33
Mazkur tadqiqotchi olim brus’yada qo’llarni bukish-yozish mashqi 8-16 marta, turnikda
tortilish miqdori 6-10 martagacha yetkazilishi muhim deb hisoblaydi.
Zikr etilayotgan 12-13 yoshlari og’ir atletikachilarda ko’p qirrali tadqiqot o’tkazgan
L.S.Dvorkin, shu yoshdagi bolalarda kuch sifatini organizmga zararsiz rivojlantirish uchun kator
mashqlar tavsiya qiladi. Ushbu mashqlar quyidagi rasmlarda aks ettirilgan.
Rasmlarda ko’rinib turibdiki 1 mashq (1 rasm) shug’ullanuvchi kushetkada yotgan xolatda
kichik shtangani (maksimal og’irlikning 50-60%) qaytag’qayta ko’taradi. Qaytarish soni
maksimal martadan 50-55%.
34
2 rasmdagi mashq shtanga bilan o’tiri-turish. Shtanga bilan o’rnidan turganda, ya’ni
oyoqlar yozilganda nafas olish, oyoqlar bukilganda, ya’ni o’tirgada, nafas chiqarish tavsiya
etiladi.
3 rasmda shug’ullanuvchi shtanga bilan tik turgan holdan oldinga 90° egiladi va dastlabki
holatga qaytadi.
Qolgan rasmlardagi mashqlar ham sekin shiddatda, nafas olish ritmiga bo’ysingan
holatda ijro etiladi. Rasmlarda aks ettirilgan barcha mashqlar haqiqatdan ham yosh sportchi
bolalarda kuch sifatini samarali rivojlantirishi mumkin ekan. Lekin, bizning kuzatuvlarimizga
qaraganda har doim bunday mashqlarni qo’llash zerikarli tus olar ekan, bolalarda
mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishini ancha so’ndirishi va nihoyat ularning ruhiyatiga salbiy ta’sir
ko’rsatishi mumkin ekan. Bunday mashqlarni, bizning fikrimizcha, yanada og’irligini
kamaytirib, nostandart mashqlarni estafeta, o’yin yoki musobaqa qiyofasida qo’shib qo’llansa
ularning samaradorligi yanada oshadi deb fara qilsa bo’ladi. Chunki, o’yin yoki estafeta shaklida
beriladigan va xiyolgina og’irliklar bilan bajariladigan nostandar mashqalar bolalarning
emosional xissini uyg’otadi, ularning kayfiyatini ko’taradi va shu omillar orqali organizmida
(mashaklarda, nerv sistemasida) ro’y beradigan o’ta charchov va zo’riqish asoratlarining paydo
bo’lishi muddatini ancha kechroqqa surish mumkin deb o’ylaymiz.
Yosh og’ir atletikachilarda kuch sifatini samaraliroq rivojlantirish haqidagi mazkur
g’oyaga V.N.Savchenko (1970) va Ye.L.Kulkov (2006)larning fikrlari anchagina hamohangdir.
Jumladan, V.N.Savchenko 13-16 yoshdagi og’ir atletikachialrda kuch sifatini rivojlantirish
maxsus og’irlik mashqlarini predmetsiz o’yin mashqlari bilan qo’shib qo’llanganda ancha
unumli kechadi degan xulosaga kelgan.
Ye.L.Kulkov og’irik mashqlarini fiziologik jixatdan asoslanib berish bilan bir qatorda
boshlovchi atletlar bilan o’tkaziladigan shiddatli va 2-3 hafta davom etadigan mashg’ulotlari
sport o’yinlari, suzish, velosipedda uchish bilan almashib turish kuch rivojlantirish va umuman
trenirovka samaradorligini yanada oshiradi deb ta’kidlaydi. Mazkur olimning xulosasiga binoan
kuchni rivojlantirishda fiziologik jihatdan muhim bir holatga e’tibor qaratish zarur. Jumladan,
shug’ullanishni endi boshlagan hamda tajribali voleybolchilar ham ko’pgina o’zining maksimal
yuklamasidan (mashq qiladigan og’irlik miqdori) kam bo’lgan og’irliklar bilan shug’ullansa,
ularning kuch sifati nafaqat rivojlantirishda to’xtatish mumkin, balki kuchni dastlabki
rivojlangan darajasidan ham pasayib ketishi mumkin ekan. Binobarin, kuch sifatini, uning
turlarini rivojlantirish jarayoni doimo kuzatuv va nazorat ostida bo’lishi darkor.
Yuqorida qayd etilgan adabiyotlar taxlili shuni ko’rsatdiki, kuch sifatini rivojlantirishda,
ayniqsa uni yosh voleybolchilarda tarbiyalash masalasi aksariyat maxsus hamda
ixtisoslashtirilgan mashqlar bilan bog’lanadi. Boshqacha qilib aytganda voleybolchilarda kuchni
35
rivojlantirish ustivor jihatdan trenajyor yoki og’irliklarsiz mashqlar asosida ijro etiladigan
standart yoki an’anaviy ixtisoslashgan mashqlar yordamida amalga oshirilishi yakdillik bilan
tasdiqlanadi. Masalaga bunday yondoshuv, albatta o’ta ahamiyatli va birdan-bir bo’lgan omildir.
Ammo, ushbu omil vag’oyani to’liq qo’llab-quvvatlagan holda, voleybol bilan dastlabki
bosqichda shug’ullanayotgan bolalar mashg’ulotlarida kuch sifatini rivojlantirish og’irlik va
og’irliksiz mashqlarni nostandart shaklda hamda estafeta yoki o’yin tarzida almashib qo’llash
qanday natija berar ekan?
G’oya to’g’ri yoki noto’gri bo’lishidan qat’iy nazar ushbu mavzuni tadqiqot yordamida
o’rganib ko’rish dolzarb ahamiyatga ega deb o’ylaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: