O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi


-bob.YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI FANIGA KIRISH



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

1-bob.YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI FANIGA KIRISH 
 
1.1. Yengil sanoat texnologiyasi fanining  predmeti va mazmuni 
―Texnologiya‖ termini  fanga  birinchi  marta  1872- yili  kiritilgan  bo‗lib,  u  
grekcha ―texnos‖ - san‘at  yoki  hunar  va  ―logos‖ - fan  s o‗zlaridan tarkib topgan. 
Shunday  qilib,  bu  s  o‗zning  to‗liq  ma‘nosi  ―hunar    fani‖  demakdir.  Bu  fan 
Xomashyolardan  keng  miqyosda  xalq  iste‘mol  buyumlari    va  mahsulotlariga  hamda 
ishlab  chiqarish  vositalariga  aylantirish    jarayonlarinio‗rgatadi.  Masalan,  rudalardan 
metallar  olish,  paxta  tolasidan    gazlamalar  ishlab  chiqarish,  donlardan  ozuqa 
mahsulotlari olish, metallarga  ishlov berish hamda turli ximiyaviy mahsulotlar ishlab 
chiqarishda  sodir    bo‗ladigan    barcha    jarayonlar  shular  jumlasidandir.  Shu  bilan 
birga, ana shu mahsulotlarni  olishda iqtisodiy jihatdan qulay yo‗llarni izlab topadi. 
Qayta ishlash  vaqtida yuz beradigan jarayonlar fizik–mexanik va ximiyaviy bo‗lishi 
mumkin. Shuning uchun ishlab chiqarishning barcha turlari ikki katta texnologiyaga: 
mexanik texnologiya hamda kimyoviy texnologiyaga bo‗libo‗rganiladi. 
Mexanik  texnologiya  Xomashyoni  qayta  ishlash  vaqtida  materiallarda  (chuqur 
ichki  kimyoviy  o‗zgarishlarsiz)  sodir  bo‗ladigan,  tashqi  shakli  va  o‗lchamlarining 
hamda  ba‘zan fizik  xossalarining   o‗zgarishi bilan  bog‗liq  jarayon  va  usullarni 
o‗rganadi.  Masalan,  metalldan    tishli    g‗ildirakcha    ishlash    yoki    paxta    tolasidan  
gazlama    ishlab  chiqarish    shular    jumlasidandir.  Bunday    ishlab  chiqarishlarda  
asosan  fizik  o‗zgarishlargina  sodir  bo‗ladi. 
Kimyoviy texnologiya  boshlang‗ich  moddalarning  ximiyaviy  tarkibi  va  ichki  
tuzilishining  o‗zgarishi  bilan  bog‗liq  jarayonlarni o‗rganadi. Masalan, tabiiy  gazni  
ximiyaviy    qayta    ishlash    natijasida    hosil  bo‗ladigan    metandan    vodorod,  etilen, 
atsetilen, metil spirti va  boshqa  mahsulotlar  olish  mumkin.    
Sanoat  tarmoqlari  texnologiyasining  asosiy  vazifalardan  biri  bu  jarayonlarning 
optimal variantlarini ishlab chiqishdan, ya‘ni kam mablag‗ sarflab, mahsulot miqdori 
va  sifatini  oshiradigan  asbob–uskunalar,  agregatlar  yaratish,  shu  mahsulotlarni 
tayyorlash  uchun  kerakli  materiallar  tanlash,  jarayonlarning  ratsional  sxemalarini 
tuzish  hamda  bu  jarayonlarga  mos  texnologik  parametrlar,  harorat,  bosim,  siklning 


15 
 
uzluksizligi  va  boshqalarni  tanlashdan  iborat.  Har  qanday  ishlab  chiqarishning 
texnologik  darajasi  uning  iqtisodiy  ko‗rsatkichlariga  ta‘sir  etadi,  shuning  uchun 
iqtisodchilar  hozirgi  zamon  texnologiyasidan  yetarli  darajada  ma‘lumotga  ega 
bo‗lishlari  kerak.  Sanoat  tarmoqlari  texnologiyasi  va  ishlab  chiqarishni  tashkil 
qilishni  yaxshi  bilgan  holdagina  xo‗jalik  faoliyatini  sifatli  analiz  qilish,  ishlab 
chiqarish xarajatlarini  aniqlash hamda uning rezervlarini ochib berish, rejalashtirish, 
normallashtirish,  moliyaviy  ishlarni  amalga  oshirish  va  demak,  muhim  xo‗jalik 
masalalarini to‗g‗ri hal qilish–kam mehnat va mablag‗ sarflab yuqori ishlab chiqarish 
natijalariga erishish mumkin. 
                   

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish