boshqaruvning ta’siri funksiyalarini aniq boshqarish uchun korxonaning barcha
bo‗limlari boshqaruv va nazoratning texnikasini, maxsus texnologiyani, shuningdek
statistik uslublarni qo‗llab, mahsulot sifatining muhim ahamiyatini his etgan holda
ma‘suliyat bilan o‗z vazifalarini bajarishlari lozim.
SHunday qilib, korxonada sifatni boshqarish – bu ―iste‘molchilarning
ehtiyojini qondiradigan, etarlicha yuqori darajadagi foydalilikka ega bo‗lgan
tovarlarni loyihalashtirish, tayyorlash va sotishni ta‘minlovchi boshqaruv faoliyati
turidir‖.
Boshqarilayotgan obyekt to‗g‗risida ma‘lumotlar to‗plash maqsadida sifatni
nazorat qilishning zaruriyligi GOST 15467-79 da ko‗rsatilgan: «Mahsulot sifatini
boshqarish – mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash, ishlab chiqarish,
ekspluatatsiya yoki iste‘mol sohasida mahsulot sifatida muntazam nazorat qilish va
sifatga ta‘sir qiluvchi omillarni maqsadga yo‗naltirilgan ravishda boshqarish orqali
zaruriy sifat darajasini o‗rnatish, ta‘minlash va saqlab turishdan iboratdir».
Mahsulotni nazorat qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi: haqiqatda
mahsulotning holati to‗g‗risida ma‘lumotlar olish (uning miqdoriy va sifat belgilari
to‗g‗risida); olingan ma‘lumotlarni oldindan o‗rnatilgan texnik shartlar bilan
taqqoslash, ya`ni ikkilamchi ma‘lumotlarni olish. haqiqatdagi ko‗rsatkich, normativ
shartlarga mos kelmagan hollarda nazorat obyektiga normativ shartlardan
cheilanishni yo‗qotish maqsadida boshqaruv ta‘sirini amalga oshiriladi.
Nazoratning asosiy tushunchalari GOST 16.501-81 da ko‗rsatilgan. Nazorat
turlarining
klassifikatsiyasi
1.10-rasmda
keltirilgan.
Sifat
muammosining
murakkabligi korxonada mahsulot sifatini boshqarishga kompleks yondoshishni talab
47
qiladi. 1.11-rasmda yirik korxonalarda sifatni boshqarish xizmatlarining funksiyalari
keltirilgan.
Sifatni rejalashtirish mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida
uning ishonchlilik tavsiflarini rejalashtirishni taqozo etadi. Bundan tashqari nazorat
vositalarini qo‗llash va nazoratga tayyorgarlik ishlarini ham amalga oshirish kerak.
Bunda sifatni boshqarish sistemasi o‗zining ishlab chiqarish korxonasi bilan bir
qatorda ta‘minotchilar uchun ham ishlab chiqilishi kerak. Buning uchun sifat va uni
ta‘minlash bo‗yicha xarajatlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni qayta ishlab, tahlil qilish
analitik ishlarini amalga oshirish zarurdir.
Yirik korxonalarda sifatni nazorat qilish sistemasiga mahsulotni ishonchlilik
ko‗rsatkichlari bo‗yicha nazorat qilish, mahsulotning tajriba namunalarini, maketlarni
tekshirish bo‗linmalari kiradi.
Sifatni nazorat qilish ishlarini ajralmas qismi sotib olingan narsalarning
nazorati, ishlab chiqarishdagi barcha texnologik o‗timlar, uchastkalardagi kirish
nazorati, operativ nazorat, hamda tayyor mahsulotning yakuniy nazorati hisoblanadi.
Nazorat funksiyalariga bevosita o‗lchov vositalaridan, elektron, kompyuter
qurilmalaridan to‗g‗ri foydalanishni ta‘minlaydigan, ularning holatini nazorat
qiladigan ishlab chiqarishni metrologik ta‘minlash ham qo‗shilib ketadi.
Nihoyat, dasturlarni tayyorlash va kadrlarni o‗qitish va malakasini oshirish,
ularni motivlashtirish va rag‗batlantirish sifat masalalarining muvaffaqiyatli echilishi
uchun zarurdir. har bir korxona ham sifatni boshqarish sifatlarini to‗liq imkoniyatiga
ega emas. Kichik korxonalar, odatda, maxsus maslahatchi, injiniring firmalarining
xizmatidan foydalanadilar, sifat bo‗yicha muhandis bo‗lishi bilan cheklanadilar.
Zamonaviy texnikaviy nazoratning asosi bo‗lib matematika-statistik uslublar
hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqarish ikkita usulda ta‘minlanishi mumkin:
mahsulotni yaroqli va yaroqsizga ajratish bilan va texnologik aniqlikni oshirish yo‗li
bilan. Ko‗pdan beri nazorat usullari mahsulotni yakuniy bosqichda murakkab
tekshirish orqali yaroqsiz mahsulotni tahlil qilishga olib ukelardi. SHuning uchun
yoppasiga nazoratdan naijalarga statistik usullardan foydalanib ishlov berishga
asoslangan tanlanma nazoratga o‗tish maqsadga muvofiqdir.
48
Do'stlaringiz bilan baham: |