1.1-diagramma
Mamlakatimiz iqtisodiyotida xizmatlar sohasining YAIMdagi ulushi
(foizlarda)
Manba:O`zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo`mitasi ma`lumotlari asosida
tuzilgan.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida ushbu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
2000 yilda 30 foizni, 2005 yilda 38,3 foizni, 2006 yilda 39,5 foizni 2015 yilda 54,5
foizni tashkil qilgan. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda bu ko`rsatkich 60-80
foizni tashkil etadi va iqtisodiyotlarida band bo`lgan aholining 70 foizi aynan shu
0%
10%
20%
30%
40%
50%
60%
2000
2005
2006
2010
2011
2012
2013
2015
2017
30%
38,3%
39,5%
49% 50,5%
52% 52,3% 53%
54,5%
45
sohada faoliyat ko`rsatmoqda. Shulardan kelib chiqqan holda, xukumat tomonidan
mazkur sohani jadal rivojlantirish zarurligiga katta e`tibor qaratdi. Chunki, xizmat
ko`rsatish
sohalarining rivojlanmaganligi aholi iste`mol xarajatlari tarkibiga ham o`z
ta`sirini ko`rsatadi.
Bugungi kunda respublikamiz aholisining iste`mol xarajatlari tarkibida
xizmatlarning ulushi 15,4
4
foizni tashkil qilsa, bu ko`rsatkich rivojlangan
mamlakatlarda 50-60 foizni tashkil etmoqda. Shu o`rinda ta`kidlash kerakki, xizmat
sohalarini rivojlantirish oilalarni maishiy texnika, kompyuter va shaxsiy avtotransport
turlari bilan ta`minlash darajasining oshishiga hamda ularga ko`rsatilayotgan xizmat
turlarining ko`payishiga ham imkon yaratadi.
Shu bilan birga, xizmat sohasini rivojlantirishdagi jiddiy kamchilik, bandlikni
oshirish va aholi daromadlarini ko’paytirish, mahalliy byudjetlarni to’ldirishni
manbai sifatida servis va xizmat ko’rsatish imkoniyatlaridan kam foydalanilishi
hisoblanmoqda. Xizmat ko’rsatish sohasi qishloq joylarda sust rivojlanmoqda. Shular
sababli, xizmat ko’rsatish sohasining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi bozor
mezonlariga mos kelmaydi va uni dunyoni rivojlangan mamlakatlarida bu sohada
erishilgan ko’rsatkichlarga taqqoslab bo’lmaydi.
Bu mamlakatlarda xizmatlarni yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 60-80 %ni tashkil
qiladi, xizmat sohasida iqtisodiyotda band bo’lgan aholining qariyb 70 %i mehnat
qiladi, aholining iste’mol xarajatlari tarkibida esa, mazkur soha 50-60 %ni tashkil
qiladi. Respublikamizda esa, bu ko’rsatkich 10-15 %dan oshmaydi.
Xizmat ko’rsatish sohasi iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirishning eng
muhim manbai va omili hisoblanadi.
2016 yil ykunlari bo’yicha berilgan ma’lumotlarga ko’ra xizmatlar ko’rsatish
oldingi yilga nisbatan 12,5 %ga oshdi va YIMdagi ulushi 59,3 % dan 59,5% ga
oshganligini ko’rishimiz mumkin.2010 yilda xizmatlar sohasining YIMdagi ulushi
49%ni 2015 yilda esa 54%ni taskil qilgan edi. Shuningdek 2016-2020 yillarda xizmat
ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturini amalga oshirish doirasida 2,3 mingdan
ziyod ob’ekt barpo etildi. Ko’rsatilgan xizmatlar hajmi 12,1 % , xususan aloqa va
axborotlashtirish xizmatlari 22,9, sog’liqni saqlash xizmatlari 14, avtotransport
xizmatlari 15,7, savdo xizmatlari 13,1% ga ko’paydi.
Innovatsiyalar, fan va texnika rivojining o’zaro aloqasi innovatsion jarayonning
asosi bo’lgan yangi texnika texnologiyani yaratish va o’zlashtirish jarayonini ko’rib
chiqishdan kelib chiqadi. Innovatsion jarayon quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
fan-texnika-ishlab
chiqarish-iste’mol.
Innovatsion jarayonning boshlanishini
fundamental va izlanish xarakteridagi, ya’ni sof nazariy turdagi ilmiy tadqiqotlar
bilan bog’lashadi. Boshqacha qilib aytganda, joriy davrda minimal ma’lumotlar
mavjud bo’lgan yoxud umuman mavhum bo’lgan tabiat xususiyatlari tadqiq etiladi.
Servisda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan rag’batlantirish alohida
ahamiyat kasb etadi. Bu esa respublikamizda innovatsion faoliyatni xalqaro talablar
asosida takomillashtirishni zarur qilib qo’ymoqda‚ ayniqsa respublikamizning jahon
hamjamiyatiga qo’shilishi, turli xalqaro tashkilotlarda qatnashishi innovatsion
4
,
4
Ўзбекистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси маълумотлар
46
rivojlanishning uslubiy tamoyillarini jahon amaliyotida qabul qilingan andozalar
talablariga javob berishni talab etadi.
Respublikamizda innovatsion faoliyatni tartibga solish uchun mustahkam
qonunchilik tizimi tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda yanada takomillashtirishga
alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Innovatsion faoliyatni tashkil etishning uslubi
va uslubiyotini takomillashtirishdan maqsad innovastiyalar bo’yicha konseptsiyalar
yaratish va ularni iqtisodiyotimizning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda
amaliyotga joriy etish zaruriyati bilan izohlanadi.
O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakat va jamiyat hayotida tub
islohotlar amalga oshirildi. Bugun, O’zbekiston, avvalambor o’zining kuch va
imkoniyatlariga tayangan holda, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy demokratik davlat barpo etish yo’lidan og`ishmay qat’iyat bilan
bormoqda.Mustaqil taraqqiyotimizning o’tgan 25 yillik davri mobaynida amalga
oshirilgan keng ko’lamli ishlar, ҳayotimizning barcha sohalarida, shu jumladan
tadbirkorlik va xususiy sektor sohasidagi islohotlar bugungi kunda o’zining ijobiy
natijalarini bermoqda.Mamlakat miqyosida tadbirkorlik sinfining ahamiyati barqaror
oshib bormoqda, chunki mazkur soha mamlakat iqtisodiyotining taraqqiyoti uchun
keng imkoniyatlar ochib beradi.
Innovastion faoliyat o’ziga xos murakkab va ko’p qirrali masala bo’lib,
korxonaning tadqiqotlar, ishlab chiqarish hamda sotuv munosabatlari majmuini
qamrab oladi. Uning samaradorligini oshirishda asosiy o’rin boshqaruvga tegishlidir.
Servisda innovastion faoliyat o’zida turli funksiyalar (marketing, rejalashtirish,
tashkil etish, nazorat) birikmasini namoyon etib, ularning har biri o’ziga xos va turli-
tuman aniq tadbirlarni amalga oshirishni talab etuvchi korxona alohida bo’linmalari
o’rtasidagi o’ziga xos va turli-tuman o’zaro aloqa masalalarini yechish hamda
korxonaning tashqi muhiti o’zgarishlariga mos samarali faoliyat olib borishini
ta’minlashga yo’naltirilgandir. Boshqaruv sohasi nafaqat ishlab chiqarish, balki ilmiy
tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, sotuv, moliya, kommunikastiyalar, ya’ni
korxona faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi.
Hozirgi
kunda
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tobora bozor
munosabatlariga kirib borayotgan sharoitda ishlab chiqarishga ilmiy texnika
taraqqiyoti yangiliklarini kiritish strategiyasini tuzib biluvchi, loyihalarni ishlab
chiquvchi va ularni taxlil qilishni biluvchi mutaxassislarni tayyorlash muhim
ahamiyatga ega. Servisda innovastion faoliyatni joriy etish bozor munosabatlari
sharoitida ishlay oladigan hamda korxona ilmiy texnik siyosatini samarali tashkil
etishga qodir malakali boshqaruvchilar va mutaxassislarni tayyorlash, ya’ni servis
sohasi ishttirokchilariga innovastion faoliyat borasida zamonaviy fikrni shakllantira
oladigan, xo’jalik yuritish va boshqaruvda yangicha usullarni qo’llay oladigan,
shuningdek, innovastiya sohasida rahbarlik san’ati sirlarini o’rgana oladigan darajada
nazariy va amaliy bilimlar berishdir. Servisda innovastion faoliyati asosiy vazifasi
servisda innovastion faoliyatni boshqarish tizimini takomillashtirish, shuning
negizida bozorni zarur yuqori sifatli xalq iste’moli mahsulotlari bilan boyitish, jahon
bozoriga chiqishga keng yo’l ochish va o’z mahsulotlarini xorijiy davlatlarda
raqobatbardosh etib tayyorlash, uni valyutaga sotish va bu bilan respublika
47
iqtisodiyotini boshqarishni xalqaro andozalarga olib chiqadigan darajadagi kasbiy
mahoratga ega mutaxassislar yetishib chiqishining ilmiy negizini ta’minlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |