Z. T. M s h m o V a


  Guruhiy  treningda  sukunat



Download 3,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/188
Sana31.12.2021
Hajmi3,82 Mb.
#230454
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188
Bog'liq
psixologikxizmatnishanovaztpdf

4.2.  Guruhiy  treningda  sukunat
Psixolog  guruhda  tanaffus  yuzaga  kelganini  his  qilishi 
kerak,  agar  bu  noqulay  sukunat,  o ‘z  fikrlarini  aytishni 
istamasligi,  zerikish  yoki  guruh  ishiga  qiziqishning  yo‘qligi 
bo‘lsa,  bunday  pauzani  psixolog  faollashtirish  mashqlari  yoki 
savollari  bilan  buzishi  kerak,  «Nima  deb  o ‘ylaysizlar,  nima 
bo‘ldi?  Nima  uchun  bunday  noqulay  sukunat  yuzaga  keldi?»
Agar  yuzaga  kelgan  tanaffus  —  ta ’sirlanish,  chuqur 
o‘ylanishning oqibati bo‘lsa, bunday tanaffusni buzish mumkin 
emas,  har bir ishtirokchi uning ichki jarayonlariga quloq solishi 
va sabr qilishi kerak. Bu ijodiy tanaffusdir, unda o ‘qituvchilarda 
faol  ichki  faoliyat  amalga  oshadi.
Guruh  yoki  guruh  a ’zolari  o ‘ynashni  rad  etsalar-chi?.
Guruhiy  psixotreningda  ko‘p  hollarda  o ‘qituvchilar  qan­
daydir  mashqlami  bajarishni  rad  etadilar,  mashqlarda  passiv 
bo‘ladilar.
Guruhning  bunday  o‘zini  tutishi  har  xil  sabablar  bilan 
tushuntiriladi,  o ‘qituvchilarning charchog‘ini yengishda sama- 
rali  mashqlarning  yetarli  emasligi,  guruhdagi  faollikning 
birdaniga  tushib  ketishi,  mashqning  qiziqarsiz  yoki  qiyinligi 
va  hokazo.
Bunday  holatlarda  mashqni  majburiy  ravishda  bajarish 
tavsiya  etilmaydi.  Dastumi  asosiy g‘oyasini  tushuntirgan  holda 
guruhni qiziqtirish,  mashqni qanday qiziqarli yo‘l bilan bajarish 
kerakligini  o‘qituvchilardan  so‘rash  yoki  qatnashuvchilaming 
birini  vaqtinchalik  olib  boruvchi  qilish  kerak,  bunday  holda 
eng  samarali  usul  mashq  yoki  o ‘yinda  namoyon  qilinishni 
psixolog  o‘zi  boshlaydi.  Guruh  aniq  bir  qarorga  kelmaganligi 
sababli «Xo‘sh, qani, o‘zim his qilib ko‘ray-chi» yoki «Kelinglar, 
mendan  boshlaymiz»  deb  murojaat  qiladi.
Bu  bilan psixolog guruhga ishonchni  bildiradi,  qandaydir 
darajada  guruhga  namuna  sifatida  chiqadi,  psixolog  guruh 
a’zolari kabi teng huquqli bo‘lib qoladi.  Shunday holatlar ham 
b o ‘ladiki,  bunda  guruhning  qandaydir  bir  a ’zosi  tashqi 
kuzatuvchi  pozitsiyasini  egallaydi.  U  umumiy  muhokamaga 
qo‘yilmaydi o ‘ynashni rad etadi, ruhiy texnik mashqlarda hech 
narsani  his  qilmasligini  aytadi.  U  boshi  og‘riyotganligini  yoki 
ahvoli yomonligini ham aytadi.
93


Bunday ishtirokchi guruh ishida uning a’zolari noqulaylikni 
va hayron bo‘lishlikni keltirib chiqaradi, qolgan guruh a’zolarida 
ham  ishlash  niyati  yo‘qoladi,  ular  passiv  bo‘lib  qoladilar  yoki 
norozilikni  namoyish  etadilar.  Bunday  hollarda  nima  qilish 
kerak?  Agar  guruh  ishiga  qo‘shilmagan  qatnashuvchi  halaqit 
qilmasa,  unga  e’tibor  berishning  hojati  ham  yo‘q.  Bir  oz  vaqt 
o‘tgandan so‘ng uning o‘zi o‘ynashni xohlab qoladi  yoki boshqa 
mashqda  qiziqib  faolligini  oshiradi.  Agar  guruh  kuzatuvchiga 
salbiy ta’sir qilayotgan bo‘lsa, psixolog bu a’zoni o‘yin jarayoniga 
kiiitishi  kerak.  0 ‘yin  davomida  bunday  qatnashuvchini  uning 
faolligi  va  qiziqishini  oshirish  maqsadida  tinmay  savol  berib 
turishi  lozim.  Ko‘pgina  boshlovchilar  passiv  a’zoni  o ‘yinga 
qo‘shishga  harakat  qiladilar.  Qabul  qiladigan  qaror  esa: 
kuzatuvchining shaxsiyati, guruh a’zolarining unga ta’siri, psixo­
logning  ish  shakli,  mashg‘ulot  iqlimi,  trening  tematik  yo‘- 
nalganligi  yoki  maqsadlariga  bog‘liq  bo‘ladi.
Pedagogik treningda psixolog  «shaxsiy materiallari»  maq- 
sadi,  ba’zi  bir  holatlarda  psixolog  guruh  ishiga  qatnashuvchi 
huquqlari asosida kirishi zarur: o ‘zini hayotidagi qiyinchiliklari 
va  kelishmovchiliklami  bayon  qilishi  guruh  a’zolariga  shaxsiy 
muammolami  hal  etish  va  tajribasi  borligi  yoki  o‘zi  haqida 
biror  bir  shaxsiy  narsalami  gapirib  berish  mumkin.
Odatda o‘qituvchilar,  psixolog  shaxsiyatiga  qiziqish bilan 
qaraydilar va bunday suhbat foydali boMadi.  Biroq o‘zini juda 
muammoli  odam,  har  bir  qarashda  qiyinchilikni  his  qiluvchi 
qilib ko‘rsatish to ‘g‘ri kelmaydi.  Psixolog o ‘zini holatini to ‘g‘ri 
tashkil  etishi  va omadli  inson  sifatida  his  qilishi  kerak.
Bundan tashqari,  shaxsiy materialni guruhga taqdim qilish 
juda  muhim,  agar  psixolog  o ‘zinig  intim  hayotini  ko‘p  va 
qisqa  gapiradigan  bo‘lsa,  u  ishtirokchilarga  « 0 ‘zini  ko‘z-ko‘z 
qiluvchi  odam»  sifatida  namoyon  bo‘ladi.  Ularda  hammadan 
ham  o‘ziga  qiziqadigan  odam  degan  shubha  uyg‘onadi,  u 
boshqalarga  yordam  bera  olmaydi,  degan  fikr  paydo  bo‘ladi. 
Bunday  shubha  ishonchsizlikni  yuzaga  keltiradi,  bu  esa 
guruhning  olib  boruvchiga  boigan  qiziqishinini  birdaniga 
so‘ndiradi.
94


Shaxsiy material guruhga shaxsiyatsiz shaklida ham bayon 
etilishi  mumkin.  Psixolog  o ‘zi  haqida  gapirayotib,  bunda  bu 
hikoya uning tanishi yoki qarindoshi bilan  bo‘lgan deb gapirishi 
yoki  aksincha,  psixolog  tomonidan  o‘ylab  topilgan  hayotiy 
drama guruhga xuddi shaxsiy hayotida bo‘lganidek bayon qilishi 
kerak.
Xullas,  guruhdan  zerikish  yoki  qo'llab  quvatlashdan 
uzoqroq bo‘lish  kerak,  esdan chiqarmaslik lozim,  ruhiy mash- 
g‘ulotlar  o ‘qituvchilar  uchun  awalam  bor  ularga  yordamni 
amalga oshirish maqsadida tashkil  qilinadi,  «shaxsiy material»  * 
esa  treningni  samarali,  qiziqarli,  o ‘ta  ta ’sirchan  va  aniq 
bo‘lishida  foydalaniladi.

Download 3,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish