Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Download 1,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/105
Sana31.12.2021
Hajmi1,82 Mb.
#231244
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105
Bog'liq
pedagogika tarixi.

4.  Xilvat  dar  anjuman  -  solik  tashqi  tomondan  xalq  bilan,  qalban  Haq  bilan 
birga degani. 
Yuqorida  keltirilgan  to’rt  aqidaga  Abdulholiq  G’ijduvoniy  quyidagi  to’rt 
aqida(talab)ni qo’shadi: 
Yodkard  -  bu  til  yoki  dil  zikri  bo’lib,  «Lo  iloha  illallohu  Muhamma-dur 
Rasulloh»ni  uch  marta  dilda  aytish,  ya'ni  Ollohning  yagonaligi  hamda  Muhammad 
alayhis-salomning uning erdagi rasuli ekanligini zikr etish. 
Bozgasht  -  turli  fikrlardan  xalos  bo’lish,  tashqi  olamdan  ajralishga  intilish. 
Bunda  kalimai  tayyibani  necha  marta  aytsa  ham  xayolni  boshqa  narsalarga 
bo’lmaslikdir. Bu - fikrni, diqqatni bir joyga to’plashga yordam beradi. 
Nigohdasht - turli fikrlardan xalos bolish, xayolni boshqa narsalar-ga bo’lmaslik. 
Bunda  xayol  quvvatini  Olloh  yodi  borasidagi  yagona  g’oyada  saqlab  qolish  malakasi 
hosil bo’ladi. 
Yoddasht - Olloh bilan doimo birga ekanligidan zavq olishdir.  Yoddasht hosil 
bolganda Haq muhabbati ko’ngilni qamrab oladi, huzur baxsh etadi. 
Xoja Bahovuddin Naqshband, o’z navbatida, quyidagi uch talabni qo’shadi: 
Vuqufi zamoniy - solik o’z yolida har vaqt, har bir nafasda Ollohga  shukronalik 
va uzr aytmoqlikdan voqif bolishi kerak. 
Vuqufi  adadiy  -  bu  talab  ilohiy  ilm  martabasining  boshlanishi  sanalib,  «Lo 
iloha  illolloh»  kalimasini  takrorlashdan  maqsad  uni  ko’p  aytish  emas,  balki 
haqiqatni anglash va zikr toq sonni tashkil etishiga etibor berish. 
Vuqufi qalbiy - aytilgan zikrdan qalbning to’liq ogoh bo’lishi. 
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning ta'lim-tarbiyaga oid o’gitlari hozirgi davrda ham 
o’z qimatini yo’qotmagan. Ulardan ba'zilarini keltiramiz: 
- Ey o’g’il, senga nasihat qilaman: 
Jamoat  xizmatida  bolgin,  hadis,  fiqh  ilmlarini  o’rgan,  johil  so’fiylardan  o’zingni 


 
45 
saqla, hargiz shuhrattalab bo’lmaginkim, shuhrat ofatdur, mansabni ko’zlamagil. 
Noming  tillarga  kam  olinsin,  qabulgohingga  nomingni  yozma,  xonaqoni  maskan 
qilmagil,  hukmdorlar  va  ularning  kishilari birla do’stu hamsuhbat bo’lma, oz so’zla, 
kam  egil,  ko’p  uxlama,  halol  egil  va  haromdan  saqlan,  hamma  kishilarga  shafqat 
ko’zi  birla  boq,  tashqi  ko’rinishingga  oro  bermakim,  zohirga  oro  berish  botin(dil, 
qalb)ning xarobligidandir, kishidan hayr so’ramagil, kishini xizmatga buyurma... 
Bu o’gitlar Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniyning tariqat suluklariga muvofiq keladi. 
Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy 1220 -yili (ba'zi manbalarda 1174 -yil ko’rsatiladi) 
vafot etgan. 

Download 1,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish