Makroiqtisodiy tartibga solishning bir strategiyasi iqtisodiy
o’sishga ko’maklashishi yoki davlatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qarab unga to’sqinlik qilishi mumkin.
Tashqi savdoni erkinlashtirish: agar mamlakat iqtisodiy
rivojlanishining dastlabki darajasi AQSh darajasining taxminan 10
foizidan oshmasa, u holda tarif to’siqlarining o’sishi YaIMning uzoq
mudatli o’sishi bilan ijobiy o’zaro bog’langan. Shu bilan birga, hatto
rivojlanishning dastlabki darajasi past bo’lgan taqdirda ham tariflarning
haddan ziyod katta darajasi (29 foizdan yuqori) iqtisodiy o’sishga
to’sqinlik qila boshlaydi. Agar rivojlanish darajasi 33-35 foizga etsa, u
holda tariflarning istalgan ijobiy darajasi YaIMning o’sish sur’atlariga
salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |