VI bob. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRI IQTISODIY
TA’LIMOTLARI
1. Amir Temurning iqtisodiy tafakkuri
Sohibqiron, buyuk sarkarda Amir Tem urning iqtisodiy g‘oyalari
«Temur tuzuklari» asarida bayon etilgan. Unda Sohibqironning mamlakatni
boshqarish, uni rivojlantirib borish qoidalari, tamoyillari, yo‘l-yo‘riqlari
o ‘z ifo d a s in i to p g a n . Bu a s a rd a iq tis o d iy o tn i ta s h k il e tis h ,
barqarorlashtirish, tartibga solib, yuksaltirib borishga oid qimmatli iqtisodiy
tavsiyalar jam langan.
Sohibqironning iqtisodiy g‘oyalari va siyosati zamirida inson, uning
manfaati, farovon va tinch hayot kechirishi tashvishlari yotadi. U odamlarga
kasb-hunar berish, ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati bilan va
tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo'luvchilarga yetarli sarmoya berish, yetarli
uy-joylar qurib berish haqida qayg'uradi. «Temur tuzuklari»da quyidagilami
o'qiymiz:
«Kasb-hunar va m a’rifat ahllariga saltanat korxonalaridan ulush berilsin»,
«bilagida kuchi bor faqir-miskinlar esa o ‘z ahvoli va kasbi koriga qarab yo‘l
tutsinlar», «sarmoyasi qo‘lidan ketib qolgan savdogarga o ‘z sarmoyasini
qaytadan tiklab olishi uchun xazinadan yetarli miqdorda oltin berilsin»,
«kuchi yetmaydigan dehqonlarga ekin-tikin uchun urug‘lik va asbob-
uskunalar tayyorlab berilsin», «fuqarolardan uy-joyi buzilib, tuzatishga
qurbi yetmaganlarga kerakli narsalami yetkazib berib, ularga yordam
berilsin1». Sohibqironning yuqoridagi iqtisodiy qoidalari yangi, bozor
iqtisodiyotini qurish, yangicha iqtisodiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish ishlarida
biz uchun muhim yo‘llanma, tarixiy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.
Amir Tem ur iqtisodiy qarashlari tizimida solia masalasi markaziy
o ‘rin tutadi. C hunki soliq tizim i orqali iqtisodiyot tashkil etilgan,
boshqarilgan, mamlakat iqtisodiy va harbiy hayoti tartibga solingan.
Sohibqiron o ‘z soliq sivosatida ham xalanine manfaati ustuvorlieidan
kelib chiaadi. U agar aholi soliq tizimi orqali kambag‘allashib ketsa,
davlat ham, oqibatda, kambag‘allashib boradi, aholining boy-badavlat
yashamog‘i uchun adolatli soliq tizimi zarur, deb hisoblaydi.
Amir Tem ur ta ’kidlaydiki, aholidan olinadigan soliqlar ulaming ishlab
topgan daromadlariga qarab belgilanishi, ulaming qaysi birlari el-yurt
1 Temur tuzuklari, Т., 1993, 67 —bet
68
obodonchiligi yo‘lida o‘z mol-mulki va sarmoyasini ayamay sarflasa, ularga
davlat soliq to ‘lashda imtiyoz berishi kerak1. Shu bilan birga, u soliqlar
odam larni m ehnatga, yaratuvchilikka, tadbirkoriikka, sohibkorlikka
rag'batlantirishi zarurligini uqtiradi. «Amr qildimki, —deyiladi asarda,
— aholidan mol-xiroj yig‘ishda ularni og‘ir ahvolga solishdan yoki
mamlakatni qashshoqlikka tushirib qo‘yishdan saqlanish kerak. Negaki,
aholini xonavayron qilish davlat xazinasining kambag‘allashuviga olib
keladi2» .
Am ir Tem ur aholining o ‘zi yurgizayotgan iqtisodiy siyosatdan,
xususan, moliyaviy munosabatlardan, pul muomalasi va soliq tizimidan
xabardor bo'lishini, ya’ni, iqtisodiy savodxon boMishini talab qilardi. U
aholi iqtisodiy savodxon bo'lsa, mamlakat iqtisodiy jihatdan ravnaq
topadi, deb hisoblaydi.
Sohibqiron soliqlar xususida yana quyidagilami yozadi: «Agar aholi
ro‘yxatga olingan yerlardan beriladigan soliqni naqd aqcha (pul) bilan
to'lashga rozi bo‘lsa...3» ularga imtiyoz berilishi kerak. Bu yerda gap soliqni
naqd pul bilan to ‘lovchilar naqd pulsiz (mahsulot yo‘li bilan) to'lovchilar
oldida yengilliklar olishi ustida boradi.
M a’lumki, hozirgi islohotlar ikkinchi bosqichining ustuvor vazifalari-
dan biri milliy valyutamizning qadr-qimmatini oshirish, uni mustahkam-
lash, mamlakatning ichki va tashqarisida erkin almasha olishga erishishdir.
Bunga iqtisodiyotni rivojlantirish, bo‘sh pul resurslarini aholi ixtiyorida,
m uom aladan tashqarida qolmasligi choralarini ko'rish, pulning real
muom alada yurishi orqali erishiladi. Ana shu umumiy qoidalar Amir
Tem ur iqtisodiy siyosatida o ‘z ifodasini topgan. U naqd pul bilan davlat
soliqlarini to'laganlarga m a’lum imtiyozlar bergan. Bu bilan aholining
bo‘sh pullarini muomalaga kiritish, xazinani to'ldirish (bizning hozirgi
ifodam iz b o ‘yicha davlat budjeti d aro m ad larin i k o ‘p ay tiram iz),
iqtisodiyotimizda pul taqchilligini keltirib chiqarmaslik, pul emissiyasini
keraksiz amalga oshirmaslik, ya’ni pulning qadrsizlanmasligining g‘oyat
puxta o'ylangan iqtisodiy vositasini topgan. Shuningdek, u soliq islohotiea
katta e ’tibor bergan, ishlab chiqaruvchilarga soliq to'lashda imtiyozlar
bergan.
Amir Tem ur o‘tkazgan iqtisodiy islohotlar tizimida dehqonlardan
olinadigan tushumlami tabaqalashtirish tamoyili ham alohida o'rin tutadi.
1 O 'sha asar, 9 5 - 9 6 - betlar
2 O 'sha as;.r 98 — betlar
3 O 'sha joyda, 98 —betlar
69
U tushumlar miqdori yer va iqtisodiy sharoitlarga qarab belgilanishini
talab qilgan. Masalan, yangi yer o ‘zlashtirilib, dehqonchilik qilayotgan
kishilardan 1-2 yil soliq olmaslik, keyingi yillarda esa u sarflagan sarmoyasi
qoplanishini e’tiborga olib, soliq solish, yeming tabiiy unumdorligiga
qarab hosilning 1/4, 1/3, 1/2 kabi nisbatlarda tayinlanishi kabi
tabaqalashtiruvchi soliqlar joriy etdi. Ayni vaqtda, yangi yerlar o ‘zlashtirish,
suv chiqarish va melioratsiya ishlari yukini davlat zimmasiga olish kabilar
muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiy nazariya fanida (ilgari «Siyosiy iqtisod») agrar munosabatlar,
ulaming mavzusi bo‘lgan yer rentasi ta’limoti mavzusi alohida o‘rin tutadi.
Bu t a ’lim o t m a rk a z id a yer re n ta si, u n in g m u tla q (a b s tra k t),
differensiallashgan (tabaqali), monopol shakllari masalalari yotadi. Biroq
bu ta’limot asoschilari deb U. Petti, A. Smit, D. Rikardo va boshqalaming
nomlari tan olinardi. Aslida differensial renta ta ’limotining asoschisi,
karvonboshisi sohibqiron Amir Tem ur ekanligini isbotlashga hojat yo‘q.
T o‘g‘ri, Amir Tem ur renta g‘oyasi to ‘g‘risida maxsus asar yozgan emas.
Biroq uning soliqlami yer sharoitlari va boshqa mavjud bo‘lgan sharoitlarga
qarab belgilash tizimi ilmiy asoslanganligiga hech qanday shubha yo‘q.
Do'stlaringiz bilan baham: |