Qirqimlarga o‘lchamlar qo‘yish (1.2-rasm). Qirqimlarda fasadning barcha
bo‘linmalariga metrlarda ifodalangan belgilar qo‘yiladi. Belgi deb shartli ravishda
no‘l (0,000) deb qabul qilingan gorizontal tekislikdan uzoqlik (balandlik yoki
pastlik) soniga aytiladi. Asosan birinchi qavatning pol tekisligi no‘l tekislik deb
qabul qilinadi. No‘l tekislikdan pastdagi o‘lchamlarga minus ishorasi
qo‘yiladi, masalan, -0,900, -1,255. No‘l tekislikdan yuqoridagi o‘lchamlarga esa
ishora qo‘yilmaydi, masalan 0,600, 3,400. O‘lchamlar to‘g‘ri burchakli ko‘rsatkich
(strelka) uchidan chiqqan chiziqqa chizilgan tokchaga qo‘yiladi.
269
1.2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |