1.4. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi
Mahsulot sifatini boshqarish — mahsulot sifati darajasini joriy qilish,
ta‘minlash va zaruriy darajada ushlab turish maqsadida loyihalash, tayyorlash va
foydalanish (yoki iste‘mol qilish) paytida amalga oshiriladigan harakatlar
majmuasidir.
Sifatning zaruriy darajasini joriy etish tadqiqot qilish va loyihalash bosqichida
mamlakat hamda xorijdagi eng ilg‗or ilmiy-texnikaviy yutuqlar tahlili asosida amalga
oshiriladi. Mazkur bosqichda sifatni boshqarish muhim ahamiyatga ega, chunki shu
erda bo‗lajak mahsulotning asosiy texnikaviy-iqtisodiy va foydalanish ko‗rsatkichlari
hisoblanadi va ularga asos qo‗yiladi. Bu ko‗rsatkichlar iste‘molchilarning zamonaviy
talablaridan yuqoriroq bo‗lishi kerak chunki yangi mahsulot savdo sohasiga
chiqquncha uning sifat ko‗rsatkichlari ma‘naviy eskirib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |