Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

qo‘shilgan va ikkinchi tezlik qo‘shilgan vaziyatlarga qo‘yish mumkin.
Suv — tizimning shpindellarini yuvish, mashinani yuvish, baklarni suv bi-
lan  to‘ldirish  uchun  xizmat  qiladi.  Paxtani  terish  paytida  shpindellar  o‘simlik
shirasi  bilan  qoplanadi.  Shira  chang  va  paxta  tolalar  bilan  aralashib  shpindel
sirtida  mustahkam  qatlam  hosil  qiladi.  Natijada  shpindel  ifloslanib,  tishlari
to‘lib  qoladi,  tishlarning  faolligi  kamayadi,  terish  qobiliyati  susayib  paxtani
to‘kadi. Shuning uchun shpindellarni vaqti-vaqti bilan yuvib turish kerak.
Mashinaning  elektr  jihozlari  dvigatelni  ishga  tushirib  yuborish  va  kechasi
ishlashda  yoritish  uchun  xizmat  qiladi.  O‘lchov  kuzatkichlar  qutisida  o‘chir-
gichlar  va  nazorat-o‘lchov  asboblari  o‘rnatilgan.  Bu  orada  chiroqlarni  o‘chir-
gichlar, startyor, ampermetr, moyning harorati va bosimini ko‘rsatgich, tovush
signalining tugmachasi, saqlagichlar o‘rnatiladi. Ishlab turgan dvigatelda moy -
ning  harorati  90—95°C  atrofida  bo‘lishi  kerak.  Moyning  bosimini  ko‘rsatgich
moylash  tizimidagi  bosimni  nazorat  qilib  turadi.  Nazorat  chirog‘i  relening,
generatorning  kamchiligidan  yoki  generatorni  harakatga  keltiruvchi  tasmaning
uzilganligidan xabar berib turadi.               
G‘o‘za  tuplari  shpindelli  barabanlar  orasidagi  ish  tirqishiga  kirishda  tup
yo‘naltirgichlar  ta’sirida  birmuncha  oldinga  egiladi.  G‘o‘za  tuplari  ish  kam-
erasida  harakatlanishni  davom  ettirganda  yana  ko‘proq  egiladi.  Bunga  sabab


shuki,  barabanlar  g‘o‘zalarni  qamrash  yo‘nalishida  aylansa  ham,  lekin  shpin-
dellarning ish sirtlari g‘o‘za tuplarini ish tirqishidan itarib chiqarish yo‘nalishi-
da  aylanadi.  Natijada,  g‘o‘za  tupining  yuqori  qismi  oldingi  vertikal  holatidan
300 mm dan oshiqroqqa egiladi. Bunday sharoitda shpindel tishlari bilan pax-
tani  ilashtirish  imkoniyati  kamayadi,  chunki  ko‘sak  shpindelning  tishlariga
orqasini o‘girgan holatda bo‘ladi.
Ochilgan ko‘saklardan paxta quyidagicha teriladi: tup yo‘naltirgichlar tupni
siqib ish kamerasida aylanuvchi shpindellarga yo‘naltiradi. Shpindelning tishlari
ko‘saklar ning  ochilgan  paxtasiga  yaqinlashganda  paxta  tolalarining  orasiga  ki -
radi  va  shpindel  paxtani  o‘ziga  o‘ray  boshlaydi.  Agar  tup  siqilmasa,  ko‘saklar
shpindeldan chetlashishi mumkin. Ilashgan tolalar ketidan boshqalari ham er-
gashadi. Natijada, ko‘pincha chanoqdagi hamma paxta shpindelga o‘ralib qola-
di. Ayrim hollarda bitta yoki bir necha chanoqlardan paxta o‘raladi. Goho bir
ko‘sakdagi paxta bir necha shpindellar bilan ilashtiriladi. Paxtani har bir shpin-
del  o‘ziga  tortadi,  natijada  bir  qism  paxta  yerga  to‘kiladi.  Chanoqlardan
chiqarilgan  va  shpindelga  o‘ralgan  paxta  shpindelning  tez  aylanishi  natijasida
shpindeldan yechila boshlaydi. Qobirg‘ali siquvchi baraban paxtani shpindeldan
tamoman yechilib ketishdan saqlaydi.
Apparatlarning to‘g‘ri joylashganligini tekshirish uchun tekis maydonchada
bir-biridan 2400 mm masofada ikkita parallel chiziqlar chiziladi; bu chiziqlarga
yetakchi  g‘ildiraklar  joylashtiriladi.  O‘rtada  o‘q  chiziq  o‘tkazilib,  uning  ustiga
oldingi g‘ildirak joylashtiriladi. O‘q chiziqdan chap va o‘ng tomonda 900 mm
masofada yana ikkita pa rallel chiziqlar chiziladi. Bu to‘g‘ri chiziqlarda apparat-
lar ish tirqishlarining o‘rtalari joylashishi kerak. Agar chiziqlar to‘g‘ri chizilgan
bo‘lsa,  oxirgi  apparatlar  ish  tirqishlari  bilan  traktor  yetakchi  g‘ildiraklari
orasidagi  masofa  ikkala  tomonda  ham  300  mm ni  tashkil  qilishi  kerak.
Yuqoridagi o‘lchovlar o‘tkazilgandan keyin traktor g‘ildiraklaridagi havo bosimi
tekshiriladi. Bu bosim oldingi g‘ildirakda 0,35 MPa, yetakchi g‘ildiraklarda 0,3
MPa bo‘lishi kerak.
Ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish ishlari uchun shpindelli apparatning
qo‘zg‘aluvchan  seksiyalarini  qo‘zg‘almas  seksiyalariga  nisbatan  40°  burish
mumkin. 
Shpindellardagi  paxta  cho‘tkali  ajratkichlar  yordamida  ajratib  olinadi.
Ajratish  hududida  shpindellardagi  paxta  tamoman  ajratib  olinishi  kerak,  aks
holda  shpindelda  qolgan  paxta  tishlarni  berkitib  qo‘yadi  va  shpindellar  paxta
termaydi.
Cho‘tkalarning aylanma tezligi shpindelnikiga qaraganda sakkiz hissa katta
bo‘lib,  ular  bir-biriga  qarama-qarshi  yo‘nalishda  aylanganidan  nisbiy  tezlik
yanada katta  bo‘ladi.
114


Vertikal  shpindeldagi  paxtani  yechish,  tortish  va  sidirish  usullarida  ajratib
olish mumkin. Cho‘tkalar shpindeldagi paxtani urib tushirganda uning bir qis-
mini  uzib,  qa bul  kamerasiga  tashlaydi.  Shpindeldagi  paxta  sidirib  ajratilganda
cho‘tkaning qillari tolani o‘ziga ilib, o‘zi bilan olib ketadi. Sidirish usuli shpin-
dellarning  sirtida  ushlanib  qolgan  ayrim  tolalarni  ajratib  olishda  muhim
ahamiyatga ega. Shpindelning sirtidan yechib, so‘ng tortib ajratilgan paxtaning
to‘qimachilik  xossalari  sidirib  ajratilgan  paxtanikidan  ancha  yaxshi  bo‘ladi,
chunki yechish-tortish usulida tolalar kam uziladi. Paxtani ajratib olish nuqtayi
nazaridan  hozir  ishlatilayotgan  diametri  24  mm li  shpindellar  ilgarigi  18  mm
lilarga qaraganda ancha yaxshi natija beradi.
Ajratkichlarning vaziyatini tekshirish uchun ish apparati qo‘lda aylantirilib,
shpindelning  o‘qli  chizig‘i  barabanlar  va  ajratkichning  o‘qlaridan  o‘tuvchi  bir
tekislikka keltiriladi. Rostlash uchun ajratkichning yuqorigi va pastki korpuslar-
ini  panellarga  qotiruvchi  boltlar  bo‘shatiladi.  Ajratkichning  pastki  qismi  rost-
lash  boltini  aylantirib  siljitiladi.  Bu  bolt  pastki  korpusni  pastki  panelning
tutqisidagi  ovalsimon  teshik  bo‘ylab  siljitadi.  Boltni  bir  marta  aylantirganda
ajratkichning pastki qismi 1 mm suriladi.
Ventilyatorning to‘g‘ri ishlashi uchun uning parragi bilan qobig‘i o‘rtasidagi
tirqish 0,5—2,0 mm bo‘lishi kerak. Bu tirqish parrak tovog‘ining tekis qismi bi-
lan qobiqqa payvandlangan to‘sinning toresi orasida o‘lchanadi. Tirqish qistir-
malar  yordamida  rostlanadi.  Tasmali  uzatmalar  ishlatilganda  ularning  tarang-
ligini doimo kuzatib turish kerak. Tasmalar bo‘sh tortilganda shkivda sirpanib
aylanadi. Natijada yetaklanuvchi valning aylanish tezligi kamayadi, quvvat ko‘p
nobud  bo‘ladi.  Tasmalar  ortiqcha  taranglansa,  podshipniklar  zo‘riqib  ishlaydi,
tasmalar tez yeyiladi. Bu holda ventilyatorning ish unumi kamayadi, havo bosi-
mi pasayib, qabul kamera tezda tiqilib qoladi.
Ventilyatorning  o‘qlari  bir  to‘g‘ri  chiziqda  yetakchi  va  yetaklanuvchi
shkivlarning sirtidagi ariqchalari bir tekislikda joylashishi kerak. O‘qlarning bir
to‘g‘ri chiziqda yotishi qistirmalar qo‘yib, ariqchalarning bir-biriga to‘g‘ri kel-
ishi esa kontryuritma korpusini oval o‘yiqlar bo‘ylab surib va kontryuritmaning
shkivlari orasidagi qistirmalar ning o‘rnini almashtirib rostlanadi. Taranglash ro-
liklari  tasmalar  tekisligida  joylashishi  kerak.  Agar  roliklar  bir  tekislikda  yot-
masa, tayanch tutqilarning tagiga qistirmalar qo‘yib rostlanadi.
17XV-1,8A vertikal shpindelli ikki qatorli mashinalar qator oralari 90 sm li
paxtalarni terish uchun mo‘ljallanadi. Bu mashina T-28X4M traktoriga o‘rnat-
ib ishlatiladi.
Quyidagi  8-jadvalda  paxta  terish  mashinalarining  qisqacha  tafsiloti  kel -
tirilgan.
115


116
8 - j a d v a l.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish