Abduraqodir Shakuriy (1875 — 1943)
Abduqodir Shakuriy 1875-yili Samarqandning Rajabamin qishlog’ida bog’bon
oilasida tug’ildi.
Shakuriy eski usuldagi maktabni tamomlagach, Samarqand shahridagi
madrasaga o’qishga kirdi. Shakuriy o’zbek va tojik tillarida yozgan tarjimai
hollarida rus gimnaziyasiga borib uning ichki tartib-qoidalari va o’qitish usullari
bilan tanishganligini qayd etadi. Shundan keyin yosh muallimda o’z xalqining
bolalari uchun ham shu tartibdagi yangi maktab tashkil qilish orzusi paydo bo’ladi.
Shakuriy do’stlari yordamida Qo’qon shahriga boradi va u erda o’n kun
davomida yangi maktabdagi o’qish-o’qitish usullari bilan tanishadi. Samarqandga
qaytib kelgach, bu yangi usullarni o’zi ochgan maktabda qo’llay boshlaydi.
Shakuriy dastlab maktabda o’quvjihozlarini o’zgartiradi. U ustalarga parta va
doskalar buyuradi. Shu asosda birinchi marta o’z qishlog’i Rajabaminda 1901-
yilning kuzida yangi usuldagi maktab tashkil qiladi. U davrlarda darslik va
qollanmalar bo’lmaganligi sababli Shakuriy harflarni doskaga yozib qo’yar,
o’quvchilar esa shuni o’z daftarlariga ko’chirib yozar edilar. U qisman tatar tilida
yozilgan kitoblardan ham foydalanardi.
Shakuriy o’z xotiralarida tatar pedagogi Abdulhodiy Maqsudiyning «Muallimi
avval», «Muallimi soniy» kabi darsliklaridan o’z vaqtida foydalanganligini ko’p
martaba eslaydi.
Chor hukumatining mahalliy amaldorlari bu maktabning ochilishiga rasman
qarshi bo’lib, uning o’quv dasturini qattiq nazorat qilardilar. Ular maktabda
o’tiladigan diniy darsliklarga hech qanday to’sqinlik qilmas, ammo dunyoviy
fanlarning o’qitilishidan tashvishlanar edilar.
Shogirdlarining aytishicha, Shakuriy qiyinchiliklar bilan qo’lga kiritgan
yagona globusni faqat maxsus vaqtda sinfga olib kirar, boshqa vaqtda esa yashirib
qo’yar ekan.
Shakuriy maktabida o’zbek va tojik bolalari birga o’qitilar edi. Bu erda tojik tili
asosiy til hisoblanar, bolaning savodi chiqqach, o’zbek va tojik tillarida yozilgan
kitoblar o’qitilar edi. Shu bilan birga, o’quvchilarni ozarboyjon va tatar adabiyoti
namunalari bilan tanishtirish maqsadida shu tillarda yozilgan ayrim parchalar ham
o’qitilardi. Shakuriyning tarjimai holida aytilishicha, bu maktabning to’liq dasturi
bo’lgan.
U vaqtlari maktablarda Qur'oni Karim o’qitilar va yodlatilar edi. Shuning
uchun yangi usul maktablarida ham diniy kitoblar o’qitilardi, Chunki hech bir ota-
ona Qur'on yoki biror diniy kitob o’qitilmaydigan maktabga bolalarini bermasdi.
Shuning uchun maktablarda «Haftiyak» ham asosiy o’qish kitoblaridan biri
hisoblanardi.
Tatar pedagogi Maqsudiy o’z maktabi uchun darsliklar tuzganda arab tili qoidalari
va alfavitini o’qitishga alohida e'tibor bergan. Shakuriy ham o’z maktabida bunga
rioya qilgandi. o’qitishdagi bu usul eski maktablardagi o’qitish usullariga
128
qaraganda savod chiqarishni ancha engillashtirardi, Shakuriy o’z o’quvchilari
uchun bir yilda bir marta imtihon uyushtirardi. Imtihonda u ota-onalar oldida
o’quvchilar bilimining nati-jalarini namoyish qildirardi, ota-onalar esa, o’z
bolalarining qisqa muddat ichida xat-savodli, hisob, geografiya va tibbiyotdan
ma'lumotga ega bo’lganini ko’rib hayratlanardilar.
Shakuriy maktabining shuhrati keng tarqala boshladi, o’rta Osiyodagi boshqa
ma'rifatparvar kishilarning diqqatini jalb etdi.
Jumladan, shoir, dramaturg va pedagog Hamza Hakimzoda Niyoziy Shakuriy
ochgan maktab bilan juda qiziqqan. U 1909-yili Shakuriy ochgan maktabni ko’rish,
uning imtihonlarida qatnashish uchun Samarqandga keladi. Bu maktabdagi o’qish-
o’qitish tartibi va imtihon natijalari Hamzada yaxshi taassurot qoldiradi. Hamza va
Shakuriy bir-birlari bilan do’stlashib, ko’p yillar davomida xat yozishib turadilar.
Shuni qayd etish kerakki, Shakuriy faqat o’qituvchilik qilish bilangina cheklanib
qolmagan, u o’z maktabi uchun darsliklar yozib, ularni o’z mablag’i hisobiga nashr
qildirgan. Chunki o’zbek va tojik bolalarini tatar tilida yozilgan darsliklar bilan
o’qitish katta qiyinchiliklar tug’dirar, bu darsliklar bolalar uchun uncha tushunarli
emas edi. Shuning uchun u o’quvchilarga ularning ona tilida darsliklar yaratish zarur,
deb hisoblardi.
Shakuriy bolaning yosh xususiyatiga muvofiq tarzda axloq, odob va turmush
qoidalaridan dastlabki ma'lumot berishni ko’zda tutib darsliklar tuzishga kirishadi.
Birinchi navbatda, alifbe tuzadi. «Rahnamoi savod», deb atalgan bu kitob yaxshi
qog’ozda nastaliq xati bilan yozilgan edi. Shakuriyning shogirdi, yozuvchi
Rahim Hoshimning aytishiga qaraganda, bu kitobda so’zlar bo’g’inlarga ajratib
ko’rsatilgan, kitob oxirida o’qish uchun kichik-kichik matnlar berilgan ekan.
Shakuriy ko’pyillik pedagogik faoliyati natijasida bolalarni o’qitishda «tovush-harf»
metodi (har bir tovushni aloljida harf bilan yozish)ning qulay va oson ekanligini
aniqladi va 1913-yili uning rahbarligida o’z shogirdlaridan va Samarqandning
mashhur pedagoglaridan biri Ismatulla Rahmatullaev tovush-harf usuli asosida
yangi alifbe tuzdi. Bu kitob Toshkent shahrida nashr qilindi. Kitobning kirish qismida
tez va osonlik bilan savodli bo’lish masalasiga oid metodik maslahatlar beriladi.
«Alifbe ta'limi» Ismatulla Rahmatullaevning 10-12 yillik ijodiy ishlari va uning
ustozi Abduqodir Shakuriyning ko’pyillik amaliy faoliyatining natijasida yaratildi.
Ular ko’pyillar davomida boshlang’ich ta'limningturli metodlarini qo’llash, o’z
tajribalari, yangi usuldagi o’qish-o’qitish usullari va ko’pdan-ko’p alifbe kitoblarini
o’rganish, umumlashtirish asosida bu kitobni tuzdilar. Alifbe 46 betdan iborat bo’lib,
taxminan 90 dars uchun mo’ljallangan.
Shakuriy tomonidan 1907-yili yozilgan ikkinchi kitob «Jome' ul-hikoyat»
(«Hikoyatlar to'plami»)dir. U qayta tuzatilib, to’ldirilib, 1911-yili ikkinchi marta
nashr qilingan. Kitob boshlang’ich maktabning ikkinchi sinfi uchun
xrestomatiyadir.
Etmish ikki betli bu kitobning matni nafis qog’ozda aniq, chiroyli xat bilan
yozilgan. Birinchi qismiga tarbiyaviy ahamiyatga molik 48 kichik-kichik hikoyalar
kiritilgan. Ikkinchi qismida mumtoz yozuvchilarning asarlari va tarjimalaridan
olingan 15 she'riy parcha berilgan.
Kitobning
ta'lim-tarbiyaviy
ahamiyati shundan iboratki, undagi o’quv
129
materiallarining hammasibolalarda axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Shakuriy tomonidan tuzilgan va nashr qilingan yana bir kitob «Zubdat ul-ash'or»
to’plamidir. Unda ko’p shoirlarning she'rlari berilgan.
Kitobdagi yangi usul maktabiga atab yozilgan tojik tilidagi she'rda shunday
deyiladi:
- Ey muallim, maktabing taraqqiy topib, sernur bo’lsin, yaxshi noming toabad
dunyoda mashhur bo’lsin. G’ayrat qil, toki biz olimu dono bo’laylik, axir, biz savtiya
usulining sevguchilarimiz, tarbiyat qil, har kishining xotirini shod qil. Har fandan
bizga o’rgat, biz bahramand bo’lib nodonlikni nari quvaylik. Garchi nodon kishilar
senga ta'na-haqorat etsalar ham g’am ema. Albatta, dushmanlar sharmsor bo’lurlar!
O’sha davrdagi qiyinchilik va to’sqinliklarga qaramay, xalqning bu sodiq do’sti,
ma'rifatparvar pedagog Shakuriy butun kuch-quvvatini yangi usuldagi maktab tashkil
qilishga sarf qildi, katta g’ayrat, zo’r havas bilan yangi usul asosida o’qish-
o’rgatish tartiblarini o’rgandi, savodga o’rgatishning eng qulay va oson usullarini
tanlab oldi, yangi usul maktablari uchun darslik va qo’llanmalar tuzib nashr ettirdi.
Shakuriy dastlab qizlar uchun ham yangi usuldagi maktab tashkil qilib, unda o’z
rahbarligida xotini muallimalik qilar edi. Keyinchalik o’g’il va qiz bolalar guruhini
birlashtirib o’qita boshlaydi.
Demak, u Samarqandda yangi usuldagi maktabning targ’ibotchi va
tashkilotchilaridan biri edi. Bu ishda u hech qanday moddiy manfaatni ko’zda
tutmas va ayni chog’da hech kim unga moddiy yordam bermas edi.
Abduqodir Shakuriy 1917-yil to’ntarishiga qadar o’qituvchilik bilan shug’ullandi.
1917-yili Samarqand shahrining bir guruh ilg’or kishilari Shakuriy pedagogik
faoliyatining 15 yilligini nishonladilar.
1921-yili Samarqand shahridagi 13-maktabga mudir qilib tayinlandi. U bolalarni
tarbiyalash, o’qitishga katta g’ayrat bilan kirishdi, ko’p yillar davomida shu
maktabning mudiri hamda ona tili va adabiyot o’qituvchisi vazifalarida ishladi.
Samarqand maktablariga Shakuriy birinchi bo’lib mehnat va musiqa darslarini
kiritdi. U bolalarni qishloq xo’jalik va bog’dorchilik ishlari bilan tanishtirishdan
tashqari, ularga muqovasozlik, duradgorlik va boshqa hunarlami ham o’rgatar edi,
bu mashg’ulotlar uchun alohida soatlar ajratgan edi.
1923-yilning boshlarida «Pravda» gazetasi mamlakatimiz bo’yicha eng namunali
ilg’or maktab hamda mohir va tajribali o’qituvchilar uchun tanlov elon qildi. 1923-
yilning 8 iyulida gazetada shu tanlov natijalari e'lon qilinadi. Ana shu o’qituvchilar
tarkibida respublikadagi maktab o’qituvchilaridan A. Shakuriy bor edi. Boshqa ilg’or
o’qituvchilar qatorida uning nomi ham «Pravda» gazetasining qizil taxtasiga kiritiladi
hamda pul mukofoti topshiriladi va Shakuriy haqida bir yaxshi maqola e'lon
qilinadi.
Bundan ko’rinadiki, ma'rifatparvar pedagog Shakuriy yangi usuldagi maktablar
tashkil qilishda, o’qish-o’qitishning yangi tartiblarini joriy etish va
o’qituvchilarning katta guruhini tarbiyalab etishtirishda xizmatlari juda katta
bolgan va gazeta redaksiyasi tomonidan yuqori baholangan.
1925-yili Abduqodir Shakuriyning tashabbusi bilan qishloq aholisi o’z mablag’lari
hisobiga to’rt sinfli yangi maktab qurib ishga tushiradi.
U 1943 yili vafot etgan.
130
Do'stlaringiz bilan baham: |