Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma


Soshniklarning  yerga  botishini  rostlash



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

Soshniklarning  yerga  botishini  rostlash. Donlarning  tuproqqa  ko‘milish
chuqurligi  soshniklarning  yerga  botishiga  bog‘liq.  Don  ekish  mashinalarining
tovoqli soshniklari vintli regulyator yordamida yerga   4—7 sm botadigan qili-
nadi.
Donning  ko‘milish  chuqurligini  aniqlash  uchun  dalaga  ekilgan  qatorlar
ochib ko‘riladi va donlarning yer betidan qancha chuqurlikda yotishi aniqlana-
di. Agar ekish chuqurligi belgilangandan ±1 sm farq qilsa, soshniklarning yerga
botishi rostlanadi va ekish chuqurligi qayta tekshiriladi.
Old va orqa qatordagi soshniklar yerga bir xil botishi lozim.
SN-4V-1  to‘rt  qatorli  kartoshka  ekuvchi  o‘rnatma  mashina  kartoshkani
kvadrat-uyalab va qatorlab ekish bilan bir vaqtda ularga donador mineral o‘g‘it
sepadi.  Mashina  qator  oralarini  60—70  sm qilib  ekadi.  Qatorlab  ekishda  qa-
tordagi uyalarning orasi 25, 30, 35 va 40 sm bo‘ladi.


100
SN-4V-2 kartoshka ekkich toshloq yerlarga kartoshka ekishga moslashtiril-
gan maxsus soshnik bilan ta’minlangan. Soshnik oldiga toshni chetga suruvchi
ko‘chirgich qo‘yilgan. Toshga duch kelgan soshnik avval ko‘chirgich bilan, keyin
esa tosh qaytargich bilan birga buriladi. To‘siq o‘tilganidan keyin soshnik yana
boshlang‘ich vaziyatiga qaytadi.
KSN-90 to‘rt qatorli o‘rnatma kartoshka ekkich qator oralarini 90 sm qilib
qatorlab  ekishga  mo‘ljallangan.  Ish  organlarining  texnologik  ishlash  chizmasi
SN-4V-1 ga o‘xshaydi.
Organik  va  mineral-organik  o‘g‘itlarni  kartoshka  bilan  birga  solish  uchun
kartoshka ekkich AU-4 moslamasi bilan birga ishlatiladi. AU-4 ning ramasi kar-
toshka  ekkichning  ramasiga  mahkamlanadi.  Bu  moslama  bunkerining  tubida
to‘rtta  lentali  transportyor  o‘rnatilgan.  Gorizontal  transportyor  o‘g‘itni  sepish
tirqishiga yetkazadi, vertikal transportyor esa ortiqcha o‘g‘itni olib ketadi. O‘g‘it
sepish tirqishidan qabul voronkalari orqali egat tubiga, soshnik va ko‘mish to -
voqlari orasiga tushadi.
Ko‘chat o‘tqazish mashinalari o‘simlik ko‘chatlarini va tuvakchalarda o‘sti -
rilgan ko‘chatlarni kvadrat-uyalab va uyalab ekishga mo‘ljallangan. O‘simlik ver-
tikal vaziyatda, ildizlari ezilmasdan belgilangan chuqurlikda o‘tqazilishi va har
bir ko‘chatga 0,4 chamasi suv quyib ketishi kerak.
Ko‘chat  oziqlantiruvchi  tuvakchalar  bilan  ekilganida  tuproqqa    10  sm
chuqurlikda  ko‘milib,  tuvakcha  atrofidagi  tuproq  yaxshilab  zichlatilishi  va  tu-
vakcha usti 2—4 sm qalinlikda tuproq bilan ko‘milishi lozim. Ko‘chat o‘tqazil-
gan qator oralarga ishlov berishni mexanizatsiyalashtirish uchun ko‘chatlar qa-
torning uzunasiga va ko‘ndalangiga to‘g‘ri chiziqda turishi lozim. Asosiy qator
oralarining  kengligi  belgilanganidan  ko‘pi  bilan  1—2  sm,  yondosh  qator  ora -
larining kengligi esa 4—7 sm farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi. Agar ko‘chat kvadrat-
uyalab ekilgan bo‘lsa, ko‘ndalang qatorda ko‘chatning o‘q chiziqdan ko‘pi bilan
4—7 sm chetga chiqishiga yo‘l qo‘yiladi. Mashina ko‘chatlarni oraliqlari 60, 70
va 90 sm li qatorlarga uyalab, orasini 25, 30 va 35 sm qilib o‘tqazadi.
To‘rt qatorli o‘rnatma SRNM-4 ko‘chat o‘tqazish mashinasi ko‘chatlarni va
tuvakchalarni qatorlab hamda kvadrat-uyalab ekadi. Mashinadan sug‘oriladigan
hamda  sug‘orilmaydigan  yerlarga  ko‘chat  ekishda  foydalanish  mumkin.
Mashinada sug‘oriladigan yerlarga ko‘chat o‘tqazish bilan birga sug‘orish egat-
larini ham ochadi. Mashinaning asosiy uzellari: o‘tqazish apparatlari, soshniklar,
korrektirovkalovchi  moslamaning  uzatish  mexanizmi,  g‘ildiraklar,  o‘tqazish
apparatlari  va  soshniklar  to‘rtta  seksiyaga  yig‘ilgan.  O‘tqazish  apparati  paral -
lelogrammli mexanizmdan iborat bo‘lib, uning shatunlariga ko‘chat tutqichlar
yoki tuvakchalar solingan savatchalar biriktiriladi. Apparat aylanganda paralle -
logrammli  mexanizm  ko‘chat  tutqichning  doim  vertikal  vaziyatda  turishini
ta’minlaydi.


101
Tovoqlardagi  parallelogrammli  mexanizmlar  sonini  o‘zgartirib,  qatordagi
uyalar  orasini  35  dan  100  sm gacha  o‘zgartirish  mumkin.  O‘tqazish  vaqtida
ko‘chatning  tuproqqa  vertikal  joylanishi  uchun  ko‘chat  tutqichning  yoki  tu-
vakchali savatchaning ko‘chat ekish paytidagi yer betiga nisbatan tezligi nolga
teng bo‘lishi kerak. Buning uchun ko‘chat tutqich yoki savatcha aylanma tezli-
gi  mashinaning  qarama-qarshi  yo‘nalgan  harakat  tezligiga  teng  bo‘lishi  kerak.
Ko‘chat  tutqichning  tezligini  mashina ning  yurish  tezligiga  moslash  uchun
harakat  uzatish  tizimiga  tovoqli  friksion  variator  o‘rnatiladi.  Variatorning
yetaklanuvchi  tovog‘ini  chambarak  yordamida  tarqatish  vali ning  shlitsalaridan
surib, uzatish mexanizmining uzatish soni o‘zgartiriladi.
Tutqichlar  ko‘chatni  egatga  o‘tqazish  va  ularga  ko‘chat  joylashtirishda
boshqaruv chi  rolikli  richagli  mexanizm  yordamida  ochiladi.  Parallelo -
grammli  me xanizmning  shatuni  bilan  krivoshipi  orasidagi  burchak  o‘zgarti -
rilganida  rolik  krivoshipga  mahkamlangan  o‘yiqqa  tiraladi,  natijada  richagli
mexanizm  ishga  tushib,  tutqichni  ochadi.
Mashinadagi  nazorat  korrektirovkalovchi  mexanizmdan  kvadrat-uyalab
ko‘chat  o‘tqazishda  foydalaniladi.  Nazorat  moslama  millari  mahkamlangan
ikkita  zanjirdan  iborat.  Nazorat  zanjir  variatornning  yetaklanuvchi  tovog‘i
mahkamlangan  transmission  valdan  harakat  oladi.  Zanjir  milining  yer  betiga
nisbatan tezligi nolga teng bo‘lishi uchun zanjirning pastki tormog‘i mashina -
ning ilgarilanma tezligiga teng tezlikda, teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Egatlarga  ko‘chat  ekishdan  oldin  ko‘chat  tutqich  va  nazorat  moslama
zanjirlari ning  millari  bir  chiziqqa  keltiriladi.  Birinchi  o‘tishda  hamma  qator-
lardagi  ko‘chat  tutqichlar  ko‘chatlarni  berilgan  oraliqda  ekadigan  qilinadi.
Buning uchun variatorning uzatish soni o‘zgartiriladi.
Keyingi o‘tishlarda traktorni haydovchi millarning bundan oldingi o‘tishda
ekilgan ko‘chatlar qatoriga to‘g‘ri kelishini kuzatib boradi. Agar mil qatorlarga
to‘g‘ri kelmasa, traktorni haydovchi chambarakni aylantirib, chervyakli uzatma
orqali differensialning qutisini buradi. Shunda o‘tqazish apparatlarining va na-
zorat zanjirning harakat tezligi o‘zgaradi. Chambarak mil avval ekilgan qatorga
ro‘para kelgunga qadar aylantiriladi.
Mashina  egat  ochadi,  ko‘chat  o‘tqazadi,  suv  quyadi  va  ko‘chat  atrofini
zichlaydi. Mashinada traktorchidan tashqari to‘rtta ko‘chat o‘tqazuvchi ishchi
va ko‘chatlarni to‘g‘rilaydigan ikkita ishchi ishlaydi.
Olti  qatorli  osma  SNK-6  ko‘chat  o‘tqazish  mashinasi  tuvakdagi  yoki  tu-
vaksiz  ko‘chatlarni  kvadrat-uyalab  va  qatorlab  ekishga  mo‘ljallangan.  SKN-6
mashinasi  qator  oralarini  50—70  sm qilib  ekadi,  uch  qatorli  variantda  ishla-
ganida esa 80—90 sm oraliqda ko‘chat o‘tqazadi.
Ko‘chat  uyalari  orasidagi  masofani  15  dan  to  70  sm gacha  o‘zgartirish


mumkin.  Kvadrat-uyalab  ekilganida  kvadrat  tomonlarini  70  yoki  60  sm qilib
joylashtirish uchun reja simlaridan foydalaniladi.
Ko‘chat  uyalarining  orasi  35  sm yoki    undan  qisqa  bo‘lganda  ko‘chat
uyalari uzluksiz oqim bilan, 35 sm dan ko‘p bo‘lganida esa har bir uya sug‘ori-
ladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish