10-rasm. Bo‘ylamasiga ochilgan to‘g‘ri ichak.
1-to‘g‘ri ichakning ko‘ndalang burmalari; 2-to‘g‘ri ichakning ampulasi; 3-
anal ustunlari; 4-ichki sfinktеr; 5-tashqi sfinktеr; 6-orqa yo‘li; 7-orqa chiqaruv
kanali; 8-orqa chiqaruv kanalining bo‘shliqlari.
So‘lak bеzlari
Hazm kanal atrofdagi a'zolarga barcha hazm bеzlari, tishlar va qorin
pardasi kiradi. Hazm yo‘lining boshlanishida uch juft so‘lak bеzlari (quloq oldi,
til osti va jag‘ osti) va ko‘p sonli mayda bezchalari mavjud.
Quloq oldi bеzi (glandula parotis) pastki jag‘ning tashqi sathida va
oldingi qismi chaynov mushakning (m. masseter) yuzasida joylashgan (11-
rasm). Bu bеz bir xil nomli (fascia parotidea) fassiya bilan o‘ralgan. Quloq oldi
bеzining chiqaruv yo‘li (ductus parotideus) lunj mushagidan o‘tib, quloq oldi
bеzining so‘rg‘ichida (papillae parotidea) lunjning shilliq qavatida ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |