Geografik joylashuvi va tabiati. Sharqiy Osiyoda, Koreya yarimrolining janubidagi
davlat. Shimolda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh (chegaraning
uzunligi-238 km). Janubiy Koreya g‘arbda Sariq dengiz, Sharqda Yapon dengizi bilan tutashib
ketgan. Janubi sharqda mamlakatni Yaponiyadan Koreys bо‘g‘ozi ajratib turadi. Sohilining
uzunligi-2413 km. Mamlakat relyefi asosan qir va tog‘lardan iborat. Asosiy tog‘ tizmasi sharqiy
sohilda parallel joylashgan Sharqiy Koreya tog‘laridir. Mamlakatning eng baland nuqtasi
Chejuda orolida joylashgan Xalasan tog‘i hisoblanadi. Janubiy va g‘arbiy sohillar tekisliklardan
iborat. Asosiy daryolari-Nextongan va Xangan. Asosiy qazilma boyliklari: volfram, temir,
marganets, mis, oltin, kumush. Haydaladigan yerlar hududning 21%ini egallaydi.
Iqlimi-mо‘tadil musson. Eman, bambuk, archa, qarag‘ay, terak, qayrag‘och, oqqarag‘ay
о‘sadi. Hayvonot olamida yо‘lbars, qoplon, silovsin, ayiqni uchratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |