Chizmachilik


Chambaraklarni  shpindellarga  biriktirish



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/190
Sana31.12.2021
Hajmi8,66 Mb.
#237070
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190
Bog'liq
1.Чизмачилик. дарслик

Chambaraklarni  shpindellarga  biriktirish.  Chambaraklar  standartga 
muvofiq  uch  turda  ishlab  chiqariladi  26.9-rasm,  a,  da  ikkita  turi  ko‘rsatilgan. 
Chambarakning  shpindelga  kiydiriladigan  teshigi  (shpindelning  chambarakka 
kiritiladigan  qismi)  kvadrat  asosli  prizma  yoki  piramida  yoxud  silindr  shaklida 
bajariladi.  Silindrik  teshikli  chambaraklar  shpindelga  shponka  yoki  vintlar 
yordamida biriktiriladi. 6.10-rasmda chambarakning ikkita turi tasvirangan. 
 
26.9-rasm 
   
26.10-rasm 
27. Yig‘ish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar 


225 
 
Yig‘ish  chizmalarini  chizish  ishlarini  yengillashtirish  maqsadida  standart 
tomonidan belgilangan shartlilik va soddalashtirishlardan foydalaniladi. 
1.  Yig‘ish  chizmalarining  ko‘rinish  va  qirqimlarida  detallarni  faskalari, 
maydaroq yumaloqlashlar, yo‘nilgan ariqcha, chuqurchalar, chiqiqlar, nakatkalar 
kabi  elementlar  ko‘rsatilmasligi  mumkin.  Olti  qirrali  va  kvadrat  gaykalar, 
boltlarning 
kallagidagi 
konussimon 
faskalari, 
shaybalarning 
faskalari 
soddalashtirilib, faskalarsiz tasvirlanadi. 
2. Buyumning qopqoq kabi detallari bilan to‘silib qolgan tarkibiy qismlarini 
ko‘rsatish zarur bo‘lsa, u  holda  chizmada  bunday  qopqoq kabi detallarga  «Detal 
vaz....  ko‘rsatilmagan»  yoki  «Qopqoq  ko‘rsatilmagan»  degan  yozuv  qo‘yiladi. 
Buyum  yoki  ular  elementlarining  prujiinalar  orqasidagi  yoki  ular  oldida 
joylashgan  detal  bilan  qisman  to‘silib  qolgan  ammo  ko‘rinadigan  qismlarini 
tasvirlamaslik mumkin. 
3.  Shaffof  materiallardan  tayyorlangan  buyumlarni  shaffofmas  tasvirlash 
lozim. 
4.Vint, shurup  kallagidagi o‘yiqlarni bitta yo‘g‘on  chiziq bilan 45
o
 burchak 
ostida qiyalatib chizish tavsiya etiladi. Vint, bolt, shpilkalarda,  ularning rezbalari 
butun  sterjen  bo‘yicha  ko‘rsatilib,  shpilka  uyalaridagi  ehtiyot  joylar  va  sterjen 
toretsiga  tik  qaralganda  rezba  va  shaybalar  hamda  tirqishlari  tasvirlanmasligi 
mumkin. 
5.  Standartga  muvofiq  yig‘ish  chizmalarida  yumalash  podshipniklarini 
soddalashtirib  tasvirlash  qabul  qilingan.  Bundan  tashqari,  podshipniklar  yarim 
qirqimda, yarim soddalashtirib tasvirlanishi ham mumkin. 
6.  Payvandlash,  kavsharlash,  yelimlash  yo‘li  bilan  hosil  qilingan  buyumlar 
bitta materialdan tayyorlangan kabi qirqimda bir tomonlama shtrixlanadi   (27.1-
rasm). 
Zichlagich (manjetalar) o‘rni bo‘sh qoldirilib (27.2-rasm, cd), uning o‘rniga 
zichlagichning ishlash yo‘nalishi ko‘rsatilishi ham mumkin. 
7.  Agar  ko‘rinish,  qirqim  yoki  kesim  simmetrik  shaklda  bo‘lsa,  tasvirning 
yarmini ko‘rsatish (22.4-rasmdagi ustdan ko‘rinishda A-A qirqim) yoki yarmidan 
ko‘prog‘ini ko‘rsatib, to‘lqinsimon chiziq bilan chegaralash tavsiya etiladi.  
 


226 
 
    
 
                                  a)                        b)                       c)                       d) 
        27.1-rasm                                           27.2-rasm 
8.  Yig‘ish  chizmasida  detalning  bir  nechta,  bir  tartibda  joylashgan  bir  xil 
elementlari  bo‘lsa,  bunday  elementlarning  bir-ikkitasini  to‘liq  ko‘rsatib, 
qolganlarini  soddalashtirib  yoki  shartli  ko‘rsatish  mumkin.  Masalan,  flanesdagi 
bir xil teshiklar (22.4-rasmga qarang). 
9. Buyumlarning tarkibiy qismlari uchun alohida yig‘ish chizmasi chizilgan 
bo‘lsa, qirqimda bu tarkibiy qismlar qirqilmagan ko‘rinishda tasvirlanadi. 
10.  Bir  turdagi,  sotib  olinadigan  va  boshqa  keng  qo‘llaniladigan  standart 
buyumlar uchun faqat ularning tashqi qiyofalari beriladi (27.3-rasm). 
11.  Buyum  ishlab  chiqaruvchi  korxonaning  mahsulotiga  qo‘yiladigan 
tamg‘asi  o‘rnining  konturi  ko‘rsatiladi  xolos.  Asboblarning  shaffof  qismlari 
orqasida  joylashgan  shkalalar,  yo‘nalishlar,  lampalarning  ichki  tuzilishlari  xuddi 
ko‘rinadigandek chiziladi. 
Yig‘ish  birligiga  kirmaydigan,  lekin  yordamchi  maqsadga  ega  bo‘lgan 
buyumlarni  ingichka tutash  chiziq  bilan tasvirlash  qabul  qilingan  bo‘lib, bunday 
buyumlar spetsifikatsiyalanmaydi. 
  27.3-rasm 

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish