S. F. Abdirasilov


Adabiy asarga illyustratsiya ishlash



Download 7,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/293
Sana31.12.2021
Hajmi7,93 Mb.
#229494
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293
Bog'liq
Tasviriy san at o qitish metodikasi (S.Abdirasilov)

Adabiy asarga illyustratsiya ishlash.
Dekorativ 
kompozitsiya 
ishlaridan 
aw al 
naqsh 
tuzishda 
ishlatiladigan  elementlami  o‘ziga  qarab  rasmini  chizish  lozim. 
Shuningdek,  o‘qu\ chilarga  tabiiy  shaklni  stillashtirish  bo^icha 
mashqlami bajarib borish foydalidir.  Stillashtirish dekorativ tarzda qayta 
ifodalanadigan shakllarning tuzilishi, silueti, rangiga taalluqlidir.
0 ‘quvchilar  naqsh  namunalaridan  ko‘chirish  darslarida  naqsh 
chizishning  o‘ziga  xos  xususiyatlari,  ritm,  simmetriya  va  uning 
ahamiyati  bilan tanishadilar,  ranglarning  nomlarini  o‘rganadilar,  bo‘yoq 
va ulami omuxta qilib ishlatish ustida ish olib boradilar.
52
www.ziyouz.com kutubxonasi


Naqsh  namunalaridan  ko‘chirish  va  mustaqil  naqsh  ishlash 
darslarida 
0‘quvchilar  ko‘z  bilan  chamalashni  o‘rganadilar,  qalam, 
akvarel,  mo‘yqalam,  rangli  qog'ozlar,  tabiiy  materiallar  bilan  ishlash 
usullarini 
0‘zlashtiradilar.
Mustaqil  ravishda  ijodiy  naqsh  ishlash  orqali  bolalaming  ijodiy 
qobiliyati, fantaziya va tafakkuri o‘stiriladi.
Dekorativ-amaliy  san’at  asarlari  xalqning  go‘zallik,  yaxshilik 
haqidagi  tasawurlarini  bolalarga  yetkazib,  mehnatni  va  xalq  ustalari 
mahoratini ardoqlashga o‘rgatadi.
Adabiy  asariarga  illyustratsiyalar  ishlash  esa  o‘quvchilaming  eng 
qiziqarli mashg‘ulotlaridan bo‘lib, unda bolalar ertak, hikoya, masaldagi 
qahramonlarning  obrazlarini  o‘z  rasmlarida  ifodalashga  harakat 
qiladilar.
Zamonaviy  mavzulardagi  asarlarga  yoki  dostonlarga  hamda 
ertaklarga  kompozitsiya  ishlash  uchun  avvalo,  bolalar  mavzuga  oid 
odam,  hayvon  rasmlari  va  ba’zi  bir  narsalaming  o‘ziga  qarab  rasmini 
chizib  oladilar.  Adabiy  asarlarga  illyustratsiya  ishlash  mashg‘ulotlarida 
o‘quvchilarga  asarlardagi  voqea  sodir  bo‘layotgan  mamlakat  yoki 
davming  madaniyati,  xalqlar  turmushining  o‘ziga  xos  xususiyatlari, 
klyim-kechaklari, me’morchiligi va ulaming xarakterii tomonlari haqida 
so‘zlab berish, unga oid narsalar ko‘rsatish kerak bo‘ladi.
Rangshunoslik bo‘yicha beriladigan nazariy bilimlar o‘quvchilarga 
ranglar  va  uning  nomlari,  tuslari  hamda  ulaming  kishilar  hayotidagi 
ahamiyati  haqida  bilimlar  berishni  vazifa  qilib  qo‘yadi.  Boshlang‘ich 
sinflarda  o‘quvchilar  asosan  akvarel,  guash  bo‘yoqlar  bilan  rasm 
ishlaydilar.  Rangtasvir,  dekorativ  ishlami  bajarish jarayonida esa asosiy 
va  hosila  ranglar,  ulaming  tuslaridan  foydalangan  holda  ish  olib 
borishlariga to‘g‘ri keladi.
Avvalo,  o‘quvchilar  «Asosiy va  hosila  ranglar»  bilan tanishadilar. 
Ularning nomlarini bilib oladilar. Bo‘yoqlami o‘zaro aralashtirish orqali 
yangi  rang  tuslarini  hosil  qilish  bilan  amaliy  ravishda  shug‘ullanadilar. 
Asosiy  (qizil,  sariq  va  ko‘k)  ranglar  v£  ulaming  o‘zaro  aralashuvidan 
hosil  bo‘lgan  hosila  (yashil,  binafsha va  zarg‘aldoq)  ranglardan  o‘z  ish 
faoliyatlarida  to‘g‘ri  foydalana  olishni  o‘rganadilar.  0 ‘quvchilai'  keyin 
«Iliq  va  sovuq  ranglar»,  «Rang  tuslari  va  ulaming  nomlari»  kabi 
mavzularda  nazariy  bilimlami  ham  egallab  boradilar.  Shuningdek, 
o‘quvchilar  «Ranglar  halqasi»  bilan  yaqindan  tanishadilar  va  tevarak- 
atrofdan ana shunday rang tuslarini topislini o‘rganadilar.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


Mavjud  bo‘yoq  tarkibiga  suvni  oz  yoki  ko‘proq  qo‘shish  orqali 
rang  tuslari  hosil  qilinadi.  Bunda  ma’lum  bir  (masalan  qizil)  rangning 
to‘qdan  och  ko‘rinishgacha  boMgan  bir  talay  tuslari  hosil  boMadi. 
0 ‘quvchilar  dars  jarayonida  amaliy  tarzda  rang  tuslarini  hosil  qilishni 
bajarib ko‘radilar.
0 ‘quvchilarda  atrof-muhitdagi,  borliqdagi  rang  tuslarining  boyligi 
va  xilma-xilligi  haqida  tushuncha  hosil  qilish  uchun  «Tabiatda  rang» 
mavzusi  kiritilgan.  0 ‘quvchilar  sayohat  paytida  darsda  o‘rgangan 
ranglarni  va  ulaming  tuslarini  tabiat  qo‘ynidan  topishga  harakat 
qiladilar.
Rangshunoslik  bo‘yicha  beriladigan  nazariy  bilimlar  kundalik 
turmushda  uchraydigan  ranglar  va  ulaming  inson  his-tuyg‘ulariga, 
kayfiyatlari ta’siriga ham bog‘liq bo‘ladi.
•  Bulardan tashqari,  o‘quvchilar o‘zlari  yashab turgan joyda mavjud 
bo‘lgan idish-tovoqlar,  kiyim-kechaklar, yog‘och buyumlarining qanday 
rangda va nima uchun  ana shu rangga bo‘yalganligi  haqida tushunchaga 
ega  bo‘ladilar.  Chunki  ranglar  inson  hayotida  muhim  ahamiyatga  ega 
bo‘lib,  ayrimlari  ko‘zni  quvontirib,  kayfiyatni  chog‘  qiladilar,  ba’zi 
birlari esa kishi ko‘nglida g‘ashlik, g‘amguzorlik uyg‘otadi. Ana shunda 
kishi  didini  o‘stiradigan,  ko‘zni  quvontiradigan  ochiq  ranglardan 
foydalanish lozimligi o'quvchilarga uqtiriladi.
d)  Haykaltaroshlik  kompozitsiyasi  real  haykaltaroshlik  va 
dekorativ haykaltaroshliklarga bo‘linadi.
Real  haykaltaroshlikda  o‘quvchilar  o‘qituvchi  tomonidan  tavsiya 
etilgan  mavzularda  haykallami  asliga  o‘xshatib  ishlaydilar.  Bunda 
o‘quvchilar tasviriy  san’at mashg‘ulotlarining  boshqa turlarida orttirgan 
bilim, ko‘nikma va malakalarga tayanadilar.
I
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


Haykaltaroshlik  mashg‘ulotlarida o‘quvchilar loy  yoki  plastilindan 
clumaloqlash,  bosib  yalpaytirish,  siqimlab  cho‘zish,  ortiqcha  qismlarini 
inaxsus  sidirgich yordami  bilan olib tashlash,  stek bilan  ishlash usullari 
bilan tanishadilar.
Haykaltaroshlik mashg‘ulotlarida  ikki xil ish uslubi mavjud boiib, 
ular yaxlit,  alohida-alohida  loy  yoki  plastilin  boiaklariga  ishlov  berish 
orqali amalga oshadi.
Dekorativ  haykaltaroshlik  haykaltaroshlikning  turlaridan  biri 
boiib,  u  o‘quvchilarda  turli  dekorativ  bezakli  releflar  va  o‘yinchoqlar 
ishlash orqali maxsus bilim hamda malakalar hosil qiladi.
Dekorativ  haykaltaroshlikda  ishlov  berish  usullarining  soddaligi, 
shakllaming oddiyligi  o‘quvchilarda katta qiziqish  uyg‘otadi.  Dekorativ 
haykaltaroshlik  mashg‘ulotlarida  o‘zbek  xalq  kulol  ustalarining 
dekorativ  haykallaridan  (mayda  plastika)  keng  foydalaiüsh  bolalami 
ijodiy rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Loydan ishlangan haykallarga bezak berilganidan so‘ng ular guash 
bo‘yogida bo‘yalib, ustidan lok qoplanadi. Lekin ayrim ishlar bo‘yoqsiz 
ishlanishi ham mumkin.

Download 7,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish