Microsoft Word Moliyaviy hisob



Download 2,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/124
Sana31.12.2021
Hajmi2,28 Mb.
#232839
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124
Bog'liq
moliyaviyhisob uzl cecd9-разблокирован

Qo’shimcha adabiyotlar 
1.  O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. Axborotnoma 2000-2003 yil sonlari.  
2.  “Bozor pul va kredit” jurnali 2000-2003 sonlari.  
3.  “Soliqlar va bojxona xabarlari” gazetasi 2000-2003 yil sonlari. 
 
30


2 - BOB. ASOSIY VOSITALAR VA NOMODDIY AKTIVLAR HISOBI 
2.1. Asosiy vositalarni hisobga olish vazifalari, ularni turkumlash va baholash 
Asosiy vositalar deb, uzoq muddat o’zining tabiiy ko’rinishini saqlab turadigan, asta-
sekin eskiradigan va ishlab chiqarilayotgan mahsulot qiymatiga o’z qiymatini asta-sekin 
o’tkazadigan mehnat vositalariga aytiladi. Asosiy vositalarga binolar, inshootlar, mashina, 
uskuna, xo’jalik inventarlari, asbob-uskunalar va boshqalar kiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatini 
amalga oshirishda asosiy vositalarning o’rni nihoyatda kattadir. Asosiy vositalar xo’jalik 
yurituvchi sub’ektning ishlab chiqarish jarayonida juda katta rol o’ynaydi, chunki ular 
barcha xo’jalik yurituvchi sub’ekt tayanadigan va xo’jalik yurituvchi sub’ektning ishlab 
chiqarish quvvatini baholash mezoni bo’lgan ishlab-chiqarish texnika bazasini tashkil etadi. 
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga asosan, asosiy vositalar uzoq davom 
etadigan vaqt mobaynida (bir yildan ortiq vaqt davomida) moddiy ishlab chiqarish sohasida 
ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir. 
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda asosiy vositalarni hisobga olish quyidagilarni 
ta’minlashi lozim: 
• 
asosiy vositalarning olinishi, hisobdan chiqarilishi, joyi o’zgartirilishini hisobda to’g’ri va 
o’z vaqtida aks ettirish;  
• 
asosiy vositalarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga 
olishni tashkil qilish; asosiy vositalarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli 
andozalarga va me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;  
• 
ularni sotib olinganidan keyin hisobdan chiqarilishiga qadar turgan joyi (foydalanish joyi) 
bo’yicha mavjudligi va asralishini, ayrim hollarda ularning asralishi uchun ma’sul bo’lgan 
shaxslar bo’yicha nazorat qilish;  
• 
asosiy vositalarning eskirishini to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqish va uni hisobda 
to’g’ri aks ettirish;  
• 
ta’mirlash bo’yicha xarajatlarni aniqlash va bu maqsadlar uchun ajratilgan vositalarning 
oqilona ishlatilishini nazorat qilish;  
• 
eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan asosiy vositalarni o’z vaqtida hisobdan 
chiqarishni ta’minlash;  
• 
hisobdan chiqarilgan asosiy vositalar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida 
aniqlash. 
 
31


Hisob va rejalashtirishda asosiy vositalar ma’lum guruhlarga bo’linib hisobga olinadi 
va rejalashtiriladi. Chunki asosiy vositalarni hisobga olish, rejalashtirishni to’g’ri tashkil 
qilishning muhim sharti bo’lib, ularni ilmiy jihatdan turkumlash va baholash hisoblanadi. 
Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ishlab chiqarishning 
asosiy vositalariga va ishlab chiqarishga taalluqli bo’lmagan ob’ektlarga bo’linadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va unga xizmat qiladigan mehnat vositalari 

Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish