Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
ls'hoqxon Ibrat (1862 — 1937) 
XIX  asrning  ikkinchi  yarmi  -  XX  asrning  birinchi  yarmida  yashab,  ijod  etgan 
yirik  allomalardan  biri  Is'hoqxon  Ibratdir.  U  ma'rifatparvar  shoir,  zabardast 
tilshunos, tarixshunos olim, ilk o’zbek matbaachilaridan biri, sayyoh, xattot, naqqosh, 
otashin publisist va ilg’or pedagogdir. 
Ibratning  asli  ismi  Is'hoqxon,  otasining  ismi  Junaydulladir.  Ibrat  uning  adabiy 
taxallusidir.  Is'hoqxonning  o’ziga  «Ibrat»  taxallusini  olishining  boisi  shundaki,  u 
ijodining  dastlabki  yillaridan  boshlab  ma'rifatparvar  shoir,  olim  sifatida  nom 
chiqardi va kishilarni zamon ilmidan, ilg’or  madaniyatdan, ta'lim-tarbiyadan o’rnak 
olishga chaqirdi. Shuning uchun ham o’ziga «Ibrat» taxallusini tanladi. 
Is'hoqxon  1279-hijriy  (1862-milodiy)  yili  Namangan  yaqinidagi  To’raqo’rg’on 
qishlog’ida tug’ildi. Uning otasi Junaydullaxo’ja Sunnatillaxo’ja  o’g’li  ancha  bilimli 
sohibkor  bog’bonlardan  edi.  U  adabiyotga,  she'riyatga  ixlos  qo’ygan  va  «Xodim» 
taxallusi  bilan  birmuncha  she'rlar  bitgan  kishi  bo’lgan.  Onasi  Huribibi  davrining 
o’qimishli,  oqila  ayollaridan  bo’lib,  o’z  uyida  qishloq  qizlarini  o’qitardi.  Huribibi 
adabiyot  ixlosmandi  bo’lib,  u  ham  she'r  yozgan.  Lutfiy,  Navoiy,  Jomiy,  Bedil, 
Mashrab kabi buyuk shoirlarning asarlarini mutolaa qilish bu xonadon uchun sevimli 
mashg’ulot  hisoblanardi.  Oiladagi  bunday  ma'naviy  muhit  Is'hoqxonda  adabiyotga 
muhabbatning erta paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi. 
1870-yili  Junaydullaxo’ja  vafot  etib,  Is'hoqxon  otadan  erta  etim  qoldi.  Endi  oila 


 
122 
qiyinchiliklari  butunlay  onasi  Huribibi  zimmasiga  tushdi.  Mushtipar  ona  otinlik 
qilib zo’r-bazo’r ro’zg’or tebrata boshladi. 
Huribibi  o’z  maktabida  o’quvchilarga  darsni  yod  oldirish  bilan  cheklanmay 
qizlarga  yozishni,  husnixatni  o’rgatar  edi.  Is'hoqxon  ham  yoshligidan  husnixatga 
qiziqdi va o’zining bo’sh vaqtlarini ana shu san'at  sirlarini o’rganishga bag’ishladi. 
Adabiyot va san'atga zo’r muhabbat qo’ygan Is'hoqxon ancha mukammal savodga ega 
bo’lgach,  o’qishni  davom  ettirish  uchun  uni  Qo’qonga  yuboradilar.  U  Muhammad 
Siddiq Tunqotar madrasasiga 1878-yili o’qishga kiradi. 
Is'hoqxon madrasa beradigan ilmlar bilan cheklanib qolmadi. U o’qish mobaynida 
buyuk Sharq mumtozlari asarlarini mustaqil tarzda qunt  bilan mutolaa qildi va bu 
asarlar umrining oxirigacha unga eng yaqin hamroh bo’ldi. Is'hoqxon madrasada arab 
va fors tillarini chuqur o’rganish bilan birga, bo’sh vaqtlarida rus tilini ham mustaqil 
o’rgandi. 
Is'hoqxon Ibrat 1886-yili madrasani tugatib, o’z qishlog’i To’raqo’rg’onga qaytib keldi 
va maktab ochdi. Is'hoqxon maktabiga tovush (savtiya) metodini tatbiq qildi. 
1887-yili  Huribibi  o’g’liga  Makkaga  olib  borishni  iltimos  qiladi  va  ular  yo’lga 
otlanadilar.  Biroq  onaizorga  o’z  diyoriga  yana  qaytib  kelish  nasib  etmadi.  U  yolda 
qattiq  shamollab  qoldi.  Olti  oy  betoblikdan  so’ng  Huribibi  Jidda  shahrida  vafot  etdi. 
Is'hoqxonning Sharq mamlakatlariga safarga chiqishidan asosiy maqsadi, birinchidan, 
onasini hajga olib borish bo’lsa; ikkinchidan, chet el xalqlari hayoti, madaniyati bilan 
yaqindan tanishish, bu mamlakatlarni o’z ko’zi bilan ko’rish edi. 
Is'hoqxon  onasini  Jidda  shahrida  dafn  etib,  Sharq  mamlakatlari  bo’ylab  sayohatni 
davom  ettirdi  va  Yevropaning  Istanbul,  Sofiya,  Afina,  Rim  singari  markaziy 
shaharlarida boldi. Ancha vaqt Afg’onistonning Kobul, Arabistonning Jidda kabi yirik 
shaharlarida  istiqomat  qildi.  Arabistonning  Makka  shahridan  Qizil  va  Hind  dengizlari 
orqali Hindistonga bordi. 1892-1896-yillari Hindistonning eng katta port shaharlari - 
Bo’mbay va Kalkuttada yashadi. Is'hoqxon Ibrat u erlarda ko’p ishlatiladigan to’rt 
tilni:  arab,  fors,  hind-urdu  va  ingliz  tillarini  o’rgandi.  U  chet  ellarda  o’sha  yerlik 
xalq  hayotini,  madaniyati  va  san'atini  o’rgandi.  Sharq  mam  lakatlariga  bosqinchilar 
orqali  kirib  kelgan  Yevropa  madaniyati,  tili  va  san'ati  bilan  yaqindan  tanishdi. 
«Lug’ati sittati al-sina», «Jome' ul-xutut», «Tarixi Farg’ona» kabi ilmiy asarlari uchun 
materiallar to’pladi. U bu davrda Sharq xalqlari tillari bilan birga, G’arb xalqlari 
tillarini ham bilish zarur deb hisobladi va Arabistonda fransuz tilini, Hindistonda ingliz 
tilini,  shu  bilan  birga,  eng  qadiraiy  finikiya,  yahudiy,  suriya,  yunon  yozuvlarini 
o’rgandi. 
Is'hoqxon  1896-yili  Hindistondan  Birma  orqali  Xitoyga,  so’ngra  Qashqarga 
o’tdi.  Qashqardan  Namanganga  qaytib  keldi.  U  chet  ellardan  bir  qancha  madaniyat 
ashyolari, Hindistondan «Santur» nomli musiqiy asbob keltirdi. 
Ibrat  bu  mamlakatlardan  yana  grammafon,  turli  millat  musiqa  va  qo’shiqlari 
yozilgan plastinkalar olib keldi. Bu qo’shiq va musiqani o’z uyida hamqishloqlariga 
eshittirgan. 
Is'hoqxon  Ibrat  chet  ellarda  olim  va  fozil  kishilar  bilan, ular  qaysi  din  yoki  qaysi 
millatga mansub bo’lishidan qatfi nazar, yaqin aloqada boldi. 
U olti tildagi: arabcha, forscha, hindcha, turkcha, O’zbekcha va ruscha so’zlarni o’z 
ichiga  olgan  «Lug’ati  sittati  al-sina»  nomli  lug’at  kitobini  yaratdi.  Muallif  ruscha 


 
123 
yozuvni bilmaydiganlarga ham qulay bo’lishi uchun rus so’zlarini arab yozuvi bilan 
beradi. Malumki, rus va Yevropa so’zlarini arab yozuvida ifodalash ancha murakkab 
ish, lekin Is'hoqxon Ibrat bu murakkab ishni muvaffaqiyatli hal etdi. 
Is'hoqxon  Ibratning  mazkur  «Lug’ati  sittati  al-sina»  asari  bir  necha  yillik 
sarguzashtlardan so’ng 1901-yili Toshkentda nashrdan chiqdi. 
Mazkur lug’at ilg’or pedagoglar tomonidan ochilgan usuli savtiya mak-tablarida ham 
rus tilini o’rganishda birdan-bir darslik-qo’llanma sifatida foydalanib kelindi. 
Tilshunoslik  fanining  bu  murakkab  sohasida  Is'hoqxon  Ibrat  ancha  mukammal 
«Jome'ul-xutut»  («Yozuvlar  majmuasi»)  nomli  ilmiy  asar  yaratdi.  Bu  asarda 
muallif  yozuvlarning  eng  ibtidoiysi  piktografik  yozuvlardan  so’nggi  davr  eng 
mukammal  yozuvlarigacha  bosib  o’tilgan  tarixiy  taraqqiyotni  yoritib  berishga 
harakat  qildi.  Olimning  bu  asari  anchagina  katta  hajmda  —  132  betdan  iborat 
bo’lib, 1912-yili o’zining bosmaxonasi «Matbaai Ishoqiya»da nashr qilindi. 
Is'hoqxon  Ibratning  tilshunoslik  sohasida  chuqur  ilmga  ega  ekanligi  mazkur 
asarida  namoyon  bo’ldi.  Asarda  piktografik  yozuvlardan  keyin  vujudga kelgan eng 
qadimiy  tovush-harf  yozuvlari:  finikiya,  hind,  lotin,  armani,  gruzin,  ibroniy  va 
boshqa  qirqdan  ortiq  yozuv,  ularning  kelib  chiqishi,  taraqqiyoti  haqida  ma'lumot 
beriladi. Ibrat faqat o’z vatanidagi  yozuvlarning  namunalarini  o’rganish  bilan 
cheklanmay arab mamlakatlaridagi qadimiy yozuvlarni ham o’rgandi, bu yozuvlarni 
to'g’-ri  o’qishga  harakat  qildi.  U  eramizdan  2000  yil  ilgari  finikiyaliklar 
tomonidan  vujudga  keltirilgan  yozuv  yodgorliklarini,  Kipr  orolidagi  g’orlardan 
topilgan  yozuvlarni  o’z  asarida  aks  ettirdi.  Ibrat  yozuvlar  tarixini  o’rganar  ekan, 
tovush-harf yozuv sisteraasi birinchi marta Finikiya xalqlari tomonidan yaratilgan va 
boshqa  qo’shni  xalqlar:  yahudiy,  Suriya,  arab  yozuvlari  Finikiya  yozuvlari  asosida 
yaratilgan,  degan  ilmiy  xulosaga  keldi.  Muallif  arab  yozuvlari  tarixi,  ularning 
takomiliga alohida to’xtaladi. U o’z tekshirishlari natijasida quyidagi xulosaga keladi: 
arab  yozuvlari  Finikiya  yozuvlaridan  kelib  chiqqan  bo’lib,  VII  asrdan  kufiy  va  nash 
yozuvlari  shaklida  rivojlangan.  Kufiy  va  nash  yozuvlari  asosida  nisbatan  sodda 
bo’lgan «suls» yozuvi yaratildi. 
«Jome'  ul-xutut»  asarida  dunyoda  mashhur  bo’lgan  41  xil  yozuv  sistemasi 
haqida,  shu  jumladan,  arab  xatining  suls,  rayhon,  zulf,  humoyun,  turra  kabi 
shakllari  haqida  ma'lumot  berilgan,  husnixat  san'atiga  oid  fikrlar  bildirilgan. Ibrat 
bu  asarida  ingliz,  fransuz,  nemis,  lotin  kabi  chet  tillarni  o’rganish  ham  ilm-fan  va 
madaniyatni egallashda katta ahamiyatga ega ekanligini alohida ta'kidlaydi. 
Ibratning  jahon  xalqlari  tarixiga  bag’ishlangan  mazkur  «Jome'  ul-xutut» 
asarining  nashr  etilishi  o’zbek  matbaachiligi  madaniyati  tarixida,  yozuvlar  tarixini 
o’rganishda g’oyat muhimdir. 
U o’zining «Tarixi madaniyat» asarida xabar berishicha, keyingi 20  yil ichida 14 
ilmiy  tarixiy,  lingvistik,  pedagogik  asarlar  va  30  yillik  poetik  ijodining  majmui 
bo’lmish «Devoni Ibrat» she'rlar to’plamini yaratdi. Is'hoqxonning tilshunoslikka oid 
«Lug’ati  sittati  al-sina»,  «Jome'  ul-xutut»  asarlaridan  tashqari,  tarixshunoslikka  oid 
«Tarixi  Farg’ona»,  «Tarixi  madaniyat»  va  «Mezon  uz-zamon»  ilmiy  asarlari 
bizgacha etib kelgan. 
Is'hoqxon  Ibrat  «Tarixi  Farg’ona»,  «Tarixi  madaniyat»,  «Mezon  uz-zamon» 
asarlarida  ham  o’zining  pedagogik-ma'rifatparvarlik  qarashlari-ni  ilgari  surdi. 


 
124 
Is'hoqxon  chet  el  sayohatida  texnika  va  madaniyat  rivojlangan  ulkan  shaharlarda 
bo’ldi. U Turkiston shaharlari ham vaqti  soati etib madaniy shaharlar qatoridan o’rin 
olishiga  ishondi.  Buni  amalga  oshirishning  birdan-bir  yo’li  ilm-fandan,  o’qish-
o’rganishdan deb bildi. 
Is'hoqxon  Ibrat  1886-yili  eski  maktablarga  nisbatan  birmuncha  ilg’or  bo’lgan 
maktabni  ochdi.  1907-yili  esa  ikkinchi  marta  qishloq  bolalari  uchun  eski 
maktablardan  butunlay  farq  qiluvchi  bepul  yangi  usuli  savtiya  maktabi  ochdi.  Bu 
maktabda o’z farzandlari Abbosxon, Vaqqosxon, Fayozxonni ham 25 nafar qishloq 
bolalarini  o’qitdi.  Maktab  o’z  uyida,  yorug’  derazali  xonaga  joylashgan  bo’lib,  u 
yangicha o’quv qurollari – parta, stol, stul, yangi kitoblar, darsliklar, daftar, doska 
kabilar  bilan    jihozlangandi.  o’qish-o’qitish  ishlarini  bo’lsa,  u  o’zi  tuzgan  dastur 
asosida olib bordi. Is'hoqxon maktabda o’zining«Lug’ati sitati al-sina», «San'ati Ibrat 
qalami  Mirrajab  Bandiy»  asarlaridan,  Turkistonda  rus-tuzem  maktablarining 
asoschisi va bunday maktablar darsliklarining birinchi  avtori S.M.Gramenitskiyning 
uch qismdan iborat «Kniga dlya chteniya» (o’qish kitobi), rus-tuzem maktablarining 
birinchi  o’zbek  o’qituvchisi  va  bu  maktablar  uchun  o’zbek  tilida  darslik 
yaratgan  Saidrasul  Saidazizovning  «Ustodi  avval»,  Ali  Asqar  ibn  Bayramali 
Kalininning  «Ta'limus  soniy»,  Namangan  rus-tuzem  maktabining  o’qituvchisi 
M.M.Oraqulovning  1887  -yili  nashr  qilingan  «Samouchitel  russkogo  yazika  dlya 
russko-musilmanskix shkol» kabi darslik va qo’llanmalaridan foydalandi. 
Is'hoqxon yangicha talim-tarbiyaning katta afzalliklarini isbotlashda ko’proq o’zi 
erishgan  yutuqlarga,  o’zi  amaliyotga  tatbiq  qilgan  yangi  metodlarga  tayanadi. 
Is'hoqxon o’z maktabiga haftalik dars jadvalini joriy qildi. 
Is'hoqxon  bolalarni  maktabdan  bezdiruvchi,  ularda  o’qituvchiga  nisbatan 
nafrat  uyg’otuvchi  tan  jazosiga  birinchilardan  bo’lib  barham  berdi.  U  faqat 
maktabda emas, oilada ham bolani kaltaklab tarbiyalash o’ta noto’g’ri usul ekanligini 
alohida ta'kidlaydi. 
Ibrat ilg’or pedagoglar orasida birinchi bo’lib 1914-yili To’raqo’rg’onda rus maktabi 
ochdi va uni «Uchitel» nomi bilan atadi. Bu maktabda 1916-yilgacha To’raqo’rg’on va 
qo’shni  qishloqlardan  30  nafar  o’quvchi  tahsil  ko’rdi.  Ibrat  bu  maktabiga  rus 
o’qituvchilarni jalb qildi, o’zi ham o’qituvchilik qildi. Maktab 1916-yili yopildi. 
Ibrat  rus  madaniyati  va  texnikasini  o’z  ko’zi  bilan  ko’rish  maqsadida  1907-yili 
Rossiyaning  Orenburg  shahriga  boradi.  U  erdagi  madaniyat,  san'at  va  texnika 
yangiliklari  bilan  yaqindan  tanishadi.  U  Orenburgdagi  Gaufman  degan 
matbaachidan  pulini  10  yil  mobaynida  to’lash  sharti  bilan  qarzga  litografik 
mashina  sotib  oladi.  Is'hoqxon  litografiya'ni  va  harflarni  mashaqqatlar  bilan 
Orenburgdan  Qo’qonga  poezdda,  Qo’qondan  To’raqo’rg’onga  tuyalarda  olib  keldi. 
1908-yili o’zi qurdirgan hammom o’rnida «Matbaai Ishoqiya» tashkil etadi. 
Turkistonning chekka qishlog’ida matbaaning vujudga kelishi o’zbek xalqining fan 
va  madaniyat  sohasidagi  katta  yutug’i  edi.  Bu  litografiya  o’z  faoliyatini  ilm-
ma'rifat  tarqatishdan,  maktablar  uchun  darslik-qo’llanmalar  nashr  qilishdan 
boshladi.  U  bu  erda  birinchi  marta  1908  -yili  savod  chiqarishga  bag’ishlangan 
«San'ati  Ibrat  qalami  Mirrajab  Bandiy»  asarini  nashr  qildi.  Savod  chiqarishda  va 
husnixat namunalari-ni o’rgatishda bu asarning ahamiyati, shubhasiz, katta bo’lgan. 
Is'hoqxon matbaaga nur taratayotgan quyoshning tasvirini ishlab,  quyosh ichiga 


 
125 
«ilm» so’zini yozgan. Bu bilan ma'rifatparvar Ibrat ilmni nur sochayotgan quyoshga 
o’xshatadi. Bu ramziy belgi matbaada chop etilgan kitoblarning ko’pida mavjud edi. 
Xalq o’rtasida kitob va turli risolalarga talabning ortishi natijasida Ktografiya 1910-yili 
Namangan  shahriga  ko’chirildi  va  tipolitografiyaga  aylantirildi.  Bu  davrda  matbaa 
Turkiston miqyosida katta ahamiyat kasb etdi, «Matbaai  Ishoqiya»da katta hajmdagi 
asarlar ham nashr qilina boshlandi. 
Is'hoqxonning  husnixatga,  xat-savod  chiqarishga  bag’ishlangan  «San'-ati  Ibrat 
qalami  Mirrajab  Bandiy»  risolasi,  «Ilmi  Ibrat»  norali  she'rlar  to’plami,  yozuvlar 
tarixiga  bag’ishlangan  «Jome'  ul-xutut»  kabi  ma'rifatparvarlik  ruhi  bilan 
yug’irilgan risola va kitoblari o’zi tashkil qilgan matbaada nashr etildi. 
Namangan  matbaasi  mahsulotining  kun  sayin  ortib  borishi  shahar  va 
qishloqlarda kitob do’konlari va kitob bozorlarining birmuncha ko’payishiga sabab 
boladi.  1910-yildan  boshlab  Namangan  shahrida  13ta,  Chustda  2ta,  Popda  2ta, 
Yangiqo’rg’onda  1  kitob  do’koni  ochildi.  Bu  do’konlarda  asosan  «Matbaai 
Ishoqiya»da nashr qilingan kitoblar arzon narxlarda sotilar edi. 
Ma'rifatparvar  Is'hoqxon  xalqning  bilim  saviyasini  oshirish  niyatida  kutubxona 
tashkil  qilishga  kirishadi,  u  yana  tashabbusni  qo’lga  olib  o’z  uyida  anchagina  boy 
kutubxona  tashkil  qiladi  va  uni  «Kutubxonai  Ishoqiya»  deb  ataydi.  Malumotlarga 
qaraganda,  O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar  akademiyasi  Beruniy  nomidagi 
Sharqshunoslik  instituti  qo’lyozmalar  fondida  saqlanuvchi  Yusuf  Xos  Hojibning 
«Qutadg’u bilig» asarining Namangan nusxasi, deb nom olgan nodir qo’lyozmasi 
«Kutubxonai Ishoqiya»ga mansubdir. 
Ibratning  ma'rifatparvarlikka  oid  faoliyatining  tub  mohiyati  shundaki,  uning  xoh 
ilm-ma'rifatga chorlovchi she'rlarida, xoh publisistik, xoh ilmiy asarlarida, xoh amaliy 
faoliyatida bolsin, inson taqdiri birinchi o’ringa olib chiqiladi. U o’z ijodida xalqning 
iqtisodiy-madaniy  hayotiga  xizmat  qiluvcbi  ilm-fanni, texnikani  kuylaydi.  Shu  nuqtai 
nazardan uning«Tarixi chofxona», «Madaniyat haqida masnaviy», «Turkiston ahliga 
xitob»,  «Gazeta  xususida»,  «Tabrik  Namangandin»,  «Qalam»,  «Tarixi  manzumai 
vagon  Ibratdin  yodgor»,  «Muxammasi  Ibrat»  kabi  she'rlari  ayniqsa  diqqatga 
sazovordir.  Shoir  bu  she'rlarida  ilg’or  fan-texnika,  madaniyat-ning  otashin  kuychisi 
sifatida  maydonga  chiqib,  mamlakatni,  xalqni  qoloqlikka  etaklovchi  amaldagi 
qonun-qoidalarni keskin fosh qiladi. 
Is'hoqxon Ibrat o’z she'rlarida xalq farzandlarini dunyoviy bilimlardan bahramand 
bo’lishga chorlaydi: 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish