Doira ichiga naqsh chizish. Bular ham o‘z xarakteri jihatdan
kvadrat ichiga chiziladigan naqshlarga o'xshab ketadi. Doira shaklidagi
naqshlarning eng soddasida takrorlanuvchi elementlar uning chekkasida
joylashgan b o iib , o‘rtasi bo‘sh qoladi. Doira shaklidagi naqshlarning
boshqa turida esa uning markazi bezatilib, chekka qismi bo‘sh
qoldiriladi yoki ingichka hoshiya o‘tkaziladi.
Shunday doira shaklidagi naqshlaming turlari ham borki, bunda
uning elementlari simmetriya o ‘qlari bo‘ylab markaz atrofida joylashadi.
Naqsh elementlari simmetriya o‘qlarining soniga qarab to‘rtta, oltita,
sakkizta b o iib , ular takrorlanib yoki almashib keladi. Doira chetini
hoshiya bilan toidirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |