O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Azlarova yengil sanoat texnologiyasi



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/190
Sana31.12.2021
Hajmi2,58 Mb.
#231099
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190
Bog'liq
585-Текст статьи-1350-1-10-20191228

1.3. Texnologik jarayon elementlari 
Texnologik  jarayonni  uch  elementdan  iborat  deyish  mumkin:  mehnat 
predmetlari, mehnat qurollari va vositalari hamda mehnatning  o‗zi.  
Mehnat  predmeti–kishi  mehnati  yo‗naltirilgan  buyum.  Mehnat  predmetlariga 
qayta  ishlash  natijasida  tayyor  mahsulotlarga  aylanadigan  Xomashyolar,  asosiy  va 
qo‗shimcha  materiallar  hamda  yarim  mahsulotlar  kiradi.  Masalan,  metallurgiyada  – 
ruda, koksoximiyada – toshko‗mir, mebelsozlikda – yog‗och Xomashyodir. 
Mehnat  qurollari,  texnologik  jarayonlarning  rivojlanishi,  avvalo,  texnikaning 
o‗zgarishiga bog‗liq. Odatda, texnika deyilganda, tabiiy birikmalarga kishi tomonidan 
ongli  ravishda  ta‘sir  ko‗rsatish  vaqtida  qo‗llaniladigan  qurollar  va  mehnat 
vositalarining yig‗indisi tushuniladi. 
Mehnat qurollari va vositalari vazifasiga hamda tabiiy-moddiy belgilariga ko‗ra 
(bular  sanoatning  asosiy  fondlari  hisoblanadi)  bir  necha  guruhga  –  mehnat  qurollari 


19 
 
ishlab chiqaradigan va ishlab chiqarmaydigan turlarga bo‗linadi. Ishlab chiqaradigan 
mehnat  qurollariga  barcha  vositalar  –  tsex  va  korxonaning  ma‘muriy  binolari, 
inshootlar,  mashina  va  jihozlar  hamda  ishlab  chiqarish  jarayonida  xizmat  qiluvchi 
mehnat  vositalari  kiradi.  Ishlab  chiqarmaydiganlariga  aholi  yashaydigan  kommunal 
binolar, inshoot va ularning jihozlari kiradi.  
Hozirgi  zamon  texnologiya  jihozlari  yuqori  parametrliligi  (yuqori  quvvatli, 
yuqori  unumli,  yuqori  tezlik,  yuqori  bosim  va  haroratga  ega  bo‗lishi)  bilan 
xarakterlanib,  jarayonlarning  jadal  va  yuqori  unumli  o‗tishiga  imkon  beradi. 
Jihozlarning  unumdorligi  mashina,  apparat  va  agregatlardan  vaqt  birligi  ichida 
amalda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilano‗lchanadi. 
Ishlab  chiqarishda  asbob-uskunalarning  ish  unumdorligini  oshirish  uchun 
quyidagi  choralarni  ko‗rish  lozim:  texnologik  jarayonlarni  jadallashtirish,  yangi  va 
takomillashgan  texnologik  jarayonlarni  qo‗llash,  boshlang‗ich  Xomashyo  sifatini 
yaxshilash,  ish  joyini  maxsus  moslamalar  bilan  jihozlash,  asbob-uskunalarni  zamon 
talabiga javob beradigan darajada qayta jihozlash va boshqalar. 
Har  qanday  texnologiya  jarayoni  yoki  uning  biror  qismini  bajarishda  ishchi 
ozmi-ko‗pmi  mehnat  qiladi.  Mehnat–bu  ishchining  jismoniy  kuchi,  miya  hamda 
nervlarning faoliyati hisoblanib, har qanday ishlab chiqarishning asosini tashkil etadi. 
Sarflangan mehnat uni yuzaga keltirish uchun sarflangan vaqt bilano‗lchanadi. 
1)  asosiy  yoki  mashina  vaqti  (To)  –  bu  vaqt  ichida  ishchi  mehnat  predmetiga 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri  ta‘sir  ko‗rsatib  turadi.  (detallarni  stanokda  ishlash,  materiallarni 
qizdirish); 
2)  yordamchi vaqt (Tyo) – bu asosiy ishchi bajarish uchun sarflagan harakatlar 
vaqti  bilano‗lchanadi,  (detallarni  joylashtirish  va  olish,  stanokni  ishga  tushirish  va 
to‗xtatish va h.k.). 
3)  xizmat  ko‗rsatish  vaqti  (T  hiz)  –  ish  joyini  tashkil  etish  va  texnika  bilan 
jihozlash uchun sarflagan vaqt (jihozlarni sozlash va tuzatish, ish joyini yig‗ishtirish 
va h.k.).  


20 
 
4)  dam olish va tabiiy zaruriyatlar uchun kerakli vaqt (Td)
2
 
Mehnatni normalash va ishlab chiqarishning ko‗p ehtiyoji uchun soat, min., sek. 
bilano‗lchanadigan vaqt normasi    
T
det. ish.b.vaq.  =
 T
a
 + T
yo
 + T
xiz
 + T
d
 
Vaqt  normasi  deyilganda,  tegishli  malaka  talab  qilinadigan,  normal  ishlab 
chiqarish sharoitida biror-bir operatsiyani yoki butun bir texnolog jarayonni bajarish 
uchun belgilangan (normallashtirilgan) mehnat miqdori tushuniladi. 
Ishlab  chiqarishda  texnologik  rejimga  hamda  mehnat  xavfsizligi  qoidalariga 
amal  qilinganda  mahsulot  sifati  yaxshilanadi,  jarayonlar  to‗g‗ri  boradi,  jihozlar 
yaxshi saqlanadi. 
Ishni  intensiv  ravishda  olib  borish  mehnat  unumdorligini  oshirishga  olib 
keladigan  muhim  omillardan  biri.  Texnologik  jaryonlarni  takomillashtirishda  ham 
texnik, ham  iqtisodiy  tomonlarni  hisobga olib, optimal  rejimni  k  o‗zda tutish  kerak. 
Bir  birlikdagi  tayyor  mahsulot  ishlab  chiqarish  uchun  sarflanadigan  kishi 
mehnatining yig‗indisi mehnat sarfini tashkil etib, u kishi soat birligidao‗lchanadi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish