Tovar-pul munosabatlari sharoitida korxona darajasida sof daromad foyda
shaklini oladi. Tovarlar bozorida korxonalar nisbatan alohida tovar ishlab
chiqaruvchi bо‘lib maydonga chiqadilar. Bozorda mahsulotga narx belgilab, uni
Sotish natijasida ular pul tushumini oladilar, bu esa daromad olinganligini
anglatadi. Moliyaviy natijani aniqlash uchun tushumni mahsulot ishlab chiqarishda
ketgan xarajat bilan taqqoslash kerak.
Agar tushum xarajatlardan yuqori bо‘lsa, moliyaviy natija foyda
olinganligidan dalolat beradi. Tadbirkor doimo foyda olishni о‘z oldiga maqsad
qilib qо‘yadi, lekin bunda doim ham erisha olmaydi. Agar tushum xarajatlarga teng
bо‘lsa, u faqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini qoplagan bо‘ladi,
xolos. Bunda zarar kо‘rilmaydi, lekin ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy
rivojlanishning manbai sifatidagi foyda ham olinmaydi.
Agar korxona xarajatlari tushumidan kо‘p bо‘lsa, u zarar kо‘radi, ya’ni salbiy
moliyaviy natijaga erishadi. Bu holatda uni ancha murakkab moliyaviy ahvolga
solib qо‘yadi.
Foydani bozor munosabatlarining о‘ta muhim toifasi sifatida talqin etish
mumkin.
1.
Foyda korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarali
xarajatlaydi. Lekin yagona foyda kо‘rsatkichi yordamida korxona faoliyatining
barcha tomonlarini baholab bо‘lmaydi. Bunday universal kо‘rsatkichning bо‘lishi
ham mumkin emas. Aynan shuning uchun korxonaning ishlab chiqarish, xо‘jalik
va moliyaviy faoliyatni tashkil qilishda kо‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Foydaning ahamiyati shundaki, u yakuniy moliyaviy natijani aks ettiradi, shu bilan
birga uning miqdori va о‘zgarishiga korxonaning xarakterlariga bog‘liq bо‘lgan
hamda bog‘liq bо‘lmagan omillar ta’sir qiladi. Foyda rag‘batlantiruvchi funksiyani
bajaradi. Buning mazmuni shundan iboratki, foyda bir vaqtning о‘zida moliyaviy
natija va korxona moliyaviy resurslarining asosiy elementi hisoblanadi. О‘z-о‘zini
moliyalashtirish tamoillarining real ta’minlanishi olingan real ta’minlanishi
olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy tо‘lovlar
tо‘langandan keyin korxona ixtiyoriga qoladigan sof foyda korxonaning ilmiy-
texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni
moliyalashtirish uchun yetarli bо‘lishi kerak.
2.
Foyda turli darajadagi byudjetni rag‘batlantirish manbalaridan biri
bо‘lib hisoblanadi. U soliqlar kо‘rinishida byudjetlarga kelib tushadi va boshqa
daromadlar tushumlari bilan bir qatorda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni
moliyalashtirish, davlat tomonidan о‘z faoliyatini bajarishni ta’minlash, davlatning
investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish
uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foydaning ahamiyati juda katta. Foyda olishga
intilish tovar ishlab chiqaruvchilarni iste’moliga kerak bо‘lgan mahsulot ishlab
chiqarish, hajmlarini oshirishga, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlarni
kamaytirishga undaydi. Erkin raqobat sharoitida bu orqali nafaqat tadbirkorlikning
maqsadiga, balki ijtimoiy ehtiyojlar qondirilishiga ham erishiladi. Zararlarni ham
о‘z о‘rni bor. Ular mablag‘larni yо‘naltirishda, ishlab chiqarishni tashkil qilishda
va mahsulotni sotishdagi xatolarni yoritib beradi.
Foydaga iqtisodiy toifa sifatida qaraganda, u haqda abstrakt holda gapiriladi.
Lekin korxonaning xо‘jalik va moliyaviy faoliyatini rejalashtirishda hamda
baholashda, korxona ixtiyoriga qolgan foydani taqsimlashga foydaning aniq
kо‘rsatkichlari ishlatiladi. Foyda bu korxonaning mahsulot sotishdan olingan
foydasi (zarari) bilan mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bо‘lmagan
foydalari (zararlari) yig‘indisidir. Mahsulot sotish deganda, nafaqat, natural-
moddiy shaklga ega bо‘lgan ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish, balki ishlarni
bajarish, xizmatlar kо‘rsatish hamda yuritish tushuniladi. Oxirgi moliyaviy natija
sifatida foyda korxonaning barcha xо‘jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobi
va balans moddalarini baholash asosida aniqlanadi. Foyda atamasining ishlatilishi
shu bilan bog‘liqki, korxona ishining yakuniy moliyaviy natijasi uning chorak, yil
yakuni bо‘yicha tuziladigan balansida aks etadi.
Moliyaviy natijalarning auditi ma’lum hususiyatga ega bо‘lib, ularni
quyidagicha ifodalash mumkin:
- moliyaviy natijaning shakllanishi bir qancha kо‘rsatkichlarga bog‘liq;
- moliyaviy natija hisobot davridagi korxona faoliyatinining yakuni
hisoblanadi;
- korxonaning foyda bilan ishlashi yoki hisobot davrini zarar bilan
yakunlanishi moliyaviy natijalarni shakllantiruvchi kо‘rsatkichlarga bevosita
bog‘liq bо‘ladi;
- moliyaviy natijalarga oldindan aniq bо‘lmagan xavf-xatarlar, tasodifiy
xodisalar о‘z ta’sirini kо‘rsatadi.