98
donlarda tan olingan ekish texnologiyasi hozircha ishlab chiqilmagan va shu
texnologiya ustida izlanishlar olib borilmoqda.
Ochiq maydonlarda don ekadigan ekish mashinalari turli xildagi konstruk-
siyalarga ega.
SZ-3,6 tipidagi don ekish mashinalari ekish mashinasining g‘ildiragidan
harakat oladigan g‘altakli ekish apparatlari bilan jihozlanadi. Ekish mashinalari
talab bo‘yicha iz ko‘rsatkich va sholi ekish tovoqlari bilan jihozlanishi mumkin.
Bu ekish mashinasi qator oralarini 90
sm qilib bir yo‘la to‘rt qatorga chigit
ekadi. Ekish mashinasi ikki variantda chiqariladi:
a) SCHÕ-4A-1 ekish mashinasi qoldiq momiqlari 0,8 foizgacha bo‘lgan
chigitlarni g‘altakli ekish apparatlari va parrakli uyalovchi apparatlar yordamida
har 20 yoki 30
sm oraliqda ekadi. Ekish mashinasi uyalovchi apparatlarsiz ish-
latilganda
chigitni qatorlab ekadi;
b) SCHÕ-4A-III ekish mashinasi tuksizlantirilgan quruq va saralangan
chigitlarni katakchali tovoqli ekish apparatlari bilan seruyalab (qatordagi uyalar
orasini 20 va 30
sm qilib) ekadi. Agregatning burilish joylariga chigitlar uyalab
orasini 15
sm qilib ekiladi. Tovoqli apparatlar 48 katakchali tovoqlar bilan ji -
hozlanadi. Tovoqlar chigitning kattaligiga qarab tanlanadi. Ekish mashinasi har
uyaga uchta chigit tashlash uchun to‘rt kurakchali uyalovchi tovoq, har uyaga
to‘rttadan chigit tashlab ekish uchun esa uch kurakchali uyalovchi tovoq bilan
komplektlanadi.
SCHÕ-4A-1 va SCHÕ-4A-111 ekish mashinalari orqa g‘ildiraklarining
orasi 1800
mm bo‘lgan T-28X4, T-28X4M traktorlariga o‘rnatib ishlatiladi.
Ekish mashinalari MTZ-80X traktoriga maxsus povodok yordamida o‘rnatiladi.
Gerbitsid sepishda ekish mashinasi APGS-2,4 moslamasi bilan birga ishlatiladi.
SKNK-3,6 ekish mashinasi kalibrlangan (o‘lchamlari bir xil) makkajo‘xori
urug‘larini kvadrat uyalab, to‘rtburchak uyali yoki punktir usulda yoki mineral
o‘g‘itni yoppasiga urug‘ va o‘g‘it orasida tuproq qatlami hosil qilib ekishga
mo‘ljallangan. Qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilganda urug‘i yirik bo‘lgan boshqa
o‘simlik urug‘larini ham ekish mumkin. Kvadrat uyalab ekish o‘lchov sim bilan
amalga oshirilgan, hozirda bu usul qo‘llanilmaydi. Ekish punktir usuliga
o‘tkazilgan bo‘lib, ekish apparatlariga harakat ekish mashinasining g‘ildiragidan
beriladi.
Ekish mashinasining konstruksiyasi 600, 700, 900, 1050
mm oraliqlarda ek-
ishga imkon beradi. 900 va 1050
mm oraliqda ekilganda ikkita seksiya olib
tashlanadi, qolgan to‘rttasi ramaga nisbatan simmetriya bo‘yicha joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: