Сборник тезисов «Ипак ва зираворлар»



Download 7,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/206
Sana24.02.2022
Hajmi7,78 Mb.
#227491
TuriСборник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206
Bog'liq
Ipak va ziravorlar 2018

Adabiyotlar ro’yxati: 
1. Kichik biznes va tadbirkorlik fanidan ma’ruza matni. i.f.n. dots. 
I.E.Tursunov; 7 bet. 
2. 
https://www.gazeta.uz/oz/2017/11/2/hunarmand/
 
Sharifova Sh.Sh., 
Turizm kafedrasi o`qituvchisi,
Buxoro davlat universiteti 
YOSHLAR TURIZMINING YOSH JIHATIDAN KLASSIFIKATSIYASI VA 
ULARNING O`ZIGA XOSLIKLARI 
 
Bolalar turizmi- bolalar bo`sh vaqtini maroqli o`tkazilishiga yo`naltirilgan 
turizmning ko`rinishidir. Bolalar turizmi- bu bilish ekskursiyalari, bolalar 
oromgohlari, robinzonadlar (sarguzashtga boy bo`lgan sayohatlar). Maktab ta`tillari 
va yozgi ta`til davomidagi ko`plab quvnoq ta`tillar, dunyoqarashni kengaytirish, 
yangi do`stlar orttirish boshqa bir qator bolajonlarni shodlantiruvchi turizm 
faoliyatidir. Misol uchun, bu faol dam olish, ekologik lager, ot turizmi, trekking, 
sayrlar, suv turizmi, rafting, robinzonadlar vata`limiy markazlar. Bolalar turizmi 
maktabgacha va maktab yoshidagibolalar lageri dunyosidagi uncha katta bo`lmagan 
ekskursion turlardan boshlanadi. Bolalar lagerlarining turlari:sog`lomlashtiruvci 
lagerlar va komplekslar, sport-sog`lomlashtiruvchi lagerlar hamda xalqaro bolalar 
markazlari(“Artek”). Keyingi o`n yillikda xalqaro bolalar turizmi ham rivojlanib 
bormoqda. Turfirmalar bolalar va ularning ota-onalari uchun ko`plab qiziqarli 
turlarni, ya`ni yangi madaniyatga olib kirish, chet tillarini o`rgatish, sport hordiq 
kabilarni taklif eta oladilar. Mutaxassislar fikricha bolalar eslarini taniganlaridan 
ya`ni 4-5 yoshdan boshlab sayohatga chiqishga qiziqish bilsiradilar. Lekin bu bilan 
ularga bir yosh yoki undan ham erta davrlarda sayohatga chiqish taqiqlanadi degani 
emas. Uzoq muddatli va masofali turlarga 2-3 yoshlik davrlarda bolalarni olib 
chiqilsa oqilona qaror hisoblanadi va buni faqat yozda emas, qishda ham amalga 
oshirish mumkin. 
Bolalar turizmi bu juda ma`suliyatli, chunki, turoperatorlar bolalar yoki yoshlar 
turistik lagerlarini tanlab, undagi to`liq jarayonni, ya`ni, joylashtirish, ovqatlantirish, 
tibbiyot, qo`riqlash xizmati, ko`chish qulayligi va eng asosiysi bolalar o`yinlari 


61 
tashkilotchilari ishlari va programmmalarini sinchiklab tashkil etishlari darkor. 
Bolalar turizmi bozori Chexiya, Vengriya, Sloveniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Kipr, 
Buyuk Britaniya kabi mamlakatlardir. Bolalar turizmiga talab taklifga mos holda 
mavsumiy xarakterga ega, va albatta, maktab taa`tillariga borib taqaladi, kuz va 
bahorda bir hafta, qishda ikki hafta, yozda esa uch oyni tashkil etadi. Yoz oylari talab 
va taklifning eng cho`qqiga ko`tarilgan va mo`tadillashgan davri hisoblanadi. 
Bugungi 
kunda 
bolalar 
turizmi 
bozorida 
asosiy 
xaridorlar 
har 
yilgi 
sog`lomlashtiruvchi va sanatoriya- kurortlagerlarini stabil moliyalashtiruvchi 
tashkilotlar va jismoniy shaxslar. 
Maktab turizmi (pedagogic turizm)- bu turistik o`lkashunoslik faoliyat bo`lib, 
maktab yoshidagi bolalarning rekreatsion talablarini qondirishga qaratilgan. Maktab 
turizmining o`zi o`z ichida yana ikki turga bo`linadi: sinfiy turizm- ko`lam jihatdan 
kichik bo`lib, maktabning barcha sinf o`quvchilari uchun majburiy hisoblanadi. Va 
to`garak turizmi- sayohatga qiziquvchi va o`lkashunoslikka chanqog`I baland toshlar 
faoliyati. Maktab turizmi turli xil ko`rinishlarda bo`ladi: sayrlar turli ko`rinishdagi 
(piyoda, chang`ida va h.k.) turli vaqt davomiyligidagi, turli darajadagi, qiyinlik 
darajasi farqlanuchi, mahalliy, uzoq masofali, piyoda va transportli ekskursiyalar, 
to`garakdagi, seksiya va klubdagi mashg`ulotlar, turistik yig`ilishlar, turistik 
bellashuvlar, seminarlar, konkurslar, konferensiyalar, ko`rgazmalar, bayramlarva 
boshqalar. 
Maktab turizmida harakatda bo`ladigan ikki tomon mavjud – qatnashuvchi 
(o`quvchilar) va tashkilotchi (maktab o`qituvchilari, ma`muriy xodimlar). Shuning 
uchun ham maktab turizmi rejalashtirilgan va mustaqil turizmlarning oraliq turizmi 
hisoblanadi. Mustaqil faoliyat ko`rinishi bu o`quvchilarning ota-onalari va 
ustozlaridan yashirincha sayohatga otlanishlaribo`lib, unda boshqaruvchi lider boshqa 
qatnashchilar ichidan tan olingan tenqur hisoblanadi. Maktab davrida turizmning bu 
ko`rinishi salbiy hisoblanib nazoratsiz va pedagog ta`sirisiz tashkillashtiriladi. Ammo 
talabalik davrida bunday mustaqil tashkillashtirilgan turizm salbiy ifoda kasb 
etmaydi. Talabalar va `oqituvchilar nigohida turizmga nisbatan qarash farqli bo`lsa-
da, bir –biriga qarama – qarshi emas. Bolalar uchun turizm- faol dam olish formasi, 
qiziqarli mashg`ulot, noodatiy romantik yashash tarzi. Oqituvchilar uchun esa o`z 
tarbiyalanuvchilarini yaqindan bilish va ularning keng bilim olishiga chuqurroq ta`sir 
o`tkazish usuli ekan. Va tushunishadiki, turizm faqatgina ko`ngilxushlik emas, va 
unda ish va hordiq chegarasini aniq belgilash mumkin emas. O`qituvchi bolallarni 
turistik sayohatga olib chiqar ekan undan ko`zlangan maqsadga faqatgina sayohat 
faoliyat turlarini bolalar qiziqishidan kelib chiqib tanlasa o`z maqsadiga tezroq 
yetishadi. Maktab turizmi bozorini ko`proq Chexiya, Vengriya, Germaniya, Fransiya, 
Skandinaviya, Buyuk Britaniya kabi davlatlar egallagan.
Yoshlar turizmi (Talabalar turizmi)- turizmning ko`p qirrali turi bo`lib 
35yoshgacha bo`lgan insonlarning ehtiyojlariga qaratilgan faoliyat turi hisoblanadi. 
Yoshlar turizmi birinchi navbatda siyosiy propagandalik maqsadlarga qaratilgan 
tematik sayohatlar, turistik ekskursion sayrlar, daryo va dengiz kruizlari, turistik 
patriotic klublar, dam olish kunlari marshruti, tematik va obzorli ekskursion 
sayohatlar, va o`quv tarbiyaviy va sanoatga bag`ishlangan ekskursiyalar, turistik 
sog`lomlashtiruvchi programmalar va boshqalar. Yoshlar turizmida (30 yoshgacha 


62 
bo`lgan yoshlar) nisbatan kamroq qulayliklarga ega bo`lgan joylashtirish va tashish, 
ko`proq mahalliy holi va ko`ngilli yoshlar bilan ekskursion va ko`ngil ochish 
(diskoteka, tungi klub va barlarda ) faoliyatlari hisobiga arzonroq turni afzal 
ko`rishadi. Yoshlar bir joyda o`tirishni xohlashmaydi, ular har doim harakatda, ularga 
o`tkir hissiyotlarni tuyish, ekstremal sport turlari bilan shug`ullanish kabi faolliklar 
yoqadi. Yoshlar turizmining asosiy turlariga dayvind, vindserfing, kaytsetfing, tog` 
chang`I va alpinism kabi turlar ma`qul keladi. Ekstremal yoshlar sayohati baland 
tog`lari mavjud bo`lmagan yirik shaharlarda ham tashkil etiladi. Bunda zamonaviy 
texnika asboblaridan balandliklar va tepaliklar hosil qilinib bunday joylarda ham 
yoshlarga sayohatga bo`lgan ehtiyojlarini qondirish uchun imkon yaratiladi. Bunday 
ishlarni amalga oshirish uchun yoshlarga qat`iyat va iroda qo`rquvni yenga olish, va 
o`ziga ishanch qobiliyati zarur. Barcha insonda o`z matonatini o`ziga isbot qilishga 
intilish tuyg`usi mavjud va bu tuyg`u ekstremal yoshlar truizmini amalga oshirishga 
undaydi. Yosh ekstremallar mashaqatli kechilasigan turistik marshrutlarni tanlab, 
qiyinchili va xavflardan o`tib o`zlari zavqlanadilar. 
Yoshlarning turistik faoliyati – ilk bor XX asrning 20-30-yillaridatalabalar 
turizmi va ayrboshlanuvi, yoshlar birlashmari harakatlari ko`rinishida rivojlanib 
bordi; 40-50-yillarda maktab yoshdagilar turizmi;60-70-yillardaxalqaro va regional 
yashlar birlashmalarini ayrboshlash davri avj oldi; 80-yillar intensive rivojlanish 
davri bo`lib, bu turizmni tashkillashtirib beruvchi malakari moslashgan firmalar 
dunyoga kela boshladi. Yoshlar turizmi qator davlatlar qonunchiligi va xalqaro 
huquqiy normalar tomonidan mustahkamlanadi va qo`llab quvvatlanadi. Masalan, 
SBSE qonuniy akti(1975), Xalqaro turizm bo`yicha Manil dekloratsitasi(Fillipin 
1980). Hozirgi kunda dunyoda 300 dan ortiq yoshlar turizmi tashkilotlari, 30 dan 
ziyod xalqaro truism tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Har yili 25mlndan ziyod o`g`il 
qiz o`smirlar va yoshlar madaniy va ta`limiy ayrboshlanadi.
Yoshlar turizmi butun dunyoda Yoshlar turizmi va ayrboshlanuvi byurosi ( 
BITEJ -VGGESG)tomonidan koordinatsiyalanadi. O`z faoliyatini 1961-yildan 
boshlab yuritib, shtab kvartirasi Budapeshtda. 50 mamlakatdagi 67ta yoshlar turistik 
tashkilotlarini birlashtirib, 100mlndan ziyod yoshni har yili ta`limiy va tarbiyabiy 
xarakterdagi sayohatlarini tashkillashtirati. Yoshlar turizmi bozori Avstraliya, Yangi 
zellandiya, Niderlandiya, Chexiya, Vengriya, Fransiya, AQSH kabi davlatlardir.

Download 7,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish