26. Yig‘ish chizmalarida armaturalarning ayrim qismlarini tasvirlash
Amaliyotda turli konstruksiyali armaturalarning yig‘ish chizmalarini
tuzishga va o‘qishga to‘g‘ri keladi. Armaturalar deganda quvurlardan o‘tuvchi
gaz yoki suyuqlikni berkitadigan, ochadigan yoki rostlaydigan moslamalar
tushuniladi. Ular konstruksiyalari va turlariga qarab ventillar, kranlar, jo‘mraklar
va to‘sqichlarga (zadvijkalarga) bo‘linadi. Armatura qismlariga qistirma,
zichlagich, halqa, salnikli moslama, klapan (zolotnik) ni shpindelga biriktirish,
chambarakning shpindelga o‘tqazilishi kabilar kiradi.
221
Do'stlaringiz bilan baham: |