B. B. Berkinov, Ye. A. Yarmolik, Q. Q. Quvnoqov


-bob.   MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/189
Sana31.12.2021
Hajmi2,02 Mb.
#235374
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189
Bog'liq
indikativ rejalashtirish

10-bob.  
MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA 
TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA 
 
 
10.1. Budjetlashtirish va budjetning asosiy tushunchalari. 
10.2  Davlatning      makroiqtisodiy      siyosati      va      ularni   
boshqarishda budjet resurslarining ahamiyati. 
10.3   Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari. 
 
 
10.1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari 
 
 
Davlat  tomonidan  o’z  zimmasiga  yuklatilgan  Funksiyalarning 
bajarilishi  unda  zarur  moliyaviy  resurslarning  mavjudligi  bilan  bog’liq, 
bu  birinchi  navbatda  davlatda  hosil  bo’ladigan  pul  mablag’lari  bir 
qismining  byudjetda  jamlanishini  talab  qiladi.  Ushbu  mablag’larning 
byudjetga  yo’naltirilishi  va  ulardan  foydalanish  jarayonida  davlat,  soliq 
to’lovchilar  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  o’rtasida  moliyaviy 
munosabatlar  yuzaga  keladi.  Ushbu  munosabatlar  hokimiyat  organlari 
tomonidan  ishlab  chiqiladigan  va  amalga  oshiriladigan  moliya-byudjet 
siyosatiga  muvofiq  quriladi.  Moliya-byudjet  siyosati  davlat  va  hududiy 
hoqimiyat  organlarining  soliq,  pul-kredit,  narx-navo  va  moliyaning 
boshqa sohalaridagi harakatlarini o’z ichiga oladi. 
Moliya-byudjet  siyosati  (byudjetlar)  –  bu  hokimiyat  organlari 
tomonidan  amalga  oshiriladigan  o’z  Funksiyalarini  bajarish  uchun 
moliyaviy  munosabatlardan  foydalanish  va  byudjet  tizimini  boshqarish 
bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir.  
Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni 
belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab 
chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni, 
moliya  va  byudjet  tizimini  boshqarishni,  moliya-byudjet  vositalari 
yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi. 
Ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining byudjetni ishlab chiqish 
va byudjetlashni amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha 
harakatlarining yig’indisi byudjet jarayoni hisoblanadi. 
Davlatning  moliya-byudjet  siyosati  moliya  va  soliq  organlari,  pul-
kreditni  tartibga  solish  organi  (Markaziy  bank),  nazorat-hisoblash 


 
133 
organlari  (nazorat-hisoblash,  ijroiya  hokimiyatining  boshqa  organlari) 
faoliyati orqali amalga oshiriladi. 
Odatda  byudjet  davri,  ya’ni  byudjetni  ijro  etish  jarayonini  amalga 
oshirish  vaqti  1  yanvardan  31  dekabrgacha  qilib  belgilangan  bo’lib,  u 
taqvim  yiliga  mos  keladi.  Byudjet  jarayonining  davom  etishi  byudjet 
davriga  qaraganda  ancha  uzoq,  chunki  byudjet  jarayoniga  byudjetni 
rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi. 
Qonun  hujjatlariga  muvofiq  byudjet  vakolatlariga,  ya’ni  byudjet 
jarayoni  ishtirokchilarining  huquq  va  majburiyatlariga  ega  bo’lgan 
organlar  byudjet  jarayonini  amalga  oshiradi.  Quyidagilar  ana  shunday 
vakolatlarga egadirlar: 
• ijroiya va vakillik hokimiyati organlari; 
• moliya va soliq organlari; 
•  pul-kreditni  tartibga  solish  organlari  va  davlat  moliya  nazorati 
organlari; 
•  byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchilari  va  byudjet 
mablag’larining taqsimlovchilari; 
• davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari. 
Vakillik  hokimiyati  organlari  byudjetlar  loyihalarini  va  ularning 
bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi. 
Ijroiya  hokimiyati  organlari  yig’ma  moliyaviy  rejalashtirishni 
amalga  oshiradi,  byudjetlar  loyihalarini  tuzadi,    byudjetlar  loyihalarini 
vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni 
ijro etadi, byudjet ijrosi  tahlil va nazorat qiladi. 
Markaziy  bank  hokimiyat  bilan  birgalikda  davlatning  pul-kredit 
siyosatining  asosiy  yo’nalishlarini  ishlab  chiqadi  va  qonun  chiqaruvchi 
organlarga  ko’rib  chiqish  uchun  taqdim  etadi  va  G’aznachilik  pul 
hisobvaraqlariga, 
davlat 
byudjetdan 
tashqari 
maqsadli 
fondlari 
hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi. 
Byudjet  mablag’larining  bosh  taqsimlovchisi  –  bu  byudjet 
mablag’larining  birinchi  bevosita  oluvchisi  hisoblanib,  mablag’larni 
byudjet  mablag’larini  taqsimlovchilar  va  oluvchilar  o’rtasida  taqsimlash 
huquqiga  ega  bo’lgan  ijroiya  hokimiyati  organi.  U  byudjet  mablag’lari 
taqsimlovchilari  va  byudjetdan  mablag’  oluvchilar  bo’yicha  byudjet 
xarajatlari  ro’yxatini  tayyorlaydi,  ularga  byudjet  yo’nalishlari  haqidagi 
xabarnomani  etkazadi,  ular  uchun  daromadlar  va  xarajatlar  smetalarini 
tasdiqlaydi,  zarur  hollarda  mablag’larning  ular  uchun  tasdiqlangan 
moddalar  o’rtasida  taqsimlanishini  o’zgartiradi,  byudjetdan  mablag’ 


 
134 
oluvchi 
tomonidan 
byudjet 
mablag’laridan 
oqilona, 
maqsadli 
foydalanilishini nazorat qiladi. 
Byudjetdan  mablag’  oluvchi  (byudjet  muasasasi)  –  bu  ijroiya 
hokimiyati  organi  tomonidan  notijorat  xususiyatiga  ega  bo’lgan 
Funksiyalar  (boshqaruv,  mudofaa,  ijtimoiy-madaniy  tadbirlar  va  b.)ni 
amalga  oshirish  uchun  tashkil  etilgan  va  smeta  tartibida  moliyalanuvchi 
tashkilot. 
Nazorat-hisoblash  organlari  tegishli  byudjet  va  byudjetdan  tashqari 
fondlardan  foydalanish  ustidan  nazoratni  amalga  oshiradi,  byudjet  va 
byudjetdan  tashqari  fondlarning  ijrosi  haqidagi  hisobotlar  tashqi  auditini 
o’tkazadi. 
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar 
byudjet  jarayonining  ishtirokchilari  hisoblanishadi.  Byudjet  jarayoni 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: 
• yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish; 
• byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash; 
• byudjet yili mobaynida byudjetni ijro etish; 
• byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish. 
 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish