O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILI VA ADABIYOTI
KAFEDRASI
Mavzu :
Og’zaki va yozma nutqning qiyosiy tahlili
Bajardi :
Axmedova Nargiza
Tekshirdi :
Mamatqulova S.
Andijon 2014
Mavzu: Og’zaki va yozma nutqning qiyosiy tahlili
Reja:
I . Kirish:
II . Asosiy qism:
1) O’gzaki nutq haqida tushuncha.
2) Yozma nutq haqida tushuncha.
3) O’quvchilarning nutqiy ko’nikma va malakalarini nazorat qilish yo’llari.
4) Ko’nikma va malakalarni nazorat qilish usullari.
III . Xulosa.
“ Tarbiya biz uchun yo xayot yo mamot, yo najot-
Yo xalokat , yo saodat -yo falokat masalasidir”
Ta’lim - tarbiya soxasini islox qilayotganda bir muxim masalaga katta e’tibor
berish lozim.
Bolalarimizni necha yoshdan o’qishga qabul qilish ma’qul?
Olimlarning fikriga ko’ra normal rivojlangan bolalarni 6- yoshdan maktabga qabul
qilish ularning aqliy, ruxiy va jismoniy kamolotida, o’quv dasturlarini yaxshi
o’zlashtirishda ijoboy samara beradi.
Ayni zamonda, bolalarni 6- yoshdan o’qishga jalb etishga , xar biriga aloxida
yondashish, birinchi navbatda, ularning salomatligi va zexni, shuuri qay darajada
shakllanganligi e’tiborga olinishi lozim. Jismoniy va aqliy tomondan xali to’liq
shakllanmagan bolalarning 6-yoshdan maktabga majburan qabul qilinishi, ularning o’qish
davomida o’z ojizligini sezishi va qiynalishiga olib kelishi mumkin . O’zbekiston
Respublikasi ta’lim to’g’risidagi qonunning asosiy maqsadi:
Ushbu qonun fuqarolarga ta’lim , tarbiya berish , kasb- hunar o’rgatishning
Xuquqiy asoslarini belgilaydi xamda xar kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy
xuquqini ta’minlashga qaratilgan.
Bilim olish xuquqi. 4- modda.
Jinsi, tili, yoshi, irqi, milliy mansubligi, e’tiqodi dinga munosabati, ijtimoiy
Kelib chiqishi, xizmat turi, ijtimoiy mavqei, turar joyi, O’zbekiston Respublikasi
xududida qancha vaqt yashayotganligidan qati’y nazar, xar kimga bilim olishda teng
xuquqlar kafolatlanadi. Davlat ta’lim standartlarini
Umumiy o’rta , o’rta maxsus, kasb -hunar va oily ta’lim mazminiga xamda sifatiga
qo’yiladigon talablarni belgilaydi. Davlat ta’lim standartlarini bakarish O’zbekiston
Respublikasining barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. O’zbekiston respublikasi
ta’lim tizimi va turlari mavjud. Ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi:
- maktabgacha ta’lim: - umumiy o’rta ta’lim: o’rta maxsus kasb hunar ta’limi; oliy
ta’lim; oily o’quv yurtidan keyingi ta’lim; va kadrlar malakasini oshirish va ularni
qayta tayyorlash ; maktabdan tashqari ta’lim tizimi va turlari quyidagilardan iboratdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov , asosan o’sib kelayotgan yosh -avlodni barkamol bo’lib
yetishiga juda ko’plab imkonoyatlar yaratib bermoqda. Kadrlar tayyorlash milliy
dasturini yaratish bo’yicha respublika komissiyasining majlisida so’zlagan ―Zamonaviy
Kadrlar - taraqqiyotimizning muxim omlidir’’ nutqidan. << Dasturda ko’zda tutilgan
asosiy maqsad nimadan iborat?
Birinchidan, biz erkin demokratik jamiyat barpo etayapmiz. Bozor munosabatlari
xayotimizga teran kirib bormoqda. Ma’naviyatni yuksaltirish borasida ulkan ishlar
amalgam oshirilmoqda. Qisqacha aytganda, dunyoqarashimiz o’zgarmoqda.
Respublikamizda kadrlar tayyorlash ta’lim -tarbiya tizimida jiddiy o’zgarish ro’y
bermayapti. <
lo’nda qilib ifoda etish mumkin. Bizga bitiruvchilar emas, balki maktab ta’lim
tarbiyasini ko’rgan
shaxslar kerak>>.
<egallashi juda qiyin kechayapti . Ta’lim muassasalari , birinchi navbatda oily ta’lim
muassasalari professor pedagogik xodimlari safidan yetuk o’qituvchi kadrlar tayyorlash,
ularning rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta’limidagi ijobiy tajribalarini o’rganishi,
o’qitishning yangi pedagogik texnologiyalari bilan tanishishi va chet- ellarda tajriba
ortirishini ta’minlash maqsadida imtiyozli ravishda ―Umid jamg’armasini tashkil
etilishida Prezidentimiz xissasi kattadir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsad va vazifalari.
Mazkur dasturning maqsadi- ta’lim soxasni tubdan islox qilish, uni o’tmishdan qolgan
mafkuraviy qrashlar va sarqitlardan to’la xalos etish , rivojlangan demokratik davlatlar
darajasida , yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar
tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. <> O’zbekiston respublikasi
Qonuniga muvofiq ta’lim tizimni islox qilish davlat ta’lim muassasalari, ta’lim tizimini
yagona o’quv - ilmiy - ishlab chiqarish asosiy vazifasidan iboratdir.
Kadrlar tayyorlash soxasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy -axloqiy
jixatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali xar
tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy va pedagogic madaniyatni
oshirish maqsadida , ta’lim muassasalari ota- onalar, oila, maxilla qo’mitalari,
< > jamoatchilik markazi, tashkilot va fondlar bilan o’zaro
puxta hamkorlik qilinmoqda.
Kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari;
1) Ta’limning uzluksizligini ta’minlash;
2) Ta’lim jarayonini mazmunan islox qilish;
3) Ma’naviy axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlar;
4) Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlar;
5) Ta’lim tizimini boshqarish;
Ta’limning o’z ichiga maktabgacha ta’lim umumiy o’rta va o’rta maxsus , kasb -hunar
ta’limini qamrab oluvchi yangi uzluksiz va izchil tizimi barpo etiladi. Pedagog
kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning zamon talablariga
moslashuvchi, ta’limning yuqori sifatli va barqaror rivojlanishi pedagog kadrlarni
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, raqobatbardosh darajada ularning kasb
sifatini qo’llab quvvatlash ta’minlanadi.
Oliy ta’lim muassasalarida davlat ta’lim standartlariga mos yuqori malakali o’qituvchilar
tayyorlash bo’yicha maxsus fakultetlar, shuningdek respublika viloyatlarida kasb –hunar
ta’limi uchun o’qituvchilar mutaxassislar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash
yuzasidan markazlar tashkil etilgan.
Kadrkar tayyorlash milliy dasturimizda, shu jumladan, ijtimoiy -siyosiy iqlimga
ijobiy ta’sir qiladi va natijada mamalakatimizdagi mavjud muxit butunlay o’zgaradi.
Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, insonning xayotdan o’z o’rnini topish jarayoni
tezlashadi. Xar qanday odam xam o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan
davrida jamiyatdan munosib o’rnini topishi kerak. Biz joriy etilayotgan mazkur ta’lim
modeli orqali avvalo ana shu vaziyatning oldini olamiz. Qolaversa, yoshlarni muayyan
bir ixtisosga ega qilib, xayotga yo’llanma beramiz.
Dunyoga umid bilan qadam qo’yib kelayotgan navnixol inson xayotdan munosib o’rnini
topsa, turmushidan, taqdiridan, vatanidan rozi bo’lib yashaydi, umr bo’yi bunyodkorlik
faoliyati bilan mashg’ul bo’ladi. Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi
erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi.O’zining qadr qimmatini anglaydigon, irodasi
baquvvat, iymoni butun , xayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash
imkoniga ega bo’lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat xayotning
bosh mezoniga aylanadi. SHunda odam olomon bo’lib, xar laxzada extiyoj sezib emas,
aksincha- o’z aqli, o’z tafakkuri, o’z mexnati, o’z ma’suliyati bilan, ongli tarzda, ozod va
obod xur fikrli inson bo’lib yashaydi. Oliy ta’limni islox qilish omillari nimalardan
iborat? Yuqori, chuqur bilimlar olish xoxish emas, balki malaka va ko’nikmalarni puxta
egallashdan iboratdir, bundan tashqari oliy o’quv yurtini tamomlagandan so’ng ish bilan
ta’minlanishi talab etiladi. SHuning uchun xam aksariyat talabalarning o’quv jarayoniga
bo’lgan munosabati yuzaki emas. O’qituvchilar xam o’zlarining faoliyatlarini
takomillashtirish masalalariga juda katta e’tiborni talab qiladi.Bundan tashqari , kadrlar
tayyorlash milliy modelida oliy ta’lim maxsus o’rin egallaydi, xamda uzluksiz ta’lim
tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Oliy ta’limning maqsadi respublikamizning iqtisodiy
va madaniy rivojini ta’minlashga, o’zi tanlagan mutaxassislik bo’yicha bozor iqtisodiyoti
sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni
tayyorlashdan iboratdir. Bo’lajak kadrlarda chuqur va mustaxkam bilimlarni shakllantirish,
milliy istiqlol g’oyalariga sadoqatni, Vatanga muxabbatni, bu yo’ldagi fidoiylikni
tarbiyalashni davom ettirish xam oily ta’limning asosiy vazifalaridandir. Bundan tashqari
fan, texnika va texnologiyalarni rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish,
olingan natijalardan ta’lim jarayonida unumli foydalanmasdan, o’qitish amaliyotiga yangi
pedagogic va information texnologiyalarni kiritmasdan yuqorida ta’kidlangan natijaga
erishish mushkul.
Bu asosiy prinsiplarga avvalo, ta’lim va tarbiyaning insonparvarligi va demokratligi,
universitet ta’limining ustuvorligi, o’rta maxsus, kasb- hunar ta’limi, oliy va oily o’quv
yurtidan keyingi ta’limning uzluksizligi va vorisiyligi, ta’lim tizimining dunyoviy
xarakterga ega ekanligi, davkat ta’lim standartlari doirasida oily ta’limning xamma uchun
ochiqligi, tala’ntli va iqtidorlikni rag’batlantirish, oily ta’lim tizimida davlat va jamiyat
boshqaruvining uyg’unlashuvi , oliy ta’lim , fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi va
boshqalar kiradi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, davlat ta’lim standartlari doirasida oliy
ma’lumot olish xar bir mamlakatimiz fuqarosi uchun ochiqdir. Bunday imkoniyat ikki yo’l
bilan amalga oshiriladi. Birlamchisi - bu davlat grantlari, ya’ni talabalarning o’qish uchun
zarur bo’lgan xarajatlarini davlat o’z zimmasiga oladi. Grantlar xududlarning ijtimoiy -
iqtisodiy rivojlanishida oliy malakali kadrlarga bo’lgan extiyojdan kelib chiqib
belgilanadi. Prezident farmoniga asosan xalqaro respublika fan olimpiadalari, xalqaro
musobaqalar g’oliblari oliy o’quv yurtlariga test sinovlarisiz kirish xuquqiga egadirlar.
Yoshlarimiz, o’z navbatida to’lov- kontrakt shaklida xam oliy o’quv yurtlarida o’qishlari
mumkin. Oliy ma’lumot olish istagida bo’lgan yoshlar tegishli o’quv yurtlari
ma’muriyatlari bilan shartnoma tuzadilar. O’zbekiston respublikasi prezidenti I.A.Karimov
Oliy majlisning IX sessiyasida oliy ta’limni tashkil qilish to’g’risida quyidagi fikrni
bildirgan;
<
bilan aloqasini mustaxkamlash zarur. O’z domlalarimiz bilan cheklanib qolmay, chetdan
xam domlalar chaqirishni yo’lga qo’yishimiz kerak.
Yetuk saviyali domlalarni tayyorlash bo’yicha maxsus bir fond tashkil etish kerak. Biz
shu fond orqali domlalarni, O’zbekiston Professorlarini chet mamalakatlarga yuborib,
malakasini oshirib kelishiga yaratib berishimiz kerak. Ular chet –ellarda malakasini
oshirsin, dong’I chiqqan universitetlarda o’zlari leksiyalar o’qisin, tajriba orttirsin, mana
shundan keyin O’zbekistonning obro’yi nomi olamga ovoza bo’ladi.
Ilm va xunarsiz xalqning boyligi, yeru asbobi kundan -kun qo’lidan ketganidek, axloq va
obro’yi xam qo’ldan chiqar, xatto dini xam zaif bo’lur.
Maxmudxo’ja Bexbudiy.
Mamlakatimizda joriy etilayotgan uzluksiz ta’lim tizimida maktabdan tashqari ta’limning
o’ziga xos o’rni bor. Bu bejiz emas, albatta. Zero bolalar va o’spirinlarning
ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab – ehtiyojlarini qondirish,
ularning bo’sh vaqtini va dam olishini tashkil etish, jamiyatdagi barqarorlikni,
ma’naviy barkamollikni
Ta’minlashda juda muximdir.
Bunday sharoitda xududlardagi maktabdan tashqari muassasalar imkoniyatlaridan unumli
foydalanishi ko’zda tutilgan. Yoshlarimizga ta’lim
Berish va ularni kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatuvchi muassasalar
tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmatlar turlarini, masalan
Xalq xunarmandchiligi bilan shug’ullanadigon <> guruxlarini
ko’paytirish talab etiladi. Qolaversa o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etishning, shu
jumladan ommaviy sport va jismoniy tarbiya - sog’limlashtirish tadbirlarining bolalar
turizmining, sportning
Boshqa milliy turlari va shakllarini tiklash xamda amaliyotga joriy etiladi. Ayniqsa
milliy sport o’yinlari xaqida ma’lumotlar yig’ish, ularni boyitish va shular asosida
yoshlarimiz o’rtasida keng tashviqot qilish kun tartibidagi dolzarb masalalardan
biridir.
SHuningdek maktabdan tashqari ta’lim yo’nalishida milliy pedagogic qadriyatlarga
asoslangan va jaxondagi ilg’or tajribalarni inobatga oluvgchi dasturlar va
uslubiy materiallarni ishlab chiqish, joriy etish
Xam muxim ma’noga ega. Mazkur vazifalar << Kadrlar tayyorlash milliy dasturi>>
da belgilangan bo’lib, kadrlar tayyorlash milliy tizimida
Tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari to’g’risidagi yangi fundamental na
amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar
tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli foydalanishni, shuningdek,
kadrlar tayyorlash jarayoning ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasini yaratish,ta’limning
axborot bazasini shakllantirishni xamda ilmiy tadqiqotlar darajasiga yangicha
qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy - pedagogic xodimlarning ijtimoiy mavqei
va obro’sini oshirishni va shu kabilarni qamrab oladi.
Chet tilida o’qishni o’rganish o’rta maktab o’quvchilari uchun yakuniy amaliy
maqsad xisoblanadi.
< > tushunchasi mazkur soxaga oid ilmiy - metodik ta’rifga muxtoj.
< > deganda, xarfiy belgilarda ifodalangan nutqiy axborotni idrok etish
va uning mazmunini payqash jarayoni tushuniladi.
Umuman <> tushunchasini ta’limshunoslar kengroq ma’noda
Xam bayon etadilar; grafik koddagi axborotni undan butunlay farq, qiladigon kodga
ya’ni (tovush kodiga) o’tkazish jarayonidir. Ushbu ilmiy
Izoxga xayotda uchraydigon o’qish turlarining barchasi kiradi ( ierogliflarni
O’qish, piktogrammalarni o’qish, chizmalarni o’qish, notalarni o’qish,
O’lchov asboblari va xokazolar. Metodika fanidagi <> tushunchasining taxlili
matn ustida olib boriladigon ishlarni belgilovchi omil bo’lib xizmat qiladi. O’qish ,
Yozilganni aytish (o’qish texnikasi).
Matnni idrok qilib, mazmunini anglash (nutq faoliyati turi).
O’qilish - xarf yoki so’zning o’qilishi (xarf tovush munosabati). O’quvchilarga mazmun
(matn nima xaqidaligi ) va jarayon (ichda yoki tovush chiqarib o’qish) o’rgatiladi. Mazmunni
(axborotni) yozma matndan olishga nutq faoliyatining turi o’qish demakdir. Matndagi axborotni
o’zgalarga yetkazish ovoz chiqarib o’qish yo’li bilan amalgam oshiriladi. Ovoz chiqarmay
o’qiganda xam ichda gapirish(icgki nutq) sodir bo’ladi. Xozirgi davrda o’qish xuddi,
ovqatlanish, uyqu, ish singari faoliyat, ya’ni ma’naviy ozuqa olish vositasi bo’lib qoldi. Ilmiy-
texnika va boshqa axborotlar asosan o’qish orqali o’zlashtiriladi. O’quvhci chet tildagi darslik
matnlari, o’qish kitobi, matbuot xabarlarini o’qib, til o’rganilayotgan mamlakat xayoti ,
madaniyati, tarixi, adabiyoti kabilar bilan yaqindan tanishadi. O’qilgan matn axborotni
o’zlashtirib olish uchun o’qish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bilim shaxsning ma’lum
soxada to’plagan ilmiy tajribasidir.
Ko’nikma ongli ravishda bajariladigon ish xarakat. Bu mavxum va konkret bo’lishi mumkin.
Ustoz tomonidan o’rgatilgan ish xarakat bilim yaxshi egallangan xolatda bo’lishi, xoxlagan
paytda boz undan foydalana olishimiz bu ko’nikma hisoblanadi.
Malaka qisman avtomatizm darajasiga ko’tarilgan faoliyatdir.
Ma’lumki shakllangan ko’nikmalar quyidagicha; eshitish – nutqxarakat timsoli bilan aloqag
krishish ko’nikmasi , (nutq birligi, so’z va so’z brikmasi, jumla, xatto abzas bo’lishi
mumkin). Ushbu ko’nikmalar yig’indisi o’qish texnikasi (tovush xarf munosabatini) tashkil
etadi, va rezeptiv ko’nikma (idrok) deb ataladi. Oldin aytib o’rganilgan til materiali yozuvda
ko’rinishi bilan munosabatga kiradi, ya’ni og’zaki o’zlashtirilgan xodisa endi yozma o’rganiladi,
nutq birliginig tovush nutqxarakat timsoli va uning ma’nosi bog’lanishi (o’qishning leksik
ko’nikmasi) va Grammatik shaklining ma’no bilan bog’lanishi (o’qishning Grammatik
ko’nikmasi) dir. Ikkala kichik ko’nikma yaxlit amal qiladi. O’qish texnikasini bilmagan
kishi o’qigan narsasining mazmunini tushunmaydi, shuningdek, o’qilish qoidasini bilishi
xam xali ma’noni tushunib yetish uchun qiyinchilik talab etadi.O’qish jarayoni
tushunchasi qamroviga muallim va o’quvchi faoliyati xamda ushbu jarayonning tashkiliy
shakllari kiradi. Ta’limshunoslikda bu jarayon o’quv yili, o’quv choragi, dars mashg’ulot
nomlari bilan ataladi. Dars deganda, o’quv faoliyatining ayrim bir bo’lagi
tushuniladi.So’lashuv tilida mashg’ulot, saboq deb xam yuritiladi. Mashg’ulot atamasi esa
mashq so’zi bilan bir o’zaklidir. Mashqlar bajarish mashg’ulotni tashkil etadi. Xorijiy til
darsi mashg’ulotni mashqlar majmuidan iboratdir. Xorijiy tilda o’quvhci tayyorlov va
nutq mashqlari bajarish bilan band bo’ladi. Xorijiy til darsining asosiy xususiyati uning
amaliy, ya’ni nutqiy yo’naltirilganligidir. Gapirish -tinglab tushunisg, o’qish va yozuvni
amalda egallaydilar. Metodik manbalarda ichki turtki (motivatsiya) ning uch toifasi mavjud:
chet -elga boorish uchun tilni o’z ish faoliyatida qo’lash, yaqin kelajakka tegishli kechalar,
konkurslar, olimpiadalarda ishtirok etish, devoriy matbuotga maqola tayyorlash va muallim
topshirig’ini bajarishga qaratilgan motivatsiya bo’ladi. Xar bir darsda vazifa- maqsad
tarzida o’quv metodik xodisalardan nutq ko’nikmasi yoki nutqiy malaka bo’lishi mumkin
, ya’ni malaka va ko’nikma darsning maqsad – vazifalarini belgilovchi omillardir.
Aytilganlardan ko’rinib turibdiki , darsning maqsadi ko’nikma yoki malakani
shakllantirishga qaratiladi. Masalan, muayyan nutq malakasini takomillshtirish bosgqa
amaliy vazifa bilan birgalikda olib borilishi mumkin( gapirish va leksika, grammatikani
o’rgatish, gapirsh va o’qish, gapirish va tinglash kabilar). Dars ta’limiy jixatini olib
ko’raylik: O’quvchilarda muloqot yuritish malakasini hosil qilamiz, muloqot vositalari
maqomida gapirish, o’qish, tinglab tushunish va yozuv malakalarini o’rgatamiz. Ular
ma’lum bir ko’nikmalarga asoslanadi. SHunga ko’ra maqsadni aniqlash hollari quyidagicha
bo’lishi mumkin: gapirish, o’qish, tinglab tushunishning leksik, Grammatik, talaffuz
ko’nikmasini shakllantirish, o’qish texnikasini rivojlantirish, gapirish (yakkanutq, juftnutq)
malakasini o’stirish. Ushbu maqsadlar nomlanishi haqqoniy tartibda bo’lishi uchun bir
shartga rioya qilinadi: albatta aniq mavzu, o’quv nutqiy vaziyat yoki til materiali nomma –
nom sanab ko’rsatiladi. Darsga qo’yiladigon zamonaviy talablarni sanab o’tamiz:
1)Xorojiy til xaqida qoidalar (mavxumotlarni) bayon etish emas, ko’nikma va malaka
hosil qilish darsning asosiy maqsadidir;
2)Nutq amaliyoti (mashqlarda) kommunikativ yo’nalishidagi nutq jarayoniga taqlid
qilinadi;
3) Dasda xorijiy til materialini metodik tashkil qilish bir butunlik shaklida ro’yobga
chiqadi(nutq namunasi barcha mashqlarda asosiy birlik hisoblanadi;
4) Xar qaysi nutq faoliyati turi o’ziga mos mashqlar tizimi yordamida o’rgatiladi;
5) Darsning yagona yetakchi maqsadi va yordamchi maqsadlari bo’lado;
6) Dars samaradorligini o’quvchilar faolligi bilan o’lchanadi;
7) Darsda nazorat ta’limiy ruxda bo’ladi;
8) Imkon boricha dars xorijiy tilda olib boriladi;
9) O’quv materialining mazmuni , puxta ishlab chiqilgan metodik usullar va ko’rgazmalilik
yordamida o’quvchilarda qiziqish va bilishga intilish uyg’otadi;
10) Dars tarbiyaviy va umumta’limiy vazifa o’tab, o’quvchilar saviyasini ko’tarish, bilish
maylini kuchaytirish va tarbiyalash ishlariga ulush qo’shadigon tadbirdir;
11) Dars jarayonida o’quvhcilarning yoshi va ta’lim bosqichi e’tiborga olinadi;
12) Xorijiy til darsi faoliyatini egallashda ma’lum til materialini qo’llashning bir
pog’onasidir.
Xorijiy tilning qiyinchilkilari darslik muallifi tomonidan mashqlar yuzishda hisobga
olinadi. Muallim ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha yayyorgarlik ko’rganida, ona-
tili va xorijiy til xodisalari muqovasini taxlil qiladi. O’rta qiyin til birliklariga e’tiborni
kushaytiradi, zarur bo’lsa qo’shimcha mashq kiritadi. Mashqlar ketma –ketligini ta’minlash
, xozirgacha shakllangan o’quvchilar ko’nikma va malakalarini hisobga olib, darsda
bajarilmish mashqlar tartibotini belgilab chiqish yaxshi natija beradi. Taqdim etiladigon
va ilgari o’rganilgan o’quv til materialini ko’nikma va malaka tarkibiga kiritish niyatida
uch bosqichli shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi, va takomillashtiruvchi mashqlar tavsiya
etiladi. Darslikdagi va o’zi beradigon mashqlar bajarilishining eng samarali tartibi ishlab
chiqiladi. Muallimda kasbiy – pedagogic malakalar ( rejalashtirish, tadbiq etish, tashkil
qilish, va tarbiyalash), metodik malakalar( o’rgatish, tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini
o’quvchilar yosh va xususiyatlarini bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak. Tashkiliy
malakalar deganda, qo’yilgan rejani amalgam oshirish, o’quvchilar o’quv ishini tashkil
qilish, audio- visual vositalarini ishlatish, o’quvchilarnig bilish jarayonini boshqarish
tushuniladi. Bilish malakalari sirasiga o’quv materialning ilmiy taxlili , shogirdlarning o’quv
faoliyatini kuzatishi, o’zining va boshqa muallimlarning tajribasini taxlil qilish kiradi.
O’qish turlarini o’rgatishda axborot olish niyatida, o’qish avvalan, amaliy maqsad va
ikkinchi tarafdan, ta’limiy vosita ekanligi xammaga ayon. O;qish tom ma’nosi bilan
ma’naviy ozuqa olish yo’lidagi g’oyat murakkab va ayni chog’da muxim metodik
masaladir. O’qish jarayonida bajariladigon vazifalar bilan bog’liq aqliy operatsiyalar
majmualari xilma- xil bo’lib, ularni metodika fanida o’qish turlari deb
ataladi.(C.K.Folomkina ta’rifi). O’qish turlari va turchalari miqdori elliktaga boradi,( ona –
tilida qirqbeshtaga yetadi) deydi. Ilmiy manbalarda o’qish turlarini aniqlashning bir nechta
tartibi mavjud:
1) idrok xususiyati va tushunish jarayoniga ko’ra analitik, sintetiko’qish;
2) 2) ko’zlanadigon maqsaddan kelib chiqib – tanishuv, o’rganuv,kuzatuv o’qish;
3) Oldindan ko’rilgan xozirlik munosabati bilan tayyorlangan, tayyorlanmagan o’qish;
4) Til tajribasi nuqtai nazardan ,tarjimali, tarjimasiz o’qish;
5) Yordamchi vositalar ishlatish zaruriyati tufayli—lug’at bilan, lug’atsiz o’qish;
6) Ishlash joyiga qarab – sinfda, uyda o’qish;
7) Ishni tashkil etish tarziga binoan- yolg’iz , xor bilan o’qish;
8) Ovoz ishtiroki jixatidan –ichda, ovoz chiqarib o’qiash va hok.
O’qish nutq faoliyatining turi sifatida nutqni eshitib tushunishga o’xshaydi, uning og’zaki
nutqdan rezeptiv farqi shundan iboratki, o’qish jarayonida axborot
Ko’rish kanali orqali keladi. O’qishda tushunish faqat eshitishdagi singari bevosita bo’lishi
(taxlil va tarjima natijasida kelishi xam mumkin). O’qishda tushunishni osonlashtiradigon
vaziyatlar tekstlarning til materiallarini bir oz kengaytirishga imkon beradi, bu o’z navbatida,
yetarli darajada mazmunli tekstlardan foydalanishga yordam beradi. I.A.Gruzinskaya –ning
<> ko’z ilg’aydigon tekst materialini tovush o’brazlari orqali bilan
to’g’ri, tez, aniq assosiatsiya qilish va tekstning anglangan bo’laklarini maksimal tovush va
intonatsiya aniqligida aytish maxoratidir>> deb yozgan ishida uchratamiz.
O’qishning texnikaviy tomonini o’rgatish yuqorida e’tirof etilgandek, o’qilgan materialning
mazmun tarafini egallash uchun zamin tayyorlaydi. O’qish texnikasi tushunchasi qamroviga
quyidagi aqliy operatsiyalar kiradi.
1) xarflar va xarf brikmalarini ko’ruv sezgi analizatori, yordamida tanib olish orqali ularni
ifodalovchi tovushlar bilan aloqasini o’rnatish;
2) grammatik belgilarni tanib olish, so’zning grammatik shakllarini fikran belgilash va
ularni grammatik struktura maqomida birlashtirish;
3) gapdagi yordamchi so’zlarni tanib olish, ma’lum mustaqil so’zlarga ularning
daxldorligini payqash va ularni muayyan strukturalarga fikran birlashtirish;
4) o’rganilgan mustaqil so’zlar ma’nolarini faxmlash;
5)notanish yasama va qo’shma so’zlarning morfemalarini tanib olish va ularni yaxlit so’zlar
tarzida payqash;
6)grammatik belgilariga ko’ra so’zlarni sintagmatik guruxlarga fikran briktirish;
7)grammatik belgilarga tayanib, rezeptiv ravishda gapning tuzilishini yaxlit tasavvur qilish;
8) grafik ifodalangan jumlaning oxangi ( intonatsiyasi) va urg’ulari ( aksentuatsiya) ni nutqiy
jarayonda idrok qilish;
Mazkur operatsiyalar amaliyoti chog’ida o’qilayotgan material mazmuni xam, albatta
e’tiborda bo’ladi, chunki o’qish texnikasini egallash o’qilmish matndan axborot olishga
yo’naltiriladi. O’qish texnikasini o’rgatishga kirishayotgan paytda muallim jaxon metodikasida
jamlangan ilmiy –amaliy muloxazalarni o’zlashtirgan bo’lishi va o’z faoliyatida ulardan o’rinli
va unumli foydalanish kerak. O’qish texnikasi tushunchasining doirasiga nimalar kiradi? Eng
avvalo, aytish kerakki, yozma, bosma xarfning tovushga o’tishi , ya’ni xarfning tovush ifoda
etishi moddiy xodisa bo;lmasdan, so’z bilan ta’riflanadigon til materiali xaqidagi mavxumot
xisoblanadi. Talaffuzda grafik timsolga tayanish shart emas.Biroq ovoz chiqarib chiqarib
o’qish –yozma tayanchga ko’ra talaffuz etishdir. O’qilish qoidalari quyidagicha tasniflanadi;
unli xarflarning to’rtta bo’g’inda kelishi, undosh xarflarning o’qilishi , unlilar brikmasi, undosh
xarflarning o’qilishi ,unli bilan undosh brikmasining o’qilishi o’qilmaydigon unli, undosh
xarflardir. O’quvchi o’qish materialida keladigon so’zlarning o’qilish qoidalarini ketma –ket
o’rganib boradi. Bunda darslikdagi o’qish mashqlari , lug’atdagi so’z transkriptiyasi va
muallimning tushuntirishlari unga yordam beradi. O’qilgan o’qilish qoidalari jamlovchi
jadvallarda umumlashtirilib, tartibga solinib takrorlanadi. Notanish so’zlar o’qilish
qoidalarining umumlashtirilgan jadvalni ko’satish metodik xatolarga olib kelininshini
unutmaslik kerak. Bizning o’rta maktablarimizda o’qilish qoidalariga misol tariqasida lug’at
boyligidagi o’zgarishlar albatta joriy lug’atdan tanlanadi. Chunki o’quvhci o’rgangan
o’qilish qoidasiga rioya qilib, notanish so’zlarni xam o’qiy olishga qodir bo’lishi tavsiya
etiladi. Shu munosabat bilan o’qilish qoidasini o’rgatishga oid mashqlardagi so’zlarning
ko’pchiligi o’quvchi lug’at boyligiga kirmaydi. O’qish texnikasi lug’atni bir jumla bilan
shunday ta’riflash mumukin; qoida berish o’quvchi so’z boyligini kengaytirish yo’li emas,
balki o’quvchi nutqida uchraydigon so’zlarning o’qilishini oldindan o’zlashtirib olish uchun
zaruriy metodik choradir. Yuqoridagi qoidalarni bilish o’quvchilarga birinchi yil ushbu
darslik bo’yicha o’rgangan barcha nemischa so’zlarni o’qiy olishi imkoniyatini yaratadi.
Boshqa o’qilish qoidalari o’quv dasturuga muvofiq ikkinchi va uchinchi o’quv yilida
o’rganiladi.O’qish texnikasini o’rgatishda turli metodlardan foydalaniladi. Ularning nomlari
metodik adabiyotlarda g’oyat xilma –xildir. Muallimlarda deyarli munozra uyg’otmaydigon ,
aksariyat ko’pchilik ma’qul topadigon <> va <
o’qish>> metodlari xalqaro miqyosda keng tarqalgan. Ulardan tashqari << tovush - xarf >>
va <> metodlaridan xam foydalanishadi. So’zni bo’linmas birlik tarzida grafik
timsoli o’qishda analiz –sintez qilinadi. Shu bilan bir paytda esa o’qishda talaffuz birligi
maqomida so’z emas, balki bo’g’in gavdalanadi. Aytilganlarga asoslanib , butun so’zni ,
xarfni, bo’g’inni o’qish texnikasi birligi qilib olish tavsiya etib kelinadi. Masalan ; so’zni
butncha o’qish o’quvchilar o’rganadigon barcha leksik birliklarni yakkama –yakka
o’rgatishni ya’ni ularga 200-300 va undan ortiq marta kuch va vaqt sarflashni talab etadi.
Xarfni yolg’iz o’qitish esa xar bir so’zni xarflab o’qishga olib keladi. Bo’g’inlab o’qish va
ayni chog’da tovush va xarf taxlilidan foudalanish eng ma’qul metoddir. Og’zaki nutqni
oldin egallash sharoitida o’qish texnikasini o’zlashtirish so’zning yaxlit timsolidan uni
tovush- xarf taxliliga va so’ngra sintez qilishga o’tishdir. Bunday o’qish analiz- sintez metodi
nomi bilan muallimlarga tanish. O’qish amaliyotidan tashqari o’qilish qoidalari xam berib
boriladi.Qoida taqdimoti bir tomondan, leksik material xajmiga va ikkinchidan ushbu
mavxumot xususiyatiga bog’liq. O’qish texnikasini o’rgatish tushunishni o’rgatish bilan
chambarchasdir. Ammo o’qish texnikasini o’rgatishning talaygina muammolari bor, bular
o’qish texnikasining moxiyati, o’qishning bu tomonini o’rgatish metodlari, og’zaki nutq bilan
barcha bosqichlarda o’qish malakalarini qo’llab –quvvatlash xaqidagi masaladir. O’qish
texnikasi deganda nimani tushunish kerakligini ko’rib chiqamiz. Bu tushunchaning ta’rifini
biz I.A.Gruzinskaya –ning to’g’ri, tez, aniq, tekstni bo’laklarga bo’lib o’qish orqali o’qish
texnikasini rivojlantirish o’quvchilarning talaffuz ko’nikmalariga ega bo’lgandagina xosil
bo’ladi deb ta’rif keltiradi. O’qish malakasi deganda ,<> o’qish surati ko’zda
tutiladi. O’quvchilardan normal suratda o’qishni qachon talab etish kerak, degan masalada xar
xil fikrlar mavjud. Ba’zi metodistlar birinchi o’quv yilida normal suratda o’qishga erishishga
xarakat qilmaslik lozim deb hisoblaydi. Umuman ayrim manbalarning ma’lumot keltirishicha,
50-dan ortiq o’qish turlari mavjud. Oliy o’quv yurtlarida analitik,
Sintetik, tarjimali, tarjimasiz o’qish turlari o’tkaziladi. Sanab o’tilgan o’qish turlari xar xil
natijalarni olishni maqsad qilib qo’yadi. Masalan, ko’z yugurtirib o’qish maqola yoki kitob
mavzusi xaqida tasavvur xosil qilishga yo’naltirilgandir.Bu ma’lumotni olish uchun
sarlavha yoki kichik sarlavhaga qarash, ayrim xatboshi (abzas) yoki gaplarni tez o’qib
chiqish, ya’ni maqola yoki kitobni ko’rib chiqish yetarli hisoblanadi. Tanishish maqsadida
o’tkaziladigon o’qish turi tez maromda ravon o’qish turi sanaladi. Ta’limiy o’qish turi
o’tkazilganda o’quvchi, talaba matndan ifodalangan ma’lumotni to’la, aniq tushunishga va
uni tanqidiy qabul qilishga intiladi.SHu sababli talaba, o’quvchidan matn yoki mqolani
batafsil bilishi uchun obdon o’qib chiqish, ayrim joylarni esa qayta –qayta o’qib chiqish, talab
qilinadi. Xozir o’rta maktabda uchta o’qish turi mavjud:
1) Tanishuv o’qish turi;
2) Sinchiklab o’qish turi;
3) Ko’z yugurtirib o’qish turi;
Tanishuv o’qish turi uchun til materiallari jixatdan tanish va oson bo’lgan katta xajmdagi
matnlar o’qish uchun olinadi. Bu o’qish turi orqali o’qib, ma’lumot olishga o’rgatishdan
oldin o’qish sinfda, auditoriyada o’tkaziladi. Darsda esa tushunganlik darajasi tekshiriladi.
Tanishuv o’qish turi orqali eng ko’p, 80-90% ma’lumot olishga erishiladi. Bu o’qish turi
6-7-8-9- sinflarda ovoz chiqarmay o’qish orqali amalgam oshiriladi.
Sinchiklab o’qish o’quvchi, talaba matndagi qiziqtiradigon fikrni, ma’lumotni, dalilni,
topshiriqni topish maqsadida sinchiklab o’qiydi. Ma’lumot ko’proq, topshiriq, vazifa, dalil
xaqida olinadi. O’qish ovoz chiqarmay amalgam oshiriladi, sinfda o’tkaziladi, uyda o’qilib,
sinfda tekshirishligi xam mumkin, u 7-8-9- sinflarda o’tkaziladi.Tushunganlikni
tekshirish mashqi sifatida eng ko’p xollarda ayrim qismlar esa ona – tiliga tarjim qilinadi.
Ko’z yugurtirib o’qish bunda eng kam ma’lumot olinadi. Oldindan faxmlash, xulosa
chiqarish, faqat kerakli ma’lumotni ko’z yugurtirib tezda topish ko’nikmalari rivojlantiriladi.
Topshiriqlar matn yoki maqolaning kim yoki, nima xaqida ekanligini tez topish kerak
bo’ladi. Oliy o’quv yurtlarda ko’pincha analitik va sintetik ( mustaqil uyda o’qish) turlari
o’tkaziladi. Analitik o’qishda talaba matn mazmunini matndagi so’z iboralarni, qiyin
abzaslarni analiz taxlil qilish orqali tarjimasiz, tushunadi matndan ma’lumot oladi. O’qish
shakllari 4-turga
Bo’linadi:
1) ovoz chiqarib yoki baland ovoz bilan o’qish ;
2) ovoz chiqarmay yoki ichda o’qish;
3) yakka (individual) o’qish;
4) jo’r (xo’r) bo’lib o’qish;
Ovoz chiqarib o’qish shakli ko’pincha o’qish texnikasini o’rhatishda keng foydalansa,
ovoz chiqarmay o’qish esa o’qiganining mazmunini tushunishda ishlatiladi. Yakka o’qish
esa ovoz chiqarib o’qish orqali, ifodali o’qishni o’rgatishda, uyda o’qib mazmunni
tushunish ovoz chiqarmay o’qish orqali amalgam oshadi. Ovoz chiqarib o’qish talaffuzni
yo’lga qo’yish va tuzatish bilan birga olib boriladi. Bu paytda so’zlarni shaklan belgilarini
ularning gapdagi ma’no va vazifalari bilan muvofiq keltirishga, shakl va mazmunni taxmin
qilishga, matn mazmunidagi bosqichlarni yoki chegaralarni topishga, matn muallifi
g’oyasini tushunib yetishga katta axamiyat beriladi.
O’qishni o’rgatishda qo’llaniladigon mashqlar. O’qishni o’rgatishda til yoki tayyorlov nutq
mashqlari tushunish bilan va malakalarni xosil qilishga yordam beradi. Til yoki tayyorlov
mashqlari o’qish texnikasini shakllantirish va rivojlantirish, o’qishning tilshunoslik va
psixologik mexanizmlarini barpo etishga qaratilgandir. Yuqorida aytib o’tilgan mashqlar
vositasida o’quvchilar nemis tili xarflarini bir- biridan va o’zbek tili xarflaridan
farqlashga, ularni to’g’ri o’qishga o’rganadilar. Ular notanish matndagi qiyinchilkilarni
bartaraf qilishga va uning notanish mazmunini tushunishga o’qituvchi talabalarni
tayyorlaydi. Xar qanday yangi material o’qish jarayonini sekinlashtiradi, shu sababli
matnni o’qishdan oldin bajariladigon mashqlar xarf –tovush nisbatini mustaxkam
o’zlashtirishga, ayniqsa o’quvchilarni malakasi va ko’nikmalarini shakllantirishda,
mazmunini taxmin qilish mexanizmini rivojlantirishda katta yordam bermoqda. Ilmiy
manbalarda tavsiya etiladigon va maktab tajribasida
Qo’llanadigon mashqlar turli jixatdan tasnif etilshi mumkin:
1) matn bilan ishlash bosqichlari;
2) o’qish turlari;
3) o’qish texnikasi va mazmuni bilan bog’liq mashqlar;
Birinchi tasnifga ko’ra leksik - Grammatik birliklarni o’zlashtirish mashqlarini bajarish
tayyorlov bosqichiga kiradi. Matnni o’qish bosqichida esa quyidagi mashqlar bajariladi:
1. Matn mazmuni bilan tanishish.
2. Matn abzasini gapma -gap o’qish/
3. Keyingi abzasni xikoya qiluvchining Grammatik shaxsini o’zgartirish.
4. Navbatdagi abzasni fe’l zamonini o’zgartirib o’qish.
5. Muallim matnga mos tushmaydigon jumla aytadi, o’quvchi matndan to’g’risini
topib o’qiydi.
6. Matn mazmunini navbatma –navbat aytish.
7. Matn mazmuni yuzasidan o’quvchilar bir - birlari bilan savol- javob qiladilar.
8. Matn mazmuni reja asosida gapirib beriladi.
Matn ustida ishlashning uchinchi bosqichida o’ziga xos mashqlar bajariladi:
1. Yakkanutq yoki juftnutqda ushbu matn va oldin o’tilgan materiallardan foydalanib
gapirish, mashq qilinadi/
2. Yangi o’quv nutqiy vaziyat bo’yicha matndan foydalanib gapirish.
3. Juftnutq mashqlarini bajarish. Matn xususiyatiga ko’ra tushunganlikni tekshirish
mashqlari bajariladi.
Ikkinchi tasnifga binoan, o’quvchilar tanishuv, o’rganuv, kuzatuv o’qishga oid mashqlar
bajarishadi.
1)Matnning umumiy mazmunini tushunib savollarga javib berish.
2) Muallim matndagi ayrim axborotni ataylab o’zgartirib aytadi, o’quvchilar matndan
to’g’ri ma’lumotni aytib beradi.
3) Matndan oldingi savollarga javob topish.
4) Muallim fikrini isbotlovchi dalillarni matndan topib aytish.
Mutolaa (o’rganib o’qish) davrida matn mazmunini batafsil tushunishga qaratilgan mashqlar
bajariladi.
1) Tekstni ko’z yugurtirib o’qib chiqish;
2) Diqqat bilan mutolaa qilish.
3) Tushunganlikni tekshirish uchun matnning ayrim joylarini yoki to’liq yozma
tarjima qilish.
4) Savol - javob mashiqni bajarish.
Kuzatuv o’qish chog’ida boshqa turlardagi o’qishga qo’shimcha quyidagi mashqlar tavsiya
qilinadi:
1. Uch –to’rt daqiqa mobaynida matnda nima xaqida gap borishini aniqlash;
2. matndan falon narsa xaqidagi joylarni topib o’qish;
3. gazetadan falon maqolani topib o’qish.
Uchunchi tasnif bo’yicha o’qish mashqlari ikki toifada bajariladi:
1.til materialini, boshqacha aytganda, nutqiy faoliyat ko’rsatish vositalarini o’zlashtirishga
va matndagi axborotni faxmlash usullarini egallashga mo’ljallangan mashqlardir. Til
xodisalarini o’qish jarayonida o’rganish mashqlari:
1) so’zni yozish (ko’ruv timsolini xosil qilish) va o’qish:
2) orfografik belgiga binoan so’zlarni to’ldirib yozish va o’qish:
3) xarfi tushurib qoldirilgan so’zlarni to’ldirib yozish va o’qish:
4) diktantlar yozish va o’qish:
5) muayyan xarfni o’z ichiga olgan qator so’zlarni o’qish:
6) falon tovushli so’zlarni o’qish:
7) qisqa va cho’ziq unli ishtirokidagi so’zlarni o’qish:
8) qiyoslangan so’zlar ustunini o’qish:
9) bir qoidaga rioya qiladigon tanish va notanish so’zlarni o’qish:
10) so’z brikmalarini o’qish:
11) gaplarni o’qish:
12) mikro tekstni o’qish va boshq.
Grafemalar (xarf va xarf brikmalarini), so’z, so’z brikmalari, gap, mikrotekstni sinf
doskasidan, daftar yoki kitobdan va tarqatma materialdan o’qish mumkin. O’qishdan
axborot olish mashqlari asosan bilim ko’nikmalarni shakllantirishdan iboratdir.
O’qish tezligi.
O’qish texnikasini, o’qiganning mazmunini tushunishga, ifodali o’qishni o’rgatishda
muxim ro’l o’ynaydi. O’qishda odatdagi qulay yuqori, o’rtacha sekin tezliklar bo’lishi
mumkin. Odatdagi tezlik deganda oddiy sharoitda ko’pchilik o’qishda tushuna oladigon
tezlik tushuniladi. Qulay tezlikda o’quvchi, matnni o’qib mazmunni tushunish xech qanday
qiyinchilikka duch kelmaydi. Tezliklar o’qish turiga, shakliga qarab turlichadir. Ovoz
chiqarib o’qishda odatdagi tezlik bo’lib, 1- sekundda 3,8 so’zdan 8,8 gacha, ovoz
chiqarmay o’qishda esa 2,2 ta so’zdan 4,7 yoki 6,4 tagacha so’zlarni o’qib, tushuna olish
hisoblanadi.
O’qish tezligi o’qish turiga qarab 4- bosqichga bo’linadi:
1. Matndan ma’lumot olish yoki qidiruv tezligi;
2. O’qilgan matndan fakt, dalillarni aniqlash tezligi;
3. Matn mazmunidan kengroq, ma’lumot olish tezligi;
4. Matnni so’zlash uchun o’qish tezligi;
O’qishda xozir 3-ta tezlik ko’zda tutilmoqda: a) yuqori tezlikda o’qish, b) o’rtacha
tezlikda o’qish, c) sekin tezlikda o’qish. Tezlik sifati sinfdan -sinfga qarab oshaveradi.
Xozirgi paytda yana o’qish tezligi quyidagicha taqsimlanadi.
Tezlik. Vaqt. So’zlar soni.
Eng yomon o’qish. 1 minutda 175 ta so’zli matnni o’qish.
Yomon o’qish. 1 minutda 200 ta so’zli matnni o’qish.
O’rtacha o’qish. 1 minutda 230 – 270 ta so’zli matnni o’qish.
Yaxshi o’qish. 1 minutda 270- 320 ta so’zli matnni o’qish.
Eng yaxshi o’qish. 1 minutda 320- 400 ta so’zli matnni o’qish.
A’lo o’qish. 1 minutda 400- ta so’zli matnni o’qish.
Matn ustida ishlash bosqichlari.
Matn o’qishni o’rgatish va uning ustida ishlashning bosqichlari bor, ular o’qishni
o’rgatishda muximdir, chunki yuqori sinflarda talabalar o’qiydigon matnlar katta bo’lib,
tuzilishi va ish materiallari xususiyati jixatdan murakkabdir. Xozirgi paytda notanish
mazmunli matn ustida ishlash 4-ta bosqichga bo’linadi:
1) Tayyorlov bosqichi.
2) Matnni bevosita o’qish bosqichi.
3) Matnni o’qigandan keyingi bosqich.
4) Ijodiy bosqich.
1- bosqichda, matnda uchraydigon yangi, notanish leksik va Grammatik materiallar
tanishtiriladi, kiritiladi, tushuntiriladi. SHuning uchun 2-ga bo’linadi: 1) leksik qism; 2)
grammatik qism;
2- bosqichda, bevosita matn o’quvchilarga o’qitiladi. Matnni ovoz chiqarib, chiqarmay
o’qish ikkinchi bosqichda amalgam oshiriladi.
3- bosqichda, matnni o’qib bo’lgandan keyingi mazmunni tushunganlikni tekshirish turli
mashqlar orqali amalga oshiriladi.
4- ijodiy bosqichda, o’quvchi talabalar, matn mazmuniga o’z fikr- muloxazalarini mustaqil
aytadilar, uning tarbiyaviy tomoni taxlil qilinadi va chuqurlashtiriladi.
Analitik o’qish tekstni ongli ravishda o’qishga o’gatadi. Qiyin joylarini taxlil va tarjima
qilish, ular tushunishni ta’minlaydigon vositalar xisoblanadi. Bu vositalardan va bevosita
tushunish usulidan birgalikda foydalanilsa, barcha o’qilganlarni to’la va aniq tushunishga
erishish mumkin. Tekstni o’qish jarayonida qisman til materiali xam o’zlashtiriladi, lekin
bunga yo’l -yo’lakay va juda cheklangan xolda erishiladi. Tekst yuzasidan analitik ish olib
boorish butun nutq namunalarini, ayniqsa ularning elementlarini eslab qolishga imkon
beradi albatta, ammo bu ixtiyorsiz eslash bo’ladi. U analitik o’qishning maqsadini tashkil
etmaydi. Lekin tekstda til materiali ko’p bo’lsa, analitik o’qish bu til materialini
o’zlashtirib olishda katta ro’l o’ynashi mumkin. Til materialini analitik o’qishda sintetik
o’qishdagi kabi keng xajmda o’zlashtirish talab etilmaydi, chunki buning o’rniga til
shakliga katta e’tibor beriladi. Ishni bu xilda qo’shib olib borilsa va bir qator maxsus
mashqlar o’tkazilsa, tajribada ko’rilgandek, ancha yuqori natijalarga erishish mumkin.
Analitik o’qishning eng muximi o’quvchilarni fikrining subyekt va predikatini aniqlash
uchun rasmiy elementlarga va boshqa yo’llarga, shuningdek, boshqa gap bo’laklariga
tayanishga o’rgatishdan iboratdir. Endi taxlilning turli xillari qanday metodik sistemada
foydalanilishini ko’rib chiqamiz. Bu sistema axborot olish maqsadida o’quvchilarni chet -
tili tekstlari yuzasidan mustaqil ishlashga o’rgatish vazifasi bilan bog’liq. O’quvchilar
analitik o’qish usullarini egallashlari va undan maqsadga muvofiq izchillikda foydalana
olishlari kerak. Taxlil usulining izchilligi ma’noni tushunib boorish bosqichlariga
bog’liqdir. Agar tekst badiiy adabiyotdan olingan bo’lsa, unda kirish suxbatida parcha
olinadi. O’quvchilar bilan ular o’qigan asar xaqida va uning muallifi xaqida suxbat olib
borish mumkin. Ko’p o’qituvchilar tomonidan qo’llanilayotgan tekstning mazmunini
og’zaki bayon etish usuli noto’g’ridir, bunda o’qishning axamiyati yo’qoladi, o’qish
axborot olishga qaratilgan faoliyat bo’lmay qoladi. Dastlabki o’qish jarayonida o’quvchilar
tekstning o’rganilgan material asosida tuzilgan va xech qanday qiyin tomoni bo’lmagan
qismini bevosita tushunadilar. Taxlil natijasida o’quvchilar tarjima bilan ifodalangan gapni
tushunadilar. Buning sababi shundaki, bu bosqichda tekstning aloxida qismlari yuzasidan
ish olib borilib, tekstning butun mazmuni go’yo chetda qolgandek bo’ladi, ayrim gaplarni
taxlil qilish va uni ovoz chiqarmay yoki ovoz chiqarib butunlay qayta o’qish va shu yo’l
bilan tekst xaqida umumiy tasavvurni tiklash kerak. Analitik o’qishning xususiyati o’qish
bosqichiga bog’liqligi o’z – o’zidan ravshandir. 8- sinfgacha biz analitik o’qish xaqida,
uning to’la ma’nosida gapira olmaymiz. Yuqori sinflarda analitik o’qish mustaqil o’qish
bo’lib qolyapti. O’quvchilar analitik o’qishga mo’ljallangan yangi tekstni uyda ko’rib
chiqadilar. Tekstning qiyinligiga qarab yo sinfda oldindan taxminiy ish olib boriladi, yo
bunday ishga zaruriyat yo’qoladi. O’quvchilar leksik taxlil bilan bog’liq xolda ikki tilli
lug’at bilan ishlash malakasini egallamoqlari, va faraz etishdan foydalanmoqlari kerak.
Grammatik taxlil bilan birgalikda qilinadi va ko’pincha grammatik taxlil oldin keladi,
chunki so’zning ma’nosini bu so’z qanday so’z turkumidan ekanligini bilmay turib
aniqlash mumkin emas. Sintetik o’qishning metodik masalalari xozirgi talablar asosida
o’qishni o’rgatishning umuman deyarli xamma masalalarni, xususan 9- yillik maktablarda
o’qishni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Faqat ayrim metodik qo’llanmalarda sintetik o’qish
munosabati bilan maxsus mashq o’tkazish zarurligi xaqida masala qo’yiladi va bunday
mashqlardan ayrim misollar keltiriladi, lekin bu mashqlar tarqoq xarakterdadir. Shunga
qaramay, o’quvchilarni lug’atsiz o’qishga va o’qilganni bevosita tushunishga maxsus
o’rgatish zarur. Tekstni to’la tushunish mumkinligi va mazmunga qiziqishning o’zi bunday
o’qishni ta’minlaydi. Shuning uchun sintetik o’qish jarayonida o’qishga ajratilgan vaqtni
cheklab, tegishli topshiriqni bajarish tavsiya etiladi va chet- tili tekstini o’qiyotgan talabaning
fikrini sun’iy ravishda to’xtatishga to’g’ri keladi.O’qish jarayonida bajariladigon topshiriq
biror axborot olishga, uni tushunishga, baxolashga va amaliy qo’llashaga qaratilgan bo’lishi
kerak. O’qilganni obrazli idrok etishni o’stirishga qaratilgan mashqlar o’qitishning barcha
bosqichlarida o’tkazilishi mumkin. Mazmun uchun turli axamiyatga ega bo’lgan faktlarni
ajratish, mazmunni rivojlantirishda to’g’ri izchillik o’rnatish malakalarini o’stirish bilan
bog’liq mashqlarni o’qitishning o’rta bosqichidan boshlab o’tkazishga kirishiladi. Tekstda
sxema yoki rasmga biror o’zgarish yoki qo’shimcha kiritish talab etilhan bo’lishi mumkin.
Bunday topshiriq xar bir o’quvchi bajara oladigon darajada bo’ladi. O’quvchilarning
yuqorida bayon etilgan mashqlarni o’qilayotgan tekstning mazmuniga to’la e’tibor bergan
xolda bajara olishlari uchun muayyan tayyorlov mashqlarini o’tkazishga to’g’ri keladi. Bu
mashqlar tekstning yirik elementlarini bilishga va bu elementlarni to’laligicha tez idrok
etishga, bog’liq tekstni normal suratda o’qishni o’rganib olishga qaratilgan. Sintetik o’qish
jarayonida o’quvchi ovoz chiqarmay o’qish malakasini egallamog’i kerak. Shuning uchun
ovoz chiqarmay o’qish tekst bilan ishlashning asosiy formasidir. Lug’atsiz o’qishga
o’rgatadigon usullar sistemasini ishlab chiqish bilan birga, bu o’qishni tashkil etish va
o’tkazish muxim masala xisoblanadi. Ko’p maktablarda uyda o’qishga 7- sinfdan oldin
o’tishmaydi, ba’zi joylarda esa 9- sinfda o’tishadi, bu albatta, chet tilida o’qish malakalarini
o’stirishga imkon bermaydi. Uyda o’qishni erta boshlash shu bilan bog’liqki, sintetik
o’qishda anchagina tajriba kerak. O’qitish usullari, sintetik o’qishni tashkil etish va
tekshirish borasida biz ancha ko’p faktlarga molik bo’lamiz. Xususan, sinfda va uyda
o’tkaziladigon sintetik o’qish munosabati va aloqalari soxasida bir xil fikr mavjud.
Tekstlar xajmi va ularning xususiyatlari xaqidagi masala o’qish normasi bilan bevosita
bog’liqdir. Metodik adabiyotda o’quvchilardan tekstan uncha katta bo’lmagan parchalarni
kunda o’qishni va imkoni boricha bu ishning bajarilishini tez- tez nazorat qilib turishni
talab etadigon tavsiyalarni topish mumkin. O’qitishning eng boshlang’ich bosqichi uchun
berigan tavsiyagagina qo’shilsh mumkin. O’qishda bo’linish, taasurotning to’la emasligi,
o’qishda juda kichik parchalar bo’lishining muqarrarligi rag’batlantirilmasligi kerak.
Tayyorgarligi deyarli bir xil darajada bo’lgan sinflarda eng yaxshi usul umumsinf sintetik
o’qishi bo’lishi kerak. O’quvchilarning malakalari va qiziqishlari keskin farq bo’lsa, gurux
bo’lib yoki yakka tartibda sintetik o’qish o’tkazish ancha to’g’ri bo’ladi. Bu usulni
qo’llashdan maqsad o’quvchiga o’zini dadil tutish va o’z kuchiga ishonish imkonini
berishdan iboratdir. Yuqorida ko’rib o’tilgan muammolar bilan bir qatorda lug’atsiz o’qish
malakasini xosil qilish uchun yaxshiroq imkoniyat beradigon o’quv tekstlari qanday
bo’lishi kerakligi xaqidagi masalani xam xal qilish juda muxumdir.Sintetik o’qishning
vazifasi- oldingisini tushunishga o’rgatish tekst ancha katta bo’lganida amalga oshirilishi
mumkin. Shuning uchun biz topshiriqni bo’lmay , balki uyda xaftada o’qish uchun ma’no
jixatidan tugal bo’lgan ancha ko’p hikoyani berishni va sintetik o’qishni xar xafta nazorat
qilishni maqsadga muvofiq deb xisoblaymiz. Uy vazifasiga tekst mazmuni o’qish va
tushunish kiritilishi, shuningdek, o’quvchi darsda bajarganiga o’xshash topshiriqlar kiritilishi
mumkin. Yangi narsani darsda o’qish bilan birga, uyda o’qilgan bilan bog’liq bo’lgan
mashqlarni bajarish muxim o’rin egallaydi. Barcha o’quvchilar uyga bir xil vazifa
olishadi, keyin sinfda barcha turdagi mashqlarni bajarishda, bir xil sharoitda bo’lishadi.
O’quvchilarning xar xil tayyorgarlik olishlari, ayniqsa 9- sinflarda sezilmoqda.
Xorijiy tilning qiyinchiliklari darslik muallifi tomonidan mashqlar tuzishda hisobga olinadi.
Muallim ushbu darsning o’quv materiali bo’yicha tayyorgarlik ko’rganida, ona tili va
xorijiy til hodisalarini taxlil qiladi. O’ta qiyin til birliklariga e’tiborni kuchaytiradi, zarur
bo’lsa, qo’shimcha mashq kiritadi. Muallim va o’quvchilarning faoliyatida amal qiladigon
xatti- xarakatlar darsga tayyorlanishda puxta o’ylab chiqiladi. Muallimda kasbiy- pedagogik
malakalar ( rejalashtirish, tadbiq etish, tashkil qilish va tarbiyalash), metodik malakalar (
o’rgatish, tilni bilish, o’zlashtirish nazariyasini o’quvchilar yosh va shaxs xususiyatlarini
bilish) kabilar shakllangan bo’lishi kerak. Muallim rejalashtirish malakasini egallab til
materialini tanlash, o’rgatish, o’quv nutqiy vaziyat yaratish, o’quvchilar bilan munosabatda
bo’lish, darsni to’g’ri tashkil qilishga qodir bo’ladi. O’qituvchi ta’limiy malakasi esa dars
maqsadi vazifalarini ro’yobga chiqarish , ko’nikma va malaka xosil qiliash bo’yicha
o’quvchilar faoliyatini tashkil etish, nutqiy muloqotni o’rgatish va nazorat olib borishni
o’z ichiga oladi. Bilish malakalari sirasiga o’quv materialining ilmiy taxlili, shogirdlarining
o’quv faoliyatini kuzatishi, o’zining va boshqa muallimlarni tajribasini taxlil qilish kiradi.
Darsga tayyorgarlik chog’ida muallimning o’qitish malakalari va o’quvchilarning o’quv
malakalari atroflicha hisobga olinmog’i lozim. Xorijiy til darsining maqsadi , o’quvchilarni
xorijiy tildan muomala sifatida foydalanishga o’rgatishdir. O’qishni o’rgatishdan asosiy
maqsad, fikrni ifoda etishda qo’llaniladigon usullarni anglash va til tizimining ma’nosini
tushunishdan iborat bo’lgan ona -tili darslaridan xam farq qiladi.
Darsning plan konspektini tuzishda quyidagi omillarni hisobga olish zarur.
1) Xorijiy til darsida o’qish ko’nikmalar shakllantiriladi va malakalar rivojlantiriladi.
2) Darsning mazmuni sifatida qat’iy ketma –ketlik asosida bajariladigon mashqlar
xizmat qiladi.
3) Dars jarayonida amaliy, umumta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarni
muomala jarayonida amalgam oshiriladi.
Dars o’rgatish va o’rganish jarayonidir. Dars maktabda o’quv ishlarini tashkil etishning
asosiy shakli hisoblanadi. Dars bir xil tarkibdagi o’quvchilar bilan jadval asosida ma’lum
didaktik maqsadni amalgam oshirish jarayonidir.
Bilmlarni egallash o’quvchilarning faolligi, o’qish, o’rganish faolligi asosidagina amalgam
oshiriladi. Dars jarayonida ta’limning psixologik va didaktik sharoitlariga asoslanish asosiy
vazifa bo’lishi kerak. Dars faqatgina o’qituvchining tashkiliy pedagogik harakati bo’lmay
balki, ta’lim oluvchi ta’lim beruvchining ikki tomonlama faoliyatidir. Shuning uchun xam
dars nazariyasini hal qilishda bir tomondan nutq faoliyati nazariyasining dalillarini hisobga
olish zarur. O’quvchining bilish faolligiga ta’sir qiladigon ruhiy holat va jarayonlar
darsning psixologik asosi hisoblanadi.
Bunga birinchi navbatda diqqat, bilimlarni egallashga qaratilgan ichki tayyorgarlik,
ularning bilish istaklari, fikriy faolligi, irodaviy o’z –o’zini majbur qila olish, ishdagi
qat’iyligi va o’quvchining intilishlari kiradi. O’quvchining bilim olishga qaratilgan ijobiy
kayfiyati uning urinishlari ham ko’p narsaga bog’liq. Darsning didaktik asoslari deganda,
o’quvchilar diqqat e’tiborining ta’limiy vosita va usullari bilan o’quv materialiga jalb qilish
o’quvchilarda bilish jarayoniga va fikrlash faolligiga qanday qilib ta’sir o’tkazish o’quvchilar
bilishga ichki tayyorlash, o’quvchining qiziqtirish, intilish kabilarni kiritsh mumkin. Xorijiy
til darsining boshqa predmeti o’ziga xos xususiyatga egadir.
Dars o’quv yilida bilim berish, ma’lumot berish va olish maqsadida o’tkaziladigon saboq,
o’rgatish va o’rganish jarayoni hisoblanadi. Ilmiy adabiyotlarda darsning turlarini
farqlashda uning maqsadi asosiy mezon sifatida va o’quvchilar mustaqilligini qo’shimcha
mezon qilib olinadi.
Didaktik manbalarda fan asosini o’rgatish nuqtai nazaridan uy vazifasini so’rash, o’quv
materialini tushuntirish va dastlabki mustaxkamlash, o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilish
kabi darsning tuzilishi yoritilgan va xorijiy til o’qitishda xam tavsiya etib kelingan. XX
asrning 60- yillaridan boshlab xorijiy til darslari ikki turga bo’linadigon bo’ldi. Yetakchi
metodist olimlar ta’rificha, sof nutq darsi (SND) va aralash nutq darsi ( AND) nomlari
paydo bo’lgan. Birinchi tur (SND) ga, o’rganilgan til materiali yuzasidan shakllangan nutq
ko’nikmasiga asoslanib, nutq malakalarini bajarish tashkil etadi. Ikkinchi tur (AND) da esa
til materialini qo’llashga doir mashqlar ko’proq bajariladi. Leksik, Grammatik, talaffuz
materialini o’zlashtirish bilan bir paytda nutq ko’nikma va malakalarni rivojlantirish xam
darsning maqsadiga kiradi. Bunday darslarda yangi material taqdimoti, uning qo’llanishi
va ntq amaliyoti birgalikda olib boriladi. Til materiali va nutq amaliyoti birligini
ta’minlovchi mashqlar tizimi ishga tushadi. Biror mavzu , matn yuzasidan, yoki muayyan
til materialida ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi dars (
mashg’ulotlar) yig’indisi darslar tizimi nominin olgan. Dars tizimi bir va bir necha
paragrafni qamrab oladi. Tizimning umumiy maqsadidan kelib chiqib, yolg’iz dars maqsadi
aniqlanadi, u AND yoki SND bo’lishi mumkin.
Dars rejasida muayyan model, albatta, aniq o’quv materiali, mavzu O’quv nutqiy vaziyat,
matn bilan to’ldiriladi, masalan 4/17 – SND (O’NV yordamida juft nutqni o’rgatish) ni
olsak, dars maqsadi ― Sinfingizda yangi o’quvchi bor, uning kimligini, qayerda turishini
so’rab olishimiz, O’NV bo’yicha juft nutqni o’stirish ― deb ifodalashi mumkin.
Dars o’quv yurtida bilim berish, ma’lumot berish va olish maqsadida o’tkaziladigon saboq,
o’rgatish va o’rganish jarayonidir. Har qanday dars o’zining didaktik, psixologik, lingvistik
va metodik asosiga ega. Har dars reja asosida tashkil qilinadi. Dars tushunchasi
quyidagilarni qamrab oladi:
Dars turlari.
Dars maqsadi.
Dars mazmuni.
Dars bosqichlari.
Tshkiliy davr .
Til muxitini yaratish .
So’rash va baholash .
Taqdimot .
Darsni yakunlash .
O’qituvchi faoliyati .
Dars konspekti .
O’quv yurtlarida ilm, bilim, ma’lumot olish va berish maqsadida o’tkaziladi. Fonetika,
grammatika va leksikaga oid bilimlar fonetik, leksik ko’nikmalar
Ongli ravishda bajariladigon ish- harakat darajasiga ko’tariladi.
Ko’nikmalar esa malakalarga qisman avtomatizm darajasiga yetkazilgan nutqiy
malakalarga aylantiriladi. Yangi materialni taqdimoti o’tilgan materialni mustahkamlash va
yangisini tushunganlikni nazorat qilish bilan bog’liqdir. Bu harakat va operatsiyalar tinglash
paytidagi ma’lum til materialini bilib olish, tanib olish va tushunish, kontekstdagi so’zni
ma’nosini aniqlash, leksik birliklarni va sintaktik birliklarni qovushtirish va boshqalar
bo’lishi mumkin.
Darsning tuzilishi ya’ni uning bo’linadigon bosqichlari va ularning izchilligi, o’qitish
uslubiga, ta’lim bosqichida, darsning maqsadi va mazmuniga bog’liq.
Odatda o’rta maktablardagi xorijiy til o’qitishning tarkibiy qismlari yoki bosqichlari
quyidagilardan iborat:
1.Tashkiliy qism .
2. O’tilgan materialni esga olish .
3. Yangi material bilan ishlash .
4. Yangi materialni mustahkamlash .
5. Uyga vazifa berish .
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish kerakki, o’quvchiga bilim berishda va ko’nikma va
malakalarini rivojlantirish uchun o’qituvchi birozgina yo’nalish berib o’tadi, bu yo’nalish
bilan cheklanibgina qolmay o’quvchini o’zi xam izlanishi kerak bo’ladi . Prezidentimiz
I.A.Karimov ― Farzandlarimiz bizdan ko’ra bilmli , aqlli, va dono bo’lishlari kerak ―
so’zlari bejiz emas.
Xozirgi kunda yoshlarga ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda . Chunki yosh iqtidorli
malakali kadrlarni qo’llab – quvvatlashda, ular kelajak avlodlarga ma’naviy, bilimlarni
rivojlantirish uchun samarali ishlar olib borilmoqdalar.
Bundan tashqari umumta’lim maktablarda kollej va litseylarda, shu bilan birga oliy o’quv
yurtlarida zamonaviy texnika uskunalari asosida dars o’tilishlari rivojlantirilib bormoqda.
Bular natijasida o’quvchi, talabalarni bilim ko’nikma va malakalarini rivojlantirishda katta
yordam bermoqda. Jumladan, Chet- tilini o’qitishda va o’qish texnikasini o’rhatishda
audio – video kassetalar yordamida, ko’rgazmalik qurollar bilan dasr olib borilishi, va
o’quvchi ongida singdirilishi uchun texnikaviy vositalardan foydalanish katta yordam
bermoqda. O’quvchining malakasi uchun shu mavzuni yuzaki emas, balki yaxshiroq
tushinishi uchun texnikaviy vositalar yordam bermoqda. Chet- tilini o’qishni o’rgatishda ,
o’qish tezligi va mashqlarni o’rganish, uyga berilgan vazifa bilan kelgusi beriladigon
vazifani mustahkamlash uchun takrorlanib tursa, ularning chet tiliga bo’lgan qiziqishlari
yanada ortadi.
O’qishni o’rgatishda ovoz chiqarib , ovoz chiqarmay, lug’atsiz, analitik va sintetik o’qish
mexanizmlarini yetkazib berish uchun avval, o’qituvchi o’zi yakka xolda matnni o’qib
beradi, va xar bir o’quvchi o’qishi natijasida o’qituvchi ularning kamchilik tomonlarini
tushuntirib o’tish kerak bo’ladi. Quyi sinf o’quvchilarda ozgina o’qish qiyinchilik
tug’dirsa , yuqori sinf o’quvchilarida birozgina qolipga tushurib o’qish seziladi.
O’quvchiga matn yuzasidan mashqlar bajarishi kerak bo’ladi, nega deganda matn bilan
tanishgandan so’ng albatta yangi so’zlarni yod olishi kerak, bo’lmasa mashq bajarishda
qiynalib qolishi mumkin. Mashq bajarishdan oldin o’qituvchi namunadagidek tushuntirib
beradi va shu asosida o’quvchilar mustaqil bajarishda ularda bilim, ko’nikma va
malakalar amalda tadbiq qilish asosida rivojlanadi.
Prezidentimiz iqtidorli va iste’dodli yoshlarga katta imkoniyat va sharoitlar yaratib
bermoqda. Chunki iqtidorli yoshlarni o’qitish uslubiyati ancha qiyinchilik tug’dirsada,
ixtisoslashtirilgan maktab va internatlarda ularga aloxida e’tibor berilmoqda.
Psixologik - pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratilmoqda, bunday yoshlarga aniq
ma’lumotlarni yetkazib berishda pedagog kadrlarni o’rni katta deb o’ylayman. O’quv tarbiya
jarayonida ularning faol ishtiroki ta’minlanadi.
Iqtidorli bolalar va iste’dodli yoshlarni chet –ellarda umumiy va kasbiy jixatdan tayyorgarliklar
natijasida turli xil faoliyatlar amalgam oshirilmoqda. Akademik litseylarning o’quvchilari,
birinchi navbatda yuksak iste’dod soxiblariga, bilimning tegishli soxalari va fanning
yo’nalishi qobiliyatlarini namoyon etish va o’rgangan bilim asosida, malakaviy , ko’nikmalar
xosil qilishda rivojlantirilib boriladi. O’zlarini bunday iqtidorli qobiliyatlarini namoyish
qilish uchun ―Fund – forum , ― Kelajak ovozi ― va chet –ellarda xam namoyon
etishmoqdalar. Bunday iqtidorli, malakali, qobiliyatli yoshlar ko’payishini va jamiyatga
foydasi tegishini istab qolaman.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1) I. A. Karimov ― Barkamol avlod orzusi ― Tosh. – 1999 yil.
2) I. A. Karimov ― Barkamol avlod- O’zbekiston araqqiyotining
Poydevori ― Tosh. -1998 yil.
3) I. A. Karimov ― Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch ― Tosh. – 2008 yil.
4) I. A. Karimov ― Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ―
5) J. Jalolov ― Chet til o’qitish metodikasi ― Tosh.- 1996 yil.
6) R. Raxmonov ― O’rta maktablarda chet til o’qitishning umumiy metodikasi ― Tosh –
1974 yil.
7) S. Saidaliyev ―Chet til o’qitish metodikasidan ocherklar ―.
8) O’. Xoshimov ― Ingliz tili metodikasi ―.
9) R. N. Tokarova ― Ingliz tilidan fakultativ mashg’ulotlar xrestomatiya ― Tosh.- 1976
yil.
10) R. Zaripova ― Chet tili o’qitish metodikasidan qo’llanma ― Tosh.- 1986 yil.
Do'stlaringiz bilan baham: |