Milliy valyuta. Mirzo Ulug‘bek mamlakatda iqtisodiy va siyosiy barqaroriik
bo‘lishining muhim omili pul muomalasini tartibga solish deb bildi. Buning
uchun mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi va uni o ‘z hududida zarb
etishi zarur. Bu bir tomondan, mustaqil moliya siyosati yuritishga, ikkinchi
tomondan-moliyaviy mablag‘larni tejashga imkoniyat yaratadi.
Xizmatga yarasha taqdirlash. Alisher Navoiy olim va davlat arbobi
sifatida taqsimot masalalariga jiddiy e’tibor qaratgan. U har kimga xizmatiga
yarasha haq berish lozim. M ana shunda u «ona sutidek halol bo‘ladi» deb
bildi. Demak, mehnatiga yarasha taqdirlash, rag‘batlantirish Alisher Navoiy
nazarida nafaqat adolatli ish, shu bilan birga, odamlarning iqtisodiy tarbiyasi
masalasi hamdir. Zero, har bir xodim faqat o ‘z qilgan mehnati evaziga
yashash ko‘nikmalariga o ‘rgansin.
Do'stlaringiz bilan baham: |