Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/118
Sana31.12.2021
Hajmi3,6 Mb.
#229466
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118
Bog'liq
mashina va jihozlarga texnik xizmat korsatish

O‘g‘itlash me’yorlari. O‘g‘it sepuvchi apparatlarni berilgan me’yorda sepa-
digan  qilib  rostlash  uchun  silindrning  pastki  toresi  bilan  tovoq  tubining
orasidagi ta’minlash tirqishi o‘zgartiriladi. Buning uchun silindr rezbali xomut
ichida aylantiriladi.


Dastlab  barcha  apparatlardagi  ta’minlash  tirqishlari  bir  xil  kenglikda
o‘rnatiladi. O‘g‘it o‘tkazgichlar esa ish organlaridan ajratiladi va ularning tagiga
qutilar  yoki  og‘irligi  oldindan  ma’lum  bo‘lgan  xaltachalar  osib  qo‘yiladi.
Traktorning yetakchi g‘ildiraklaridan biriga taglik qo‘yib, ko‘tarib, erkin aylana
oladigan qilinadi.
Bir  gektarga  sepiladigan  o‘g‘it  me’yori  quyidagicha  hisoblanadi: traktorning
yetakchi  g‘ildiragi  11  marta  aylanganda  agregat  50  yo‘l  o‘tgan  bo‘ladi.
Shunda  qamrash  kengligi  2,4  li  agregat  0,012  ga maydonga  ishlov  beradi.
O‘g‘it solish me’yori 100 kg/ga bo‘lsa, 0,012 ga maydonga 1,2 kg o‘g‘it sepila-
di.  Agar  o‘g‘it  to‘rtta  voronkadan  sepilsa,  har  bir  voronkadan  0,3 kg o‘g‘it
sepilishi  kerak.  Binobarin,  yetakchi  g‘ildirakni  11  marta  aylantirganda,  har
qaysi voronkadan tushgan o‘g‘it miqdori 0,3 kg bo‘lishi lozim. 
Dehqonchilikda  mehnat  talab  qiladigan  jarayonlardan  biri  qator  oralarini
yumshatish  va  begona  o‘tlarga  qarshi  kurashishdir.  Bu  ishlarni  o‘z  vaqtida  va
sifatli o‘tkazishing sezilarli darajada poliz, ozuqa va texnikaviy o‘simliklarining
hosildorligini oshiradi. Minerallashgan og‘ir va botqoq tuproqlarda mavjud kul-
tivatorlar ko‘p hollarda agrotexnika talablariga javob bermaydi, ayniqsa, qator-
lab ekilgan ekinlarning qator oralariga ishlov berish og‘ir ishlardan hisoblanadi.
Og‘ir  loytuproqlarda  mavjud  kultivatorlar  ko‘p  miqdorda  begona  o‘tlarni
qoldirib  ketadi  va  tuproqni  siljitib  yuboradi,  natijada  har  xil  chuqurliklar,
tuproq uyumlari va yirik palaxsalar paydo bo‘ladi.
So‘nggi  vaqtlarda  tobora  kengroq  qo‘llanilayotgan  frezali  haydov  kultiva-
torlarining  ish  sifati  ahamiyatga  molik.  Bu  kultivatorlarning  afzalliklariga
tuproqni  mayin  holga  keltirishi,  begona  o‘tlarni  to‘la  yo‘qotish  va  tuproqqa
ko‘mib  tashlashi  hamda  mineral  va  organik  o‘g‘itlarni  tuproq  bilan  haydov
chuqurligining barcha nuqtalarida tekis  aralashishini ta’minlashi kiradi. Frezali
haydov kultivatorlarini qo‘llash ekin oraliqlariga beriladigan ishlovlar sonini ka-
maytiradi.  Ular  traktorga  agregatlanishi  bo‘yicha  tortib  yuriladigan,  osma  va
o‘ziyurar frezali haydov kultivatorlariga bo‘linadi.
Konstruksiyalanishi  va  joylashtirilishi  bo‘yicha  ular  traktorning  oldingi,
markaziy  va  orqa  qismida  joylashishi  mumkin.  Ishchi  seksiyalari  ketma-ket
joylashgan frezali haydov kultivatorlari ham mavjud.
Traktorning oldingi qismida joylashgan kultivatorlar orqada joylashgan kul-
tivatorlarga nisbatan ish sifatini kuzatishda afzallikka ega, ammo burovchi mo-
mentni ishchi organlarga uzatish, xizmat ko‘rsatishning qulayligi va ishchi or-
ganning transport holatida yerdan balandligi kabi belgilarda kamchiliklari ko‘p.
Bundan tashqari, frezalar yumshatib ketgan qator oralaridan traktor g‘ildirak-
lari o‘tganda tuproqni qaytadan zichlab, chuqur izlar qoldiradi, natijada o‘sim-
liklarning suv-havo va oziqlanish  me’yori  buziladi.
107


108
Mo‘ljallanishi  bo‘yicha  guruh  yuritmali  (ko‘p  qatorli,  seksiyali)  va  alohida
yuritmali  kultivatorlarga bo‘linadi.  Guruhli  yuritmani,  odatda,  past  bo‘yli
o‘simliklarning  nihollari  oralig‘iga  ishlov  berishda  qo‘llash  mumkin.  Alohida
yuritmalisi esa poyasi baland o‘simliklar oralig‘iga ishlov berishda ishlatiladi.
Frezali  ishchi  organlar  bilan  haydov  chuqurligi  bo‘yicha  tuproqning  bir
tekisda yumshatilishiga va qator oralariga sifatli ishlov berilishiga erishiladi (6-
jadval).
Kultivatorning konstruksiyasi oraliqlari 45—90 sm bo‘lgan to‘rtta, oltita qa-
tor oralariga ishlov berish uchun sozlash imkonini beradi va MTZ-80X traktori
bilan birga ishlatiladi.
6 - j a d v a l.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish