A. X. Rasijlov, K. G. Baxadirov materialshunoslik va konstruksion


 Payvand birikmalardagi nuqsonlar va ularni tuzatish



Download 6,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/240
Sana31.12.2021
Hajmi6,21 Mb.
#235175
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   240
10.2. Payvand birikmalardagi nuqsonlar va ularni tuzatish
Nuqsonlarning asosiy turlari  va ulaming vujudga kelish sabablari. 
Suyuqlantirib  payvandlangan  birikmalarda  DS  23055-78  ga  muvofiq 
ichki  nuqsonlarning  quyidagi  turlari  bo‘ladi:  payvand  birikmaning 
sirti ga chiqmagan  darzlar;  chok metalidagi  ichki  g‘ovaklar,  chala pay­
vandlangan va qotmasdan qolgan joy lar,  shlak va oksid qo‘shilmalari.
Payvand  buyumni  tayyorlash  texnologiyasiga  rioya  qilinmaganda 
darzlar  (issiq  va  sovuqdan  hosil  boigan;  bo‘ylama,  ko‘ndalang  va 
tarmoqlangan;  mikrodarzlar va makrodarzlar) vujudga keladi.  Odatda, 
payvand birikmalarda umuman darzlar boiishiga raxsat etilmaydi.
Payvand  chokdagi  cho‘kish  kovagi  kamdan-kam  hollarda,  faqat 
qalin  listlar  yoy  yordamida  payvandlanganda  va  payvandlash  van- 
nasidagi  metall  massasi  katta  boiganda  kuzatiladi.  Nisbatan  katta 
hajmli  payvandlash vannasi  oltingugurt,  fosfor va  boshqalar  asosidagi 
oson suyuqlanadigan  moddalar bilan  ifloslangan  holda vanna qotayot-
162


ganda  cho'kish  kovagi  (chuqurcha)  hosil  bo‘ladi.  Chokda  bunday 
bo‘lmasligi kerak.
Chok  tubining  botiqligi  payvand  birikmalar  gaz  puflab  yoki 
detaining  payvandlanadigan  qirralari  orasidagi  tirqishni  kattalashtirib 
flyus yostiqchasida hosil qilinganda vujudga kelishi mumkin. Dinamik 
yuklanish  ta ’siri  ostida  bo‘ladigan  yoki  past  haroratlarda  ishlaydigan 
buyumlarda chok tubining botiq boMishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Payvand  chokdagi  teshik  -   chok  sirtiga  chiqadigan  konussimon 
yirik  g‘ovak.  Payvandlash  vannasidagi  metall  qotayotgan  paytda 
undan  muayyan  joyda  juda  ko‘p  gaz  ajralib  chiqishi  natijasida  bu 
nuqson  paydo  bo‘ladi.  U  ko‘pincha  payvandlanadigan  qirralarning 
ayrim joylari zang va moy bilan ifloslangan hollarda kuzatiladi.
Payvand  choklar  yuzasidagi  g‘ovaklar  qoplamasi  nam  (quritil- 
magan)  elektrodlar  yoki  yaroqlilik  muddati  o ‘tib  ketgan  elektrodlar 
bilan payvandlashda yuzaga keladi.  Ayrim hollarda chokning  100  mm 
uzunligida  diametri  2  mm  dan  kichik  boMgan  uchtagacha  g‘ovak 
bo‘lishiga ruxsat etiladi.  Joiz nuqsonlar me’yorlarini bilish  kerak.  Ular 
payvand  konstruksiyalar  tayyorlashga  me’yoriy-texnik  hujjatlarda 
belgilangan.
Elektrod  metalining  sachrab  qotib  qolgan  tomchilari  ochiq  yoy 
vositasida  payvandlashda  paydo  bo‘ladi.  Tomchilar  payvand  birikma 
sirti bo‘ylab  sochiladi,  lekin  maxsus  bo‘yoq  bilan  qoplangan  buyumga 
yopishib  qolmaydi.  Metall  sirtidagi  sachragan  metall  tomchilari  yo‘l 
qo‘yib  bo‘lmaydigan  nuqson  hisoblanadi.  Payvandlash  jarayonida 
metall  sirtiga  surtiladigan  qoplamalar,  masalan  «Duga-2»  aerozoli 
metall  sirtiga  sachragan  metall  tomchilarining  yopishib  qolishiga 
qarshi  samarali vosita hisoblanadi.
Sirti  oksidlanish  oson  oksidlanadigan  metallar  (titan,  magniy  va 
ulaming  qotishmalari)  uchun  ahamiyatga  ega.  Agar  detallaming  chok 
yaqinidagi  sirtlari  va  chokning  o‘zi  havodan  himoyaiangan  boMmasa, 
payvandlashda  metallning  qizishi  natijasida  metallning  sirti  qatlami 
oksidlanadi.
Payvand  chokning  ortiqcha  puxtalanishi  payvand  buyumning 
dinamik  yuklanish  ta’sirida  ishlashini  yomonlashtiradi,  shu  sababdan 
bunday  buyumlar  uchun  u  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydigan  nuqson 
hisoblanadi.  Dastaki  usulda  payvandlashda  payvandchi  malakasining 
pastligi  bunday  nuqson  vujudga  kelishiga  sabab  bo‘ladi.  Agar
163


payvandlanadigan  detaining  qalinligi  10  mm  dan  ortiq  boisa, 
chokning qavariqlik yoki botiqligi 3  mm dan oshmaydi.
Qoplamali  elektrodlar  bilan  payvandlashda  va  yarimavtomatik 
payvandlashda  qotishish 
zonasidagi 
kesiklar 
elektrod  uchini 
ko‘ndalangiga  noto‘g‘ri  tebratish  oqibatida (payvandchining  malakasi 
past)  hosil  bo‘ladi;  tok  ortgan  sari  kesik  kattalashadi.  Bu  nuqson 
shuning  uchun  ham  xavfliki,  kesiklarda  zo‘riqishlar  to‘planadi,  ular 
buyum  dinamik  yuklanish  ta’sirida  ishlaganda  metallning  buzilishiga 
olib  keladi.  Metallda  chuqurligi  1  mm  gacha,  uzunligi  15  mm  dan 
ortiq  kesiklar  va  chuqurligi  1  mm  dan  katta  uzunlikdagi  kesiklar 
boiishiga y o i  qo‘yilmaydi.
Payvand  chokning  notekis  tutashtirilishi,  ortiqcha  puxtalanish, 
toshmalar  ko‘pincha  payvandlash  rejimi  noto‘g ‘ri  tanlanganda  yoki 
payvandlanayotgan  qirralarda  qalin  kuyindi  qatlami  boiganda 
vujudga keladi.
Chala  payvandianish.  Bu  nuqson  navbatdagi  marzachalar  (valik- 
lar)  yoki  qatlamlar  payvandlash  shlakidan  tozalanmagan  oldingi  me­
tall  qatlami  ustiga  yotqizilganda,  oraliq  va  chok  qatlamlari  orasida 
kuzatiladi.
Payvand  chokdagi  shlak  va  metailmas  qo‘shilmalar  oksidli, 
sulfidli,  fosforli  va  nitridli  qo‘shilmalardir.  Ular  chok  metalining 
qotish  paytiga  qadar  payvandlash  shlakiga  ko‘tarilishga  ulgurmagan 
payvandlash  metallurgiyasiga  bog‘liq.  Odatda,  bu  nuqson  yuqori 
tezlikda payvandlaganda paydo bo‘ladi.
Payvand  chokdagi  ichki  g‘ovaklar  payvandlashda  chok  metali 
otadigan  paytga  kelib  tashqariga  chiqib  ketishga  ulgurmagan 
gazlaming  ko‘p  miqdorda  ajralib  chiqishi  natijasida  vujudga  keladi. 
Ayni nuqson ayniqsa chuqur choklar hosil qilishda kuzatiladi.
Payvand  chokdagi  metall  aralashmalari.  Volfram  elektrod  bilan 
teskari  qutbli  va  katta  toklarda  payvandlaganda  chokka  ko‘pincha 
volfram zarrachalari tushadi.
Payvand  chok  qirralarining  siljib  olishiga  payvandlanadigan 
detallaming noto‘g‘ri yig‘ilishi sabab b o iad i.

Download 6,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish