O’rta muddatli rejalashtirish vazifalari – uzoq muddatli
rejalashtirish dasturlarini amalga oshirish uchun moliyaviy, iqtisodiy va
texnik nuqtai nazardan zamin hozirlashdan iborat.
Qaror qabul qilish – bu ikkinchi darajali sharoitlarni hisobga olgan
holda maqsad qo’yilganda optimal muqobil variantni tanlash.
Qarorlar qabul qilish mantig’i nuqtai nazaridan baholash – bu
muqobil variantlar yordamida maqsadga erishish darajasini tavsiflovchi
kattalik.
Qadrsizlanish –milliy valyutaning narxi chet el valyutalarining
bahosidan kamayishi.
Qisqa muddatli rejalashtirish maqsadi – bir oy mobaynida
biznesning rivojlanishini nazarda tutish, ishlar natijalari rejalardan chetga
chiqishining butun reja gorizontini rejalashtirishga ta’sirini hisoblab
chiqish va ushbu rivojlanishni ixcham boshqarishdan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlari Kengashi, Viloyatlar va