Geometrik jismlardan iborat natyurmortni bosqichii tasvirlash.
Rasm chizishda qo‘llaniladigan qurollar
Tasvirlash uchun maxsus ish qurollaridan qanday foydalana olish
kerak. Ish qurollari quyidagilar: qog‘oz, turli qattiq va yumshoqlikdagi
grafit qalamlar, o‘chirg‘ich, ko‘mir tayoqchalar, akvarel va guash
bo‘yoqlar, yumshoq dumaloq va yapaloq shakldagi mo‘yqalamlar, rasm
taxtasi (planshet).
Rasm chizishda qog‘oz asosiy material hisoblanadi. Qog‘oz,
albatta, oppoq, yetarli darajada qalin va pishiq boiishi kerak. Ulardan
eng yaxshisi «vatman» deb ataluvchi qog'ozdir. Akvarel bo‘yogÍda
ishlash uchun vatman qalin va yuzasi g‘adir-budur boiishi kerak,
agarda yupqa va bo‘sh qog‘oz b o isa, u suvni tez shimib olib, ivib
ketadi, natijada bo‘yoq yoyilib ketadi. «Yarim vatman» nomli qog‘ozni
ham q o ila sh mumkin. Hozirgi kunda foydalanayotgan ko‘plab qog‘oz
turlari mavjud. Lekin, qog‘oz paydo boigunga qadar odamlar yog‘och
yaproqlariga, sopol gishtlarga va g‘orlarning devor toshlariga ham
yozishgan. Masalan, Misrda papirus yaproqlariga ham yozishgan.
169
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qadimgi Pergam davlatida hayvoniar terisi qog'oz vazifasini bajargan.
Uni «pergament» deyilgan. Lekin bunday «qog‘oz»lar juda ham qimmat
bo'igan, chunki bitta kitob uchun kamida bir necha yuz mol terisi
ishiatilgan.
Q og'oz II asrda xitoyliklar tomonidan kashf etilgan. Hozirgi
qog‘ozlar esa maxsus qog‘oz fabrikalarida ishlab chiqariladi.
O ddiy q o ra qalam . Hozirgi kunda oddiy qora qalamning juda
ko‘p turlari mavjud. 0 ‘rtacha yumshoq qalamlardan tortib juda ham
qattiq qalam turlari mavjud. Bular; «T», «2T», «N», «2N», «M», «2M»,
«3M» yoki V, T, 2T, M, 2M, N, 2N, NV, V, 2V va boshqalar.
Tariximizga nazar tashlaydigan b o isak , ibtidoiy davrda odamlar
g‘orlarda, tog‘u - toshlarga turli xil tasvirlarni ishlab qoldirishgan. Ular
biron-bir qattiqroq narsalar bilan g‘orIar devorlarini timab, turli xil
shakllarni yasashgan.
Ammo rivojlanish jarayonida tasvirlashda turli xil asbob-uskunalar
takomillashib bordi. Oddiy qora qalamlar ham shular jumlasidan. XVI
asrda Angliyada grafit konida topilgan tayoqchalar rasm chizishda
qoMlanilganda, ular qog‘oz yuzasida juda ham nafis va chiroyli chiziqlar
tushira olish xususiyatiga ega ekanligi aniqlangan. Shu kundagi qora
oddiy qalamlar XVII asming oxirida fransuz olimi N.Kante tomonidan
kashf etiigan bo‘lib, ulami yog‘och moslamaga yopishtirib ishlatish
taklif etilgan.
«T» harfi bilan belgilangan qalamlar «tvyordiy» - qattiq degan
ma’noni
anglatadi.
Bunday
qalamlar bilan
gipsli
rozetkalami
tasvirlashda qoilaniladi. «M» belgisi «myagkiy» yumshoq degan
ma’noni bildirib xomaki rasm yoki kompozitsiya eskizlari tayyorlashda
foydalaniladi.
0 ‘ch irg ‘ich. Rasm chizishda yordamchi va ortiqcha chiziq hamda
shtrixlami o ‘chirish uchun yumshoq o‘chirg‘ichlar ishlatiladi. Yum.shoq
o‘chirg‘ichning sifati qog‘oz yuzasidagi qalam izlarini ohista o‘chirish
bilan aniqlanadi. Hozirgi kunda chiqarilayotgan o‘chirg‘ichlaming
turlari ko‘p. Tasvir chizganda ko‘proq ko‘kimtir va oq tusdagi
ishlatiladi. QizgMsh tusdagi o‘chirg‘ichning tarkibida «qum oyna»
pai'chalari bo‘lib qog‘ozni titib yuboradi.
Keraksiz chiziqlai'ni
o'chirishda o ‘chirg‘ichni qattiq bosmaslik, iloji boricha o‘chirg‘ichdan
kamroq foydalanishga odatlanish lozim. Oq tusdagi o ‘chirg‘ich qattiq
bo‘lsa, yumshatish uchun uni 2-3 kun mobaynida kerosin yoki benzin
ichiga solib qo'yish kerak. So‘ng qaynagan issiq suvga solinsa,
o‘chirg‘ich yumshoq holatga ega bo‘ladi. Ish jarayonida o‘chirg‘ichni
170
www.ziyouz.com kutubxonasi
doim qo‘lda saqlash noto‘g‘ri, chunki qo‘l terlashi oqibatida o ‘chirg‘ich
namlanadi va rasmni o‘chirishda qog‘oz titiladi. Chiziqlarni o‘chirishda
qog‘ozga qattiq bosmaslik va akvarel bo‘yoq bilan ishlashga
tayyorlashda iloji boricha o‘chirg‘ichdan kamroq foydalanish maqsadga
muvofiq.
Ko‘m ir tayoqchalar. Ko‘mir tayoqchalari xomaki tasvirlar
chizishda ko‘proq ishlatiladi. Ko'm ir tayoqchalarini uy sharoitida ham
tayyorlasa bo'ladi. Misol uchun ko‘mir tayoqchalarini tayyorlashning
oddiy usuli quyidagicha, buning uchun uzum tokini yoki atir gul
novdasini qizarib pishgan novdasidan uzunligi 10-12 sm va diametri 5-8
mm bo‘lganlari tanlab olinadi va o‘choqdagi olovda qizdirib
tayyorlanadi. Bu qalamchalar yumshoq, tez sinadigan va uvalanadigan
bo‘lib qog‘oz yuzida yaltiramaydigan qora chiziq izlar qoldiradi. Qora
chiziqlar o'chmasligi uchun ozgina shakami eritib qog‘ozdagi tasvirga
yengil puflanadi.
Akvarel bo‘yog‘i suvda osongina eriydi va uning tarkibiga bo‘yoq
moddasi (o‘simlik yoki minerallaming mayin qilib yanchilgan kukuni)
va bog'lovchi modda - olcha yelimi glitserin va ozroq asal kiradi.
Qadim zamonlardan akvarel bo‘yog‘i o ‘zining nafisligi va ranglaming
tiniqligi, yorqin ko‘rinishi bilan ajralib turgan. Bir rangning ustidan
ikkinchisi surtilganda aw algi rang sezilib turadi va
yangi rang
qo‘shilishi natijasida u jozibali bo‘la boradi.
Guash bo‘yoqlari ham suvda yaxshi eriydi, ammo akvarel bo‘yog‘i
singari tiniqlikka ega emas. Guash bo'yoqlari ishlatilganda (bir rangning
ustidan
boshqasi
berilganda)
avvalgi
surtilgan
rang
butunlay
ko‘rinmaydi. Guash bo‘yog‘i tez qurish xususiyatiga ega, ammo
quyoshda ko‘proq tursa, uning rangi xiralashib qoladi.
M o‘yqalam . Bo‘yoq bilan ishlash uchun mayin mo'ynali yumaloq
shakldagi mo‘yqalamlardan foydalanish kerak. Ular yumaloq va yassi
shaklda bo'lib, olmaxon, bo‘rsiq, suvsar, quyon, tuya kabi hayvonlar-
ning mo‘ynalaridan tayyorlanadi. Sifatli mo‘yqalam ho‘llanganda qillari
bir joyga yig‘ilib, konussimon holatga keladi. Yumaloq mo‘yqalamlar
bilan akvarel bo‘yog‘ida foydalaniladi, yassi shakldagilar esa guash
bilan ishlashda qoilaniladi.
Qalam asosan uch barmoq bilan ushlanadi. Uni erkin ushlashga
qo‘lni o ‘rgatish kerak. Qalamni qattiq yoki ohista bosish orqali har xil
chiziqlarni chizish mumkin. Tasvir chizganda qalamni yengil ushlash
kerak. Qalam uchi tasvir chizishga tayyorlanganda, uning grafit qismi 5-
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
6 mm, yog‘och qismini esa 15-20 mm qilib yo‘nish lozim. Bu esa tasvir
chizayotganda chiziqlaming aniq ravshan ko‘rinishiga yordam beradi.
Rasm chizishni dastlabki m ashqlari
Dastlabki amaliy mashqlar rasm chizish malakalarini hosil qilish
maqsadida bajariladi. To‘g‘ri chiziqlar yurgizish boshlovchi rassomga
bir oz qiyin kechadi. Bunday mashqlar orqali qoMning tekis harakat
qíHshiga intilmoq zarur. Savodli rasm chizish uchun nazariy bilimiar,
malaka va ko‘nikmalarni egallab borish bilan birga qisqa vaqtii
mashqlami tez-tez bajarib turish talabalarda o‘ziga ishonch hosil qiladi.
Birlnchi
Do'stlaringiz bilan baham: |