikkiga bo‘linsa, muntazam
beshburchak aylanasining markazi O
5
topiladi. O
5
dan A nuqta orqali o‘tuvchi
aylana chizilsa, AB radiusli yoy bilan kesishadi. Shu tartibda O
6
dan oltiburchak
yasaladigan aylana chiziladi va hokazo. Qolgan aylanalarning markazlarini
aniqlash uchun O
6
dan O
5
O
6
masofa o‘lchab qo‘yiladi. Shunda O
7
, O
8
… markazlar
belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |