47
suhbatida mulozamatda bo’lishni o’zi uchun farzi ayn hisoblasin».
Xulosa qilib aytganda, naqshbandiya tariqati ikki muhim tariqat: Abdulxoliq
G’ijduvoniy hamda Ahmad Yassaviy yolini birlashtirdi va hayotga moslashtirdi.
Naqshbandiya suluki (xudoga yaqinlashish yoii) o’n bitta axloqiy qoidani ishlab chiqdi
va amaliyotga tadbiq etdi.
So’fiyning poklanish va xudoga etishish darajasi ma'naviy murabbiy -shayx,
murshid yoki pir tomonidan amalga oshiriladi.
Va nihoyat, murshid bilan murid o’rtasidagi ma'naviy-ruhiy aloqaning paydo
bo’lishi muridning kamolotga etishganligini ko’rsatadi va murshid-muridga o’z
hirqasini echib beradi. Bu yol muroqaba, mushohada, musohaba kabi uch bosqichdan
iborat bo’ladi. Naqshbandiya sulukiga kirgan inson o’zini ham ruhan, ham jismonan
chiniqtirishi, ma'naviy poklashi va qalbga sayqal berishi lozim.
Naqshbandiyaning asosiy yo’li Haqqa etishga intilish, xufiya zikr qilish boiib, ba'zi
bid'atlarni rad etadi. Masalan, darbadarlik, qashshoqlik, musiqa chalib, ashula va raqs
tushib, zikr tushish (samo’) va ovoz chiqarib (jahr) zikr qilish va boshqalar. Aziz-
avliyolar, ularning mozorlariga sig’inish man etilib, har qanday madadni faqat
Ollohdan so’rash kerakligi ta'kidlanadi. Ruhan poklanib, manmanlik, kibru havodan
voz kechib, oddiy o’z mehnati bilan kun kechirishga davat etadi.
Demak, naqshbandiya tariqatining asosini insonning ham ruhan, ham jismonan
poklanishi tashkil etib, bu jarayon hozirgi davrda ham o’z ahamiyatini
yo’qotmagan. Bugungi kunda yosh avlodni etuk inson etib tarbiyalashda
naqshbandiya tariqatining axloqiy sistemasi, yo'1 va usullari qo'1 keladi. Zero, aqliy,
axloqiy, jismoniy kamol topgan shaxsni shakllantirishda mazkur tariqat g’oyalari
muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Haqiqiy so’fiylik tarkidunyochilik g’oyasini ilgari surmaydi, u insonni ma'naviy
poklanishga yo’llaydi. Lekin ba'zi johil va nodon kishilar (hatto din peshvolari ham)
insonning ruhan xudo bilan birlashishi, «Anal haq»lik, ya'ni «Men xudoman» degan
ifodaning mohiyatini tushunmasdan, ularni ta'qib etdilar. Aslini olganda, so’fiylik, bu
- muruvvat, saxovat, mehnat, qanoat va diyonatdir. Ular inson xulqida mavjud
bo’lgan illatlarga qarshi kurashuvchilardir. So’fiylar hayotni qabohat va razolatdan
tozalash yo’lida har bir insonning ma'naviy jihatdan pok bolishini ta'minlash
uchun kurashganlar.
Xulosa qilib aytganda, Islom er yuzida keng tarqalgan dinlardan bolib, u musulmon
madaniyatining tarkib topishida muhim o’rin tutdi. Islom talimotining muqaddas
kitobi - «Qur'on»da ilgari surilgan xulq-odob, turmush tarziga oid qarashlar
musulmonlar axloqiy tarbiyasining shakllanishiga asos bo’lib xizmat qildi. Barcha
musulmon mamlakatlarida «Qur'on»ning sharhlovchilari tomonidan shariat qonun-
qoidalari, axloqiy talablarini targ’ib etilishi keyinchalik musulmon adabiyotida axloqiy-
didaktik mazmundagi asarlarning paydo boiishiga turtki boidi.
Islom barcha musulmon mamlakatlarida bolgani kabi, Xuroson va
Movarounnahrda ham asosiy din hisoblanadi. Shuning uchun xalq hayotida Islom
ta'limotida ifodalangan xulq-odob qoidalari mohiyatini chuqur o’rganish asosida yosh
avlodda ma'naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: