28
— birinchi bosqichda yuzalar orasida fizikaviy bog‘lanish hosil bo‘ladi;
— ikkinchi bosqichda kimyoviy bog‘lanish hosil bo‘ladi;
— uchinchi bosqichda bog‘lanish hududida hajmiy bog‘lanish hosil bo‘ladi.
Uchinchi bosqichda metallning qayta kristallanishi sodir bo‘ladi, ya’ni met-
allni qizdirish natijasida plastik deformatsiya ta’sirida mustahkamlangan donalar
qaytadan kristallanadi. Yuzada har xil iflosliklarning bo‘lishi donalarning mus-
tahkam birikishiga halaqit beradi. Shuning uchun diffuziyali payvandlashda
mayda donalarning yirik do nalarga aylanishi uchun halaqit beruvchi jarayonlar
oldini olish kerak. Bu jarayon vakuumda bajarilsa yaxshi natija beradi.
Diffuziyali payvandlash maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi
(3-rasm).
(2) ven tilda ulanuvchi suv bilan sovitiladigan (1) vakuum kamerasiga payvand-
lanayotgan (6) detallar qo‘yiladi. (3) nasoslar yordamida vakuumdagi havo
bosimi 10
-2
—10
-5
mm simob ustuniga keltiriladi. Havo so‘rib olingandan so‘ng
(4) yuqori chastotali generatorga ulangan indikator yordamida detallar qizdiri-
ladi. Detallarni siqish (5) gidrosistema yordamida amalga oshiriladi.
Siqish jarayoni detalni kerakli haroratda qizdirib bo‘lingandan so‘ng amal-
ga oshiriladi. Siqib turish vaqti materialni payvandlanish xususiyatiga, bosim va
boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Payvandlangan detallar vakuumda
sovitiladi.
Diffuziyali payvandlash jaray-
onining asosiy nazorat qiladigan
ko‘rsatkichlari quyidagilardan ibo-
rat:
harorat, siqish bosimi, vakuum
va detalni ushlab turish vaqti. Bir
xil materiallarni diffuziyali pay-
vandlashda biriktirish harorati met-
allni eritish haroratining 0,5—0,7
qismiga teng bo‘ladi. Har xil tarki-
bli metallarni payvandlash harorati
oson eruvchi metall harorati
bo‘yicha olinadi. Payvandlash ja -
rayonida haroratni ko‘tarish, atom-
lar diffuziyasini tezlatish va kontakt
yuzaning plastik deformatsiyasini
yaxshilash uchun zarur. Pay vand -
lashda payvandlash (ushlab tu rish)
vaqtini o‘zgartirmay turib harorat
ko‘tarilsa, birikma mustahkamligi
3 - r a s m. Diffuziyali
payvandlash
dastgohi.
29
ortib boradi. Siqish bosimi ma’lum miqdorgacha ko‘tarilsa ham birikma mus-
tahkamligini orttiradi, ma’lum chegara dan so‘ng esa uni kamaytiradi. Mo‘rt
metallarni juda ham ko‘p vaqt ushlab turish birikish hududida g‘ovaklar paydo
bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan iboratki, bunda payvandlash
biriktirilayotgan detallar qalinligiga bog‘ liq emas. Diffuziyali payvandlashda
metall bilan metallmas materiallarni oson va sifatli payvandlash mumkin. Bu
esa har xil o‘lchov asboblari detallarini, bimetallar va murakkab kompozit ma-
teriallarni
payvandlash imkonini beradi (4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: