Microsoft Word Moliyaviy hisob


Materiallardan foydalanishni nazorat qilish



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

3.5. Materiallardan foydalanishni nazorat qilish 
Ishlab chiqarishda TMZlarning sarflanishi ustidan nazorat olib borish – bu bir xil 
mahsulot ishlab chiqarishda sarflangan TMZlarning haqiqiy sonini ularning me’yorida 
kursatilgan soni bilan taqsimlashdir. Materiallarning sarflanishi ustidan turli usullar 
yordamida nazorat olib boriladi: hujjatlashtirish, inventar, partiya bo’yicha bichish va 
boshqalar. 
Birinchi usul yordamida TMZning bir turini ikkinchi tur bilan almashtirilganda 
vujudga keladigan farq hisobga olinib, talabnoma bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatda 
TMZning me’yor bo’yicha sarflash soni va almashtirilgan, TMZning sarflanishi xususida 
ma’lumotlar ko’rsatilib, ularni taqqoslash natijasida farq aniqlanadi. Materiallar 
sarflanishini nazorat qilishdagi hujjatlashtirish usulining moxiyati shundan iboratki, bunda 
TMZning sarflanish me’yoriga qaraganda ortiqcha xarajat yoki iktisod qilinishiga yo’l 
qo’yish TMZlar ishlab chiqarishda sarflanishidan avval aniqlanadi. 
Nazorat qilishning partiya bichish usulida sarflash natijasi TMZning har bir partiyasi 
bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun bichish varaqasi yuritiladi. Unda ishlab chiqarish 
topshirigini bajarish uchun berilgan TMZning xakikatdan sarflanganligi ko’rsatiladi. Har bir 
bichish varaqasi bo’yicha TMZ sarflash natijasi aniqlanadi. 
Inventar usuli bo’yicha TMZ sarflash natijasi hisobot oyi oxirida chiqarilmay, balki 
qolgan TMZlarni inventarizatsiya qilish yo’li bilan aniqlanadi. 
Tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlari xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlardan hisobot tuzishdan oldin tovar-moddiy zahiralarni inventarizatsiya qilishni 
talab qiladi. Ushbu inventarizatsiya quyidagi hollarda va tartibda o’tkaziladi: 
Tuzilgan yillik hisobotda TMZ haqiqiy holatini aniqlash maqsadida yil bir marta 1-
oktyabr holatiga; 
Moddiy javobgar shaxslarni almashtirayotganda, ularning ustidan asosli shikoyat 
tushganda va tabiiy ofat sodir bo’lganda; 
Buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar bilan omborxona hisobidagi (hisobotidagi) 
ma’lumotlarda farqlar vujudga kelsa. 
Inventarizatsiya o’tkazish uchun har yili boshida sub’ekt rahbarining imzosi bilan 
doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasini tuzish va uning a’zolari to’g’risida 
buyruq chiqariladi. Unga sub’ektning etakchi mutaxassilari, bo’limlardan vakillar jalb 
qilinadi. 
Har bir ayrim inventarizatsiya o’tkazish uchun sub’ekt rahbarining imzosi bilan buyruq 
chiqariladi. Unda komissiya a’zolari, inventarizatsiya ob’ekti va o’tkazish davr ko’rsatiladi. 
Inventarizatsiya o’tkazishdagi haqiqiy mavjudligini aniqlashdir. Inventarizatsiya jarayonida 
quyidagilar tekshiriladi: 
 
90


Tovar-moddiy zahiralarning saqlanish sharoiti; 
Ularni saqlash va chiqarish tartiblarining to’g’riligi va tortuv va o’lchov jixozlarining 
ahvoli; 
Tovar-moddiy zahiralarning harakatini hisobga olish tartibi(omborxona hisobining 
yuritilishi); 
Inventarizatsiya o’tkazishning mohiyati, usuli va qamrovi bo’yicha quyidagicha 
guruhlanadi. 
Tekshirish hajmining qamrovi bo’yicha: 
Yoppasiga –ob’ekt har tomonlama va to’liq tekshiriladi; 
Tanlama-ob’ektning asosiy ko’rsatkichlari tanlab olib tekshiriladi; 
O’tkazish vaqtiga qarab: 
• 
rejali-sub’ekt tomonidan tuzilgan rejaga asosan(yilda bir marta) o’tkaziladi;  
• 
ko’tilmagan holda – javobgar shaxs kutmagan holda – shikoyat tushganda va hokazo 
o’tkaziladi. 
Inventarizatsiyani o’tkazish usulidan umumiy rahbarlik sub’ektning rahbari yoki uning 
o’rinbosarlari tomonidan amalga oshiriladi. Buyruqqa asosan tuzilgan inventarizatsiya 
komissiyasiga ishonchli mutaxassislar jalb qilinadi va natijasini(dalolatnomani) rahbar 
tasdiqlaydi. Inventarizatsiya komissiyasi o’tkazish davrida buxgalterning hisob 
ma’lumotlariga asoslangan holda TMZ inventarizatsiya ro’yxatini omborlar bo’yicha(inv-3) 
tuzadi. Uni o’tkazish vaqtida ombor mudiri tomonidan TMZ qabul qlish va chiqarish 
ta’qiqlanadi, u niventarizatsiya komissiyasiga hamma hujjatlarda ma’lumotlar omborxona 
hisobidagi tegishli kartochkalarga o’tkazilganligi va buxgalteriyaga topshirilganligi 
to’g’risida tilxat beradi. 
Inventarizatsiyaning natijalarini aniqlash uchun TMZ qoldiqlarini hisobga oluvchi 
daftardan foydalanish mumkin, chunki unda inventarizatsiyaning natijasi bo’yicha tuzilgan 
ro’yxatga asosan jismoniy ko’rinishdagi TMZ qoldig’ini qayd qiluvchi maxsus ustun 
mavjud. 
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan farqlar-ortiqcha yoki kamomad, taqqoslash 
qaydnomasini tuzish natijasida, haqiqiy tannarxda hujjatlashtiriladi. 
Ortiqcha deb topilgan, TMZ tegishli schyotlarda kirim qilinadi, debet 1000, 1100, 2900 
va davr xarajatlari kamaytiriladi, ya’ni muomalaviy daromadlar sifatida tegishli 9390-
«Boshqa moliyaviy daromadlar» schyotining kreditida ko’rsatiladi. TMZ kamomadi esa 
tegishli schyotlarning kreditidan 9433-«Qiymatliklarning kamomadi va buzilishi natijasida 
yo’qotishlar» schyotining debetiga olib boriladi. Keyinchalik inventarizatsiya 
komissiyasining qarori rahbar tomonidan tasdiqlangan keyin yoki javobgar shaxs 
 
91


zimmasiga olib boriladi debet schyot 4630, yoki davr xarajatlari sifatida 9433 schyotning 
debet tomonida qoladi(agar ushbu summani sub’ekt o’z zimmasiga olsa). 
Firmaning bosh direktorining 2003 yil noyabr oyining 26-kunida chiqarilgan 285-
buyrug’iga asosan 25-omborxona mudiri U. Umarovning javobgarligida 1010 balans 
schyotida hisobga olingan xom-ashyo va TMZlarning noyabr oyining 1 kuniga holatini 
qayd qiluvchi haqiqiy qoldig’ini aniqlash maqsadida inventarizatsiya o’tkazildi. 
Inventarizatsiya oktyabr oyining 30-kunida boshlanib noyabr oyining 2-kunida 
tugatildi. 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish