Schyot 5610 – «Pul ekvivalentlari»
Debet Kredit
5010 - Pul ekvivalentlarini naqd 5110
pulga va naqd pul o’tkazish yo’li bilan
6870 - Hisobdor shaxslar orqali pul
ekvivalentlarini sotib olish(marka, patta va
boshqalar)
6890 - Boshqa shaxslarlan pul
ekvivalentlarining olinishi
6110 - Pul ekvivalentlarining avlod
xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa
mustaqil balansga o’tkazilgan bo’linmalaridan
olinishi
5220 - Valyuta schyotiga qabul qilish
uchun xorij valyutasining qiymatini qayd
qilish
4230 - 4220 - Pul ekvivalentlarini
hisobdor shaxslarga berish
4290 - Xodimlarga pul ekviva
lentlarini berish (pattalar va boshqalar)
4630 - Pul ekvivalentlari bo’yicha
aniqlangan kamomadlarni qay qilish
9430 - Sotib olingan ekvivalentlarni
sotishdan aniqlangan farqni aks ettirish
(nominal qiymatidan kam bahoda sotilsa)
Pul ekvivalentlarining hisobi har bir pul ekvivalenti (pochta markasi, davlat bojxona
markasi, veksel va hokazo) bo’yicha alohida- alohida yuritiladi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda, ayniqsa, xizmat ko’rsatuvchi sohalarda kassaga qabul
qilingan naqd pullar mas’ul xodimlar(inkassatorlar) orqali bankdagi pul mablag’lari
schyotiga topshirish uchun yuboriladi. Ushbu muomalalarni mahsulotlarni sotishdan olingan
26
naqd pullarni(tushumlarni) topshirishni qayd qilish, ya’ni saqlanish joyidan ketgan
(inkassatorlarga topshirilgan) lekin yo’naltirilgan joyiga kelib tushmagan naqd pullarni
hisobga olish 5620-«Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotida olib boriladi. Ushbu schyot tranzit
schyoti hisoblanib, u pul mablag’larining harakati va holati ustidan doimiy nazoratni
o’rnatishda bog’lovchi bosqichini bajaradi.
5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari» schyotining debet tomonida kassadan
inkassatorlarga topshirilgan naqd pullar aks ettiriladi va shu vaqtda 5010 va 5020
schyotlarining krediti tomonida qayd qilinadi. Ushbu mablag’lar bankdagi tegishli pul
mablag’lari schyotlariga qabul qilingandan keyin esa 5620 – «Yo’ldagi pul mablag’lari»
schyotining kreditidan pul mablag’larini schyotlarining 5110, 5210 debetiga o’tkaziladi.
Ushbu mablag’lar hisobidan qisqa va uzoq muddatli kreditlar va boshqa shaxslarga
bo’lgan qarzlar to’lansa tegishli 6910-«Bankning qisqa muddatli kreditlari», 7510-
«Bankning uzoq muddatli kreditlari, 6940-«Qisqa muddatli qarzlar» va 7690-«Boshqa uzoq
muddatli to’lovlar» schyotlarining debetida qayd qilib boriladi.
Ushbu schyotni bosh sub’ekt o’zining qaramog’idagi mustaqil balansga o’tkazilgan
bo’linmalariga pul mablag’larini o’tkazishda ushbu mablag’lar hisobot davrining oxirida
tegishli schyotlariga o’tkazilmaganda qo’llaydi.
Shuningdek, mustaqil balansga o’tgan bo’linmalarning pul mablag’lari bosh sub’ektga
o’tkazilayotganda shunga o’xshash holatlar vujudga kelsa, schyotni yuqorida keltirilgan
tartibda qo’llaydilar.
Yuqoridagi schyotlarda mablag’lardan qayd qilish uchun quyidagi hujjatlar asos bo’lib
xizmat qiladi:
•
Kirim qilingan naqd pullarni topshirayotganda – bankning va aloqa bo’limining pattasi,
bankning inkassatorlariga naqd pullarni topshirayotganda kuzatuvchi qaydnomaning
nusxasi va boshqalar;
•
Bosh xo’jalik yurituvchi sub’ekt o’zining bo’limlariga berilayotgan summalari bo’yicha
o’tkazish uchun pul mablag’lari qabul qilgan bank yoki aloqa bo’limining nomi va
summasi va avizo(xabarnoma)ning sanasi, to’lov topshiriqnomasining nomeri ko’rsatiladi.
Pul ekvivalentlari va yo’ldagi pul mablag’larining analitik hisobi ularning har bir turi
bo’yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Yo’ldagi pul mablag’larining holati va harakatini schyotlarida aks ettirishning quyidagi
chizmasi keltirilgan.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |