Inson o‘zlashtirib olgan ikkinchi muhim tola bu jundir. Neolit davrida (tosh
asri oxiri) inson zig‗ir bilan bir qatorda jundan foydalangan. Hozirgi Shveysariya
hududidagi qadimgi turar joy aholisi qo‗y boqish bilan shug‗ullangan. Qo‗y boqish
va jun yetishtirish bilan bog‗liq bo‗lgan hamda qazishmalarda o‗z isbotini topgan
eng avvalgi sana miloddan avvalgi 4 ming yillikka to‗g‗ri keladi. Yevfrat vodiysida
(Qadimgi Mesopotamiya) qo‗y boqishgan, jun yigirishgan va juda oddiy matolar
to‗qishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |