Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

 
Turkistonda dastlab ochilgan rus maktablari 


 
109 
Markaziy  Osiyo  xonliklarida  islom  dini  davlat  dini  hisoblanardi.  Musulmon 
ruhoniylari Markaziy Osiyoning feodal hukmronlari bilan  mahkam bog’langan edi; 
shu  hukmronlarning  yordami  tufayli  bu  yerda  musulmonlarning  juda  ko’p  diniy 
o’quv  yurtlari,  chunonchi:  masjidlar  huzurida  maktablar,  madrasalar  va  shunga 
o’xshagan  o’quv  yurtlari  bor  edi.  Turkistonda  birinchi  general-gubernator  bo’lgan 
Kaufman 
barcha 
musulmon  muassasalariga  nisbatan  «aralashmaslik» 
(betaraflik) siyosatini tutdi. 
o’rta  asr  musulmon  maktablarini  isloh  qilishdan  bosh  tortgan  chorizm  ruslar 
o’rnashgan  yerlarda  ochilgan  rus  maktablarini  Turkistonda  maorif  sohasida  o’z 
siyosatining  quroli  qilib  olishga  harakat  qildi.  (Toshkentda  dastlabki  rus  maktabi 
1866-yili ochilgan edi.) Rus maktablariga ruslar  bilan birga o’qish uchun mahalliy 
aholi  bolalari  ham  qabul  qilinardi.  Turkistondagi  boshlang’ich  rus  maktablarida 
hunarga Rossiyaning Yevropa qismidagiga qaraganda, ancha ko’proq o’rgatilardi; 
bundan maqsad - mahalliy aholiningbolalarini maktabga ko’proq jalb qilish edi. 
Chorizmning  Turkistondagi  ruslashtirishdan  iborat  maktab  sistemasi  uning 
Volgabo’yi  uchun  maqullangan  «Ilminskiy  sistemasi»dan  farq  qilardi.  Qozon 
pedagogi  Ilminskiy  Volgabo’yidagi  chuvashlar,  mariylar  va  boshqa  xalqlar  uchun 
alohida  rus  va  mahalliy  aholi  maktablari  ochgan  edi.  Bu  maktablarda  o’qish  dastlab 
bolalarning  ona  tillarida  olib  borilar,  rus  tili  esa  alohida  fan  sifatida  o’qitilar  edi, 
shu  bilan  birga,  hamma  darsliklar  xristian  (pravoslavie)  dinini  targ’ib  qilish  ruhida 
tuzilgan edi. Bulardan farqli o’laroq, islom dini ta'siri kuchli bo’lgan Turkistonning 
mahalliy aholisi o’rtasida xristianlar missionerligiga ruxsat etilmas edi; buning ustiga 
rus maktablarida musulmon dinini o’qitish ham man  etilgan edi; rus maktablariga 
o’qishga kirgan yerli aholi bolalari dastlabki kundanoq rus tilida o’qitilar edi. 
Turkistonda  dastlabki  rus  o’rta  o’quv  yurtlari  1870-yillardan  ochila  boshladi: 
1876-yili  Toshkentda,  Verniyda  (hozirgi  Olmaotada)  erlar  va  xotin-qizlar 
gimnaziyalari,  1879-yili  esa,  Toshkentda  o’qituvchilar  semi-nariyasi  ochildi. 
Gimnaziyalarga  ham  yerli  aholining  bolalari  qabul  qilinardi.  o’qituvchilar 
seminariyalarida esa, mahalliy aholi bolalariga 103 o’rin ajratilgandi. 
Turkistonda dastlab ochilgan ba'zi rus maktablarida o’quvchilarning 104 va undan 
ko’prog’ini  mahalliy  aholi  bolalari  tashkil  etgan  bo’lsa-da,  lekin  butun  Turkiston 
oikasi  bo’yicha  hisoblaganda  bunday  maktablarda  o’quvchi  mahalliy  aholi  bolalari 
200dan  oshmasdi.  Bularning  ham  ko’pi  qozoq bolalari  boiib, o’zbek  va tojik bolalari 
juda  oz  edi,  chunki  musulmon  ruhoniylari  «kofirlar»  maktablariga  qarshi  targ’ibot 
yurgizardilar.  Rus  maktablarida,  ayniqsa,  o’rta  maktablarda  o’quvchilar  o’rtasida 
o’z  ijti-moiy  ahvoliga  ko’ra  boylar  va  oqsuyaklarning  bolalari  ko’pchilikni  tashkil 
etardi. 
Chorizmning maktab sohasidagi siyosati ruslashtirishdan iborat bo'1-sa ham, lekin 
rus  bolalari  bilan  mahalliy  aholi  bolalarining  birgalikda  o’qishlari  ular  o’rtasida 
o’zaro do’stlikni tarbiyalar edi. 
Rus  maktabiga  o’qishga  kirgan  bolalar  rus  tilini  mutlaqo  bilmas  edilar,  natijada 
ancha qiyinchilik tug’ilardi. Shuning uchun rus maktabiga kirgan, lekin rus tilini 
mutlaqo  bilmaydigan  o’quvchi  rus  tilida  so’zlashishni  o’rganib  olmaguncha 
odatda  quyi  bo’limda  o’qir,  rus  tilida  so’zlashishni  o’rganib  olgandan  keyingina 
yuqori  bo’limga  o’tkazilardi.  Yuqori  bo’limlarga  o’quv  yilining  o’rtalarida  ham 


 
110 
o’tkazilaverardi, chunki maktablar kichkina bo’lib, bir vaqtning o’zida mashg’ulotlar 
bir necha bo’limlar bilan olib borilardi. 
Rus  raaktablarida  o’qiydigan  qozoq  bolalarning  ko’pchiligi  internatlarda  yashar 
edilar, xuddi shu internatlarda rus tili yanada tezroq va puxtaroq o’rganib olinardi. 
Toshkentdagi gimnaziyada dastlabki yillari mahalliy aholining  bolalarini rus 
tili bilan ko’proq shug’ullantirish uchun lotin tilini o’rgatishdan ozod qilinardi. 
1880-yillarning  boshlariga  kelib  rus  maktablarida  o’qiydigan  o’zbek  va  tojik 
bolalari  uchun  islom  dinini  o’qitish  kerak,  toki  ota-onalari  bu  maktablardan 
qo’rqmasinlar,  degan  fikr  tarqalgan  edi.  Turkiston  ma'murlari  bu  fikrning 
qanchalik  to’g’ri  ekanligini  tekshirishga  qaror  qildilar.  1884-yil  19  dekabrda 
Toshkentda, «eski shahar» qismida sinab ko’rish uchun birinchi rus-tuzem maktabi 
ochilgan  edi.  10  -yillardan  keyin  Toshkentda  bunday  maktablar  soni  to’rttaga 
ko’paydi. Bu tipdagi maktablar o’lkadagi yirik shaharlar hamda qishloqlarda ham 
tashkil  etila  boshladi.  o’lkada  rus,  rus-tuzem  maktablari  ilk  bor  XIX  asrning  70-
yillarii yuzaga kelgan bolsa, 1904-yilga kelib ularning soni 57taga etdi. 
Tadqiqotchi  A.Muhammadjonovning  ma'lumotiga  ko’ra,  olkada  tash-kil  etilgan 
rus-tuzem maktablari 1870-1904-yillari quyidagi holatda edi. Rus-tuzem maktablarida 
o’quvchilarga  rus  muallimi  rus  tilini  ham-da  arifmetikani  va  boshqa  fanlarni 
o’rgatar, buning uchun o’qish vaqti-ning yarmi ajratib qo’yilgan edi. o’qish vaqtining 
qolgan  yarmi  «Musul-mon  domla»  ixtiyoriga  berib  qo’yilgan  bo’lib,  u  eski  usul 
maktablaridagi-dek bolalarga diniy darslar o’qitish bilan shug’ullanardi. 
Rus-tuzem  maktablarida  faqat  o’g’il  bolalar  o’qitilardi.  Ota-onalar  qizlarini 
bunday  maktablarga  bermas  edilar.  1903-yili  Turkiston  pedagogika  to’garagi, 
Toshkentda  qizlar  uchun  rus-tuzem  maktabi  ochildi.  Lekin  bu  maktabning  faoliyati 
uzoqqa cho’zilmay, ikki yildan keyin yopilib qoldi. 
Rus-tuzem  maktablarida  rus  tilini  o’qitish  dasturi  va  uslubi  rus  bo’lmagan 
o’quvchilar  uchun  mo’ljallab  tuzilar  edi.  (Bu  maktablarda  ba'zan  rus  bolalar  ham 
uchrab qolardi). 
1884-yili  sinash  uchun  ochilgan  rus-tuzem  maktabida  (Turkiston  o’qituvchilar 
seminariyasining  rus  qismida)  tarbiyalanuvchilar  uchun  o’zbek  tili  kiritildi. 
Namangan  yaqinida  bir  qishloqda  6  yil  yashagan  va  o’zbek  tilini  yaxshi  o’rganib 
olgan  V.P.Nalivkin,  bu  maktabda  birinchi  bo’lib  o’zbek  tilini  o’qitgan  edi.  U  sinash 
uchun  ochilgan  rus-tuzem  mak-tabining  birinchi  o’qituvchisi  edi.  Nalivkin 
seminariyada  1890  -yilgacha  dars  berdi.  Dars  chog’ida  Nalivkin  bo’lajak 
o’qituvchilarga  faqat  o’zbek  tilinigina  o’rgatib  qolmasdan,  balki  ularda  o’lkani 
o’rganishga  ham  havas  uyg’otgan  edi.  Seminariyada  o’qib  chiqqanlar  orasida  rus-
tuzem  mak-tablarida ishlashga tayyor bo’lgan va bu ishni sevib  qolganlar anchagina 
edi.  
Turkistonning  rus  aholisi  maktab  talimi  bilan  erli  aholiga  qaraganda  ancha 
yaxshiroq  ta'minlangan  edi.  Turkiston  o’lkasida  birinchi  bo’lib  rus  maktabi 
Toshkentda  1866  -yili,  Samarqandda  1870-yili,  oradan  1-2  yil  o’tgach,  Turkiston 
o’lkasining boshqa shaharlarida ham paydo bo’ldi. 
Bu rus maktablarida mahalliy aholi bolalari juda kam sonni tashkil  etardi. 1876-
yili Toshkentda erkaklar progimnaziyasi va qizlar progim-naziyasi ochiladi. 1894-yili 
real  bilim  yurti  ochildi.  Bu  o’quv  yurtlarida  boshqa  shaharlardan  kelgan  o’quvchilar 


 
111 
uchun  pansion  (yotoqxona)  ham  bor  edi.  Bu  maktablar  davlat  byudjetidan 
ta'minlanardi. 
1879-yili  Toshkentda  Turkiston  muallimlar  seminariyasi  ochildi.  Bu  serainariya 
maktablari  rus  boshlang’ich  sinflari  uchun  o’quvchilarga  ona  tilidan  muallimlar 
tayyorlab  berishi  lozim  edi.  XIX  asrning  80-yillari  o’rtalaridan  boshlab 
seminariya  rus-tuzem  maktablari  uchun  ham  muallimlar  tayyorlashga  kirishdi. 
Mahalliy tilni o’rganish majburiy qilib qo’yilganligi Toshkentdagi bu seminariyaning 
xususiyatlaridan  biri  boldi.  Unda  V.P.Nalivkin  o’zbek  tilida  dars  bera  boshlagan 
birinchi o’qituvchi edi. 1887-yili Nalivkin tuzgan lug’at va grammatika risolasi nashr 
etildi. Bular tilshunoslik tarixida o’zbek tiliga doir birincbi qo’llanmalar bo’ldi. 
Maktablar  uchun  ajratilgan  mablag’ning  kattagina  qismi  o’rta  o’quv  yurtlariga 
sarflanardi.  Toshkentdagi  kadetlar  korpusiga  ayniqsa  ko’p  mablag’  sarflanardi. 
Ishlab turgan to’rt o’quv yurtidan tashqari 1900  -yildan boshlab yana beshta o’quv 
yurti  ochildi.  Samarqandda  va  Yangi  Marg’ilonda  qizlar  va  erkaklar  gimnaziyalari 
ishga  tushdi;  1905-1916-yillar  ichida  o’rta  maktablar  soni  ikki  baravardan  ziyodroq 
ko’paydi; uyezd markazlarining deyarli hammasida o’rta maktablar paydo bo’ldi. 
Iqtisodiy  jihatdan  eng  rivojlangan  Qo’qon  va  Toshkent  shaharlarida  1905-1907-
yillari  yangi  tipdagi  o’rta  maktablar  -  o’g’il  va  qiz  bolalar  birga  o’qiydigan 
kommersiya bilim yurtlari ochildi. 
Turkistonning  iqtisodiy  rivojlanishi  hunar-texnika  tipidagi  maktablarning 
ochilishiga  olib  keldi.  Chunonchi,  1896  -yildayoq  Tosh-kentda  paxta  zavodlari  va 
boshqa  zavodlarni  ta'mirlash  uchun  kadrlar  tayyorlaydigan  bilim  yurti  ochildi; 
1897-yili  irrigasiya  nazoratchilari  tayyorlaydigan  kurs  tashkil  etildi.  1902-yili 
Toshkent  yaqinida  qishloq  xo’jalik  gidrotexnika  maktabi  ochildi;  1904-yili 
Samarqandda  bog’dor-chilik  va  shu  yilning  o’zida  Toshkentda  temiryo'1  texnika 
bilim  yurti  ochildi.  1908-yili  A.M.Malinovskaya  Toshkentda  qo'1-hunar  ustalari 
hamda  hisobchilar  tayyorlaydigan  xususiy  qizlar  hunar  maktabini  ochdi.  Shu  tariqa, 
Turkistonda madaniy-iqtisodiy rivojlanish ancha yuksak po-g’onaga ko’tarildi. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish