B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

 


 
138 
3-jadval 
Yig’ma moliyaviy balans tarkibi (umumdavlat darajasida) 
Daromadlar 
Xarajatlar  
1. Foyda 
2.  Qo’shilgan  qiymat  solig’i  va 
akstizlar 
3.  Jismoniy  shaxslardan  daromad 
soliqlari  
4. Mol-mulk solig’i  
5.  Ijtimoiy  sug’urta  fondi,  Pensiya 
fondi,  Bandlik  fondini  hosil  qilish 
uchun mablag’lar  
6.  Boshqa  byudjetdan  tashqari 
maqsadli fonlar mablag’lari  
7.  Ma’danli-xomashyo  bazasini 
takror 
ishlab 
chiqarish 
uchun 
ajratmalar 
8. Amortizastiya ajratmalari 
9.  Davlat  mulki  yoki  faoliyatidan 
keladigan daromadlar, shu jumladan 
davlat  mulkini  sotishdan  olinadigan 
daromadlar 
10.  Tashqi  savdo,  tashqi  iqtisodiy 
operastiyalar  uchun  soliqlar  va 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatdan 
olinadigan daromadlar  
11. Boshqa  daromadlar  
Jami daromadlar 
1.  Davlat  investistiyalari  uchun 
xarajatlar,  shu  jumladan  kreditorlik 
qarzini qaytarish (harbiy qurilishdan 
tashqari) 
2. 
Ma’danli-xomashyo 
bazasini 
takror ishlab chiqarish xarajatlari 
3. Davlat dotastiyalari 
4.  Soliqlar  to’langanidan  keyin 
korxonalar 
ixtiyorida 
qoladigan 
foyda 
hisobidan, 
shuningdek 
amortizastiya 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan xarajatlar  
5.  Byudjet  hisobidan,  shuningdek 
byudjetdan 
tashqari 
maqsadli 
fondlar  hisobidan  moliyalanadigan 
ijtimoiy-madaniy 
tadbirlar 
xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)  
6. 
Byudjet 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan fan uchun xarajatlar 
7.  Boshqa  byudjet  maqsadli  fonlari 
hisobidan 
amalga 
oshiriladigan 
xarajatlar  
8. Mudofaa xarajatlari 
9. 
Huquqni 
muhofaza 
qilish 
organlari,  sudlar  va  prokuraturani 
saqlab  turish  xarajatlari  (kapital 
qo’yilmalarsiz) 
10.  Davlat  hokimiyati  orgalarini 
saqlab  turish  xarajatlari  (kapital 
qo’yilmalarsiz) 
11. 
Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
xarajatlari  
12.  Zahira  fondlarini  hosil  qilish 
xarajatlari 
13. Boshqa xarajatlar  
Jami xarajatlar  


 
139 
 
Yig’ma moliyaviy rejalashtirish bilan byudjetni prognoz qilish uzviy 
bog’langan. 
Muvaffaqiyatli  xo’jalik  yuritishning muhim  sharti  –  uni  boshqarish 
usullarini  doimiy  ravishda  takomillashtirishdan  iborat.  Boshqarish  – 
demak,  oldindan  ko’ra  bilish.  Shu  munosabat  bilan  istiqbolni 
rejalashtirish,  ya’ni  ilmiy  prognoz  qilishning  roli  ortadi.  Natural 
ko’rsatkichlar  parametrlarini  prognoz  qilish  bilan  bir  vaqtning  o’zida 
moliyaviy  resurslar  ham  prognoz  qilinishi  kerak,  chunki  ushbu  resurslar 
hajmini  oshirish  istiqbollarini  hisobga  olmasdan  turib  xo’jalik  rivojini 
sifatli prognoz qilib bo’lmaydi. 
Odatda,  ancha  uzoq  davr  uchun  amalga  oshiriladigan  yig’ma 
moliyaviy  rejalashtirishdan  farqli  o’laroq  byudjetni  prognoz  qilish 
manzilli  hisoblanib,  u  byudjet  davriga,  ya’ni  ko’pi  bilan  bir  yilga 
mo’ljallangan.  Lekin  yig’ma  moliyaviy  balans  ko’rsatkichlarining  katta 
qismi qator byudjet ko’rsatkichlarini o’z ichiga olganligi bois, istiqbolga 
mo’ljallangan  yig’ma  moliyaviy  balansni  tuzishda  asosiy  byudjet 
ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini amalga oshirish lozim. 
Byudjet  rivojini  prognoz  qilish  deganda  uning  daromad  va  xarajat 
qismlarini  rivojlantirish  yo’llarini  ehtimoliy  baholash  majmui  nazarda 
tutiladi. 
Byudjetni  prognoz  qilish  –  bu  yuzaga  kelgan  tendenstiyalar, 
muayyan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va istiqbolni baholash asosida 
byudjetni  rivojlantirishning  optimal  yo’llarini  ishlab  chiqish  va 
asoslashdan  va  shu  asosda  uni  mustahkamlash  yuzasidan  takliflar  berish 
demakdir.  Bunday  prognoz  qilish  natijalarini  o’z  vaqtida  hisobga  olish 
davlat  va  mintaqaning  moliyaviy  siyosatida  eng  samarali  choralarni 
qo’llashning muhim sharti hisoblanadi. 
Prognoz  qilinayotgan  byudjet  ko’rsatkichlarini  hisoblab  chiqish 
yillik  byudjet  ko’rsatkichlarini  hisoblab  chiqishga  qaraganda  boshqacha 
metodologik  yondashuvlarga  asoslangan.  Agar  yillik  va  choraklik 
byudjetlar ko’rsatkichlari iqtisodiy va moliyaviy parametrlarni to’g’ridan-
to’g’ri  hisoblab  chiqish  asosida  aniqlansa,  u  holda  prognoz  byudjet 
ko’rsatkichlarini  aniqlashda,  odatda,  zarur  statistika  va  hisobot 
ma’lumotlarining yo’qligi tufayli bunday imkoniyat mavjud emas. 
Byudjet  rivojining  prognozini  ishlab  chiqishda  turli  usullardan 
foydalanish mumkin. 
1)  Ekstrapolyastiya  usuli,  ya’ni  avvalgi  davrlar  amaliyotidan  kelib 
chiqib  istiqbollarni  tuzish.  Biroq  ushbu  usul  faqat  byudjet  xarajatlari  va 


 
140 
daromadlarining  ozmi  ko’pmi  barqaror  xususiyatga  ega  bo’lgan  ayrim 
moddalarini prognoz qilish uchun yaroqli. 
2)  Ekspert  baholash  usuli,  ya’ni  fan  va  iqtisodiyotning  alohida 
tarmoqlarida  vakolatli  mutaxassislar  tomonidan  berilgan  va  asoslangan 
baholar asosida qilingan prognoz ham kamchiliklardan holi emas, chunki 
u subyektiv yondashuv unsurlariga ega. 
3)  Ushbu  ikkita  usulni  bir  vaqtning  o’zida  qo’llsh;  bunda 
rivojlanishning  obyektiv  tendenstiyalaridan  ham,  ekspertlar  fikrlaridan 
ham foydalaniladi. 
Chiziqli  regressiya  liniyalari  asosiy  moliyaviy  qonuniyatlar 
ekstrapolyastiyalash usullaridan biri bo’lib, prognoz qilinayotgan byudjet 
ko’rsatkichlarini  bir  necha  o’zgaruvchan  ko’rsatkichlarga  tobe  qiluvchi 
ko’p  qadamli  korrelyastion  modellarni  tuzishda  ularning  ishonchliligi 
ortadi.  Shuning  uchun  byudjetni  prognoz  qilish  ishini  byudjetni 
shakllantirishga  ta’sir  ko’rsatuvchi  omillar  (o’zgaruvchan  kattaliklar)ni 
ajratish va o’rganib chiqishdan boshlash lozim. Bunday omillar jumlasiga 
mamlakat  ishlab  chiqaruvchi  kuchlarining  rivojlanishini  va  umumdavlat 
moliyaviy  resurslarning  mavjudligini,  demografik  o’zgarishlarni, 
xo’jalikning rivojini va hokazolarni kiritish lozim. 
Istiqbolga mo’ljallangan davlat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini 
hisoblab  chiqish  uchun  byudjet  daromadlarining  hajmi  bilan  ikkita 
o’zgaruvchan:  ishlab  chiqarilgan  milliy  daromad  va  yalpi  sanoat  va 
qishloq  xo’jaligi  mahsuloti  o’rtasidagi  korrelyastion  aloqalardan
shuningdek ushbu ko’rsatkichlar bilan foyda solig’i o’rtasidagi aloqadan 
foydalanish mumkin. Korrelyastiya koeffistientlari o’rganib chiqilayotgan 
aloqalardagi  jipslikni  darajasini  qo’rsatadi.  Byudjet  daromadlari  birinchi 
galda milliy daromad hisobidan shakllanadi. 
Istiqbolga  mo’ljallangan  byudjet  resurslarining  hajmini  prognoz 
qilishda  ko’plab  omillar  ta’sirini  ma’lum  darajadagi  ehtimollik  bilan 
o’rtacha  barobarlashtirish,  eng  umumiy  tendenstiyalarni  aniqlash 
imkonini beruvchi chuqur iqtisodiy va cmamucmuk tahlil qilish lozim.  
Yuqorida  ko’rsatilgan  ikkita  o’zgaruvchan  kattalikka  ega  bo’lgan 
regressiya tenglamasi chiziqli ko’riniga ega: 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish