Qirqib olish shtamplari. Xomakidan kerak bo‘lmagan
qismlarini kesib olish, botirib shtamplashdan so‘ng bajariladi. Qirqib
olish chiziqlari, ko‘pincha, har xil tekislikda joylashgan egri chiziq
shaklida bo‘ladi. Bu qirqib olish shtamplarini murakkablashtiradi va
qirqib olish operatsiyalari ikkita yoki bir nechta o‘tishlarni talab
qiladi. Bir nechta o‘tish bilan qirqish operatsiyasi bajarilganda,
detalning geometrik aniqligi, ishlab chiqarish samaradorligi
pasayadi. Bundan tashqari, qirqib olingan detalning bikirligi
kamayadi. Detalning bikrligini oshirish uchun detalga shakl berish
va gardish hosil qilish operatsiyalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |