Investitsiyalanadigan qimmatli qog‘ozlar: (S) qoplanadigan
(likvidli) qism. Bu qism likvid qimmatli qog‘ozlarga kapital qo‘yilmalar
ajratishga va mavjud talabni zudlik bilan qondirishga sarflanadi. Shu
sababli uni bankning ikkinchi «himoya chizig‘i» yoki ikkinchi o‘rinda
turuvchi zaxira deb yuritishadi. Bu zaxira mavjud pul mablag‘i bilan
kredit o‘rtasida turadi va muayyan daromad olishni ta’minlaydi.
Kreditlar (L) bank aktivining 50-75 foizini tashkil qiladi. Bu qism
eng katta salmoqqa ega bo‘lib, kredit – brutto deb nomlanadi va uning
tarkibiga quyidagilar kiradi:
«Men bankdan qarzman» nomi bilan atalib, u o‘z ichiga iste’mol
krediti, garovga qo‘yilgan qo‘zg‘almas mulk, tijorat va qishloq xo‘jaligi
korxonalariga to‘lanishi lozim bo‘lgan tilxatlar (kreditlar), shuningdek,
dilerlarga qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar bajarish maqsadida
ajratilgan muddati cho‘zilgan kreditlarni oladi. Ammo bu summadan
kreditlar bo‘yicha joriy va kutiladigan zararlar chegirilib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |