115
Sinfda (maktabda) bolalar soni o’ttiztadan oshmasligi;
Bolalar faqat ikki dafa – yoz va qish boshlaridagina maktabga qabul qilinishi;
Har bir muallimda ko’pi bilan 3-4 sinf bo’lishi;
Agar maktab uch sinfdan iborat bo’lsa, darslar ketma-ket muayyan uyg’unlikda
qo’yilmog’i;
7-9 yoshdagi bola uzluksiz 7-8 soat o’qiy olmaydi. Uning uchun 5 soat kifoya. Har
darsdan so’ng 10 daqiqa tanaffus;
Juma va bayram kunlari dam olinishi;
o’n oy o’qishdan so’ng yozning issiq kunlarida ta'til bo’lishi;
Dars zeriktirmasligi...
Shogirdlarini urish va so’kish befoyda ekanligi va boshqalarga e'tibor qaratilgan
edi.
G’aspirali «usuli jadid» bilan o’qitishning qoidalarini qo’yidagicha tushuntiradi:
1. Butun alifboni birdan o’rgatish og’ir. Ibtido (boshda) uch, besh harf o’rgatib
borish (engil)dur.
2. ... birinchi darsdan shogirdlari yozishni boshlamasliklari darkor.
3. Darslar muayyan soatlarga, qismlarga ajratilib o’rgatilishi lozim.
4. o’quvchi bir darsni o’zlashtirmaguncha ikkinchisiga o’tilmasligi kerak.
5. Harflar bilan tanishtirganda, ular haqida kengroq ma'lumot berilgani
ma'qul.
Bolalarni har olti oyda imtihon qilish. Yil oxirida sinfdan sinfga o’tkazish,
o’zlashtirmaganlarni sinfda qoldirish ko’zda tutiladi. Darslar har xil va har biri yarim
soatdan bir soatgacha bo’lishi mumkin. Darslar orasida tanaffuslar bo’lmog’i kerak.
Bu maktablar uchun «Xo’jai sibyon» asosiy darslik boiib xizmat qilardi. 1910-
yilgacha u 27 marotaba nashr qilingan. Lekin «jadidchilikda birgina maktab bilan
cheklanilmasdi, u Rusiyadagi musulmon ma'naviy olamining barcha jihatlarini –
madrasani ham, matbuotni ham, ilm-fanni harn o’z ichiga olar va, eng muhimi,
ularning hammasi turmushga nechog’li daxldorligi, zamonga xizmat qila olishi asosiy
mezon qilib ko’zda tutilar edi»(B.Qosimov).
Millatning o’zligini ko’rsatadigan xususiyatlaridan biri – til va maorifdir. Bu
ikkisi bo’lmasa, millat mustaqil bo’la olmaydi. G’aspirali 1905-yili yozgan
maqolalaridan birida millatning asosi ikkita: tavhidiy til(til birligi) va tavhidiy
din(din birligi), degan edi. Darhaqiqat, tilning o’rni beqiyos: «Insonning oti boimasa,
o’zi ham yo’q demakdir, shuningdek, tili bo’lmagan inson ham soqovdir». Bu bilan
G’aspirali, millatni yo’q qilish uchun yuqoridagilardan bittasiningbuzilishi kifoya,
deydi.
Ismoilbek fenomenining eng muhim jihatlaridan biri, shubhasiz, har bir millatning
maorif, madaniyatini milliy zaminda olib borish, milliy til uchun kurash tashkil qildi.
Ismoilbek G’aspiralining nomi Markaziy Osiyoda ham ma'lum va mashhur
bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: