XII
bob. MONETARIZM NAZARIYASI. SOTSIAL-
INSTITUTSIONALIZM VA LIBERALIZM TA’LIMOTLARI
1. Monetarizm nazariyasi.
Monetarizm nazariyasi Keyns ta’limotiga muqobil bo‘lib, hozirgi zamon
bozor iqtisodiyoti nazariyasi sifatida o‘tgan asming 50-60- yillarida yaratildi,
keyinchahk uning ko‘p jihatlari boyitildi. U iqtisodiy ta’limotlar tarixida
alohida o‘rin tutadi. Unga AQSH iqtisochisi Milton Fridman tomonidan
«Pulning miqdoriy nazariyasiga oid tadqiqotlar» nomli asarda asos solindi.
Uning bosh g‘oyasi, pul bozor iqtisodiyotida asosiy figura, uning
harakatlantiruvchi kuchi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi iqtisodiy vositadir.
Bu yerda pul shunchaki ulug‘lanmaydi, hatto u fetishlantiriladi, ya’ni
uningsiz hech qanday iqtisodiy faoliyat yo‘q, u mo'jizaviy qudratga ega.
M. Fridman ta’kidlaydiki, erkin va xususiy tadbirkorlik o‘rtasida ichki
aloqadorlik, bog‘liqlik mavjud, faqat iqtisodiy erkinlik sharoitidagina pul
vositasida iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin; davlatning
iqtisodiyotga aralashuvi bu erkinlikni buzadi, iqtisodiyotning o‘z qonunlari
vositasida o‘z-o‘zini tartiblashtirishga to‘siqlik qiladi. Davlat faqat pul
aylanishini nazorat qilib, baholarini va ishlab chiqarishning barqarorligini
ta’minlab tursa bo‘ladi, bozorning o‘zi o‘z mexanizmi bilan iqtisodiy
jarayonni tartiblashtiradi.
Monetaristik ta’limotga ko‘ra, pul muomalada yalpi talabni o'zgartirishga
ta’sir etuvchi, hal qiluvchi vositadir. Pul massasi ortganda pulning odamlar
aktivi tarkibidagi ulushi ham o‘sadi. Buning oqibatida odamlar bu ulushni
qisqartirishga, ya’ni pul sarfmi kengaytirishga intiladilar. Bu esa narx-
navoning va iqtisodiy faoliyatning o‘sishiga olib keladi. Va nihoyat, buning
natijasida pullar odamlar o'rtasida qayta taqsimlanadi va iqtisodiyotda
barqarorlik tiklanadi. Demak, muomalada pul miqdorining ko‘payishi ishlab
chiqarish hajmining ortishiga xizmat qiladi. Pul miqdoriga nisbatan bunday
qarashda Keyns fikriga o‘xshashlikni ko‘rish mumkin. Biroq Keyns bo'yicha
muomaladagi pul miqdori foiz stavkasi vositasi orqali investitsion talabni
oshiradi, demak iqtisodiy o‘sishni ta’minlab turadi. Fridman ta ’limotidagi
o‘ziga xoslik shundaki, jami talabning o‘sishi ishlab chiqarish hajmining
qisqa muddatlarda o‘sishiga ta’sir qiladi, uzoqroq muddatda esa u baholar
darajasiga ta’sir etadi. Biroq yalpi milliy mahsulotga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Bu pulning miqdoriy ta’limotidagi yangicha talqindir.
Monetarizm ta’limotiga ko‘ra, ulaming ilmiy tadqiqoti inflyatsiyaga
140
yo‘l qo‘ymaslik va iqtisodiy muvozanatni ta’minlashga qaratilgan. Fridman
inflyatsiyani sof pul hodisasi deb qaraydi, uni bartaraf qilish uchun
budjetning taqchilligini qisqartirish, kasaba uyushmalari faoliyatini
cheklash, aholining to‘la bandligi siyosatidan voz kechish tadbirlarini
qo‘llashni tavsiya etadi. Shuningdek, buning uchun Markaziy bankning
m u staq illig in i t a ’m in lash va qisqa m u d d atli m ak ro iq tiso d iy
tartiblashtirishdan voz kechish kerak. Pul miqdorining o‘sishi yalpi milliy
mahsulotning real ko‘payishiga olib borishi darkor. Bunday holat «monetar
qoida» nomini olgan edi. Yana shu narsa qoidaga kirishi kerakki, pul
emissiyasi bir maromda borishi lozim. Shunda inflyatsiya cheklanishi,
barqarorlik ta’minlanishi mumkin.
Monetarizm ta’limotiga ko‘ra faqat Markaziy bankkina ishlab chiqarish
bilan muomaladagi pul miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta’minlab turadi.
Bu ikki omilning nisbati quyidagicha tavsiflanadi:
Hg • Ihq Pm • Pt
Bu yerda: Hg — bozordagi narx darajasi;
Ih — ishlab chiqarish hajmi;
Pm — muomaladagi pul miqdori;
Pt- pul birligining harakat tezligi.
Monetaristlar keynschilardan farq qilib, aholini ish bilan to‘la band
qilish orqali iqtisodiy o ‘sishni ta’minlab bo'lmaydi, buning uchun esa
faqat pulga, uning massasiga pul muomalasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan
chora-tadbirlarni ko'rish kifoya qiladi, iqtisodiy o‘sishga eng samarali,
xavf-xatari kam vosita pul massasini ma’lum me’yorda (yiliga 3-5 foizga)
oshirib borishdir, deydilar. Ular bu tavsiyaning ilmiyligini uzoq yillardan
buyon pul emissiyasi sohasidagi kuzatishlar tasdiqlashini uqtirishadi. Bu
masaladagi me’yor shuki, pul massasining ko‘payishi iqtisodiyotda mehnat
unumdorligining o‘sishidan 1-2 foiz yuqoriroqbo‘lishi kerak degan fikmi
bildirishadi.
Monetarizm ta’limotchilari fikricha, iqtisodiy rivojlangan mamlakat -
larda odamlarning iste’mol qilish darajasi ancha yuqorilashib ketgan,
shuning uchun ularning iste’mol uchun sarf-harajatlarida ham unchalik
tez o‘zgarish kuzatilmaydi, ular pul sarflarini o'zgarishini rejalashtirishadi.
Oqibatda pul harakatidagi tezlik ham ishlab chiqarishning hajmi ham
sekin o‘zgaradi. Ular ijtimoiy-iqtisodiy sohada pul miqdoridagi o ‘zgarish
bilan narx darajasidagi o‘zgarish o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini nazarda
141
tutib, quyidagi xulosani chiqarishgan: bozordagi narx-navo muomaladagi
pul massasiga bevosita bog‘liqdir, narx shunday vositaki, u talab va taklifga
bevosita ta’sir etish orqali iqtisodiy o‘sishni rag'batlantiradi, talab va
taklif muvozanatini ta’minlaydi, bu o ‘z navbatida, iqtisodiyotdagi muta-
nosib taraqqiyotni belgilaydi.
Ushbu nazariyaning kamchiligi shunda ediki, u iqtisodiy o ‘sish bilan
bog'liq qarashlarni inkor etadi. Masalan, davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini tanqid qilish orqali obyektiv ravishda ishsizlikni ko‘paytirishga
turtki beradi, ish kuchi potensialidan foydalanish darajasini pasaytirib
yuboradi, ishsizlik va inflyatsiyani ijtimoiy muammoga aylanishiga sababchi
bo‘ladi. To‘g‘ri, monitarizm o‘z davrida ijobiy rol o‘ynaydi, u davlatning
iqtisodiy siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Monetaristlar va keynschilar uchun umumumiy kamchilik shunda
bo‘ldiki, ular ko‘proq iqtisodiy omillarning ta’sirini ilmiy tahlil qildilar,
ijtimoiy omillar ta’sirini, ulaming iqtisodiy o‘sishga olib keluvchi kuch
ekanligini inobatga olmadilar. G ‘arb mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy
hayotidagi mavjud sobiq sotsialistik tuzum bilan .raqobatliligi sharoitida
aholining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga, ijtimoiy sohalami investitsiya-
lashga urg‘u beriladi bozor iqtisodiyotiga asoslangan tuzumning g‘olib
chiqishiga xizmat qildi. Monetarizm ta’limotidan kelib chiqadigan xulosa
shuki, iqtisodiy o'sish va barqarorlik muammolarini tatbiq qilishda bir
taraflama yondashuv foyda bermaydi, aksincha, ko‘p omillik konsepsiyasi
ta’sirini nazarda tutmoq kerak. Prezidentimizning « 0 ‘zbekiston iqtisodiy
islohotlami chuqurlashtirish yo‘lida» asarida bozor iqtisodiyoti sharoitida
iqtisodiy o‘sish va makroiqtisodiy barqarorlikning chuqur asosi bo‘lib
iqtiosdiyotda mb tarkibiy o‘zgarishlar qilish siyosati xizmat qilishi uqtiriladi.
Bu nazariy xulosa o‘zining ijobiy samarasini berayotganini mamlakatimiz
misolida ko‘rish mumkin. Zero, keyingi yillarda makroiqtisodiy ko‘rsatkich-
lardagi barqaror o ‘sish tendensiyasi fikrimizni tasdiqlaydi. Prezidentimiz
o‘zining yuqorida zikr etilgan asarida monetarizm nazariyasiga ortiqcha
baho berilganligi xususida to‘xtalib, shunday deb yozgan edi:
«Binobarin monetarizm hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan
olib chiqishga qodir bo‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi kuch
bo‘lgan emas.
Baraarorlashtirish dasturini ishlab chiaish choe‘ida ana shu aattiq
monetarizmga tavanmaslik kerak. Balki muvozanatea keltirilean monetar
sivosatni asosiy tarmoalarni va ishlab chiqarishni tarkiban aavta tashkil
ailishni ao ‘llab-auwatlash sivosati bilan birga ao‘shib olib borishi zarur.
142
Eng asosiysi, aniqlab olingan ustuvor yo'nalishlardan kelib chiqib, bosh
strategik yo‘lni belgilab olishdan va makroiqtisodiy siyosatni yo‘lga
qo‘yishdan iborat». Yana shu narsa ham ta’kidlanadiki, albatta valyuta
iqtisodiy barqarorlik, korxonalar moliyaviy ahvolini mustahkamlash,
aholini ijtimoiy himoya qilish va iste’mol bozorining kuch omili bo‘lishda
muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |