Mavzu. Keynsning tovarlar va xizmatlar bozorida makroiktisodiy muvozanat modeli


-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi



Download 388,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/11
Sana31.12.2021
Hajmi388,26 Kb.
#226524
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
7-mavzu. Maruza matni

7.1-rasm. Jamg‘arish-investitsiya grafigi. 

 

Shuning uchun ham  to„liq bandlik mavjud bo„ladi. Bu iqtisodchilar davlatning 



iqtisodiyotga aralashuvi qisqa muddatli samara bersada, uzoq muddatga, oxir-oqibat 

bozor  iqtisodiyotining  tabiiy  harakat  mexanizmiga  notabiiy  aralashilganligi  uchun, 

salbiy oqibatlarga olib keladi deb hisoblashadi. 

1936-yili ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns kapitalizm iqtisodiyotiga yangi, 

ish bilan bandlik nazariyasini kiritadi. U o„zining «Pul, foiz va ish bilan bandlikning 

umumiy nazariyasi» asarida yangicha iqtisodiy muvozanat nazariyasini izohlab berdi. 

 Keyns  makroiqtisodiy  muvozanatga    to„liq  bo„lmagan  bandlik  sharoitida  ham 

erishish mumkinligini, to„la ish bilan bandlik qonuniy holat emasligini, balki tartibga 

solinmagan  iqtisodiyotda  tasodifiy  ro„y  berishigina  mumkinligini  isbotlab  berdi. 

Shuningdek, bu nazariyada iqtisodiyotdagi tebranishlar faqat urush, tabiiy ofat va shu 

kabi  vaziyatlargagina  bog„liq  emasligini,  balki  u  tinchlik  yillarida  ham  ichki 

omillarning  salbiy  oqibatlaridan  kelib  chiqishi  mumkinligi  asoslagan.  Ishsizlik  va 

inflatsiyaning  kelib  chiqishi  investitsiya  va  jamg„armalarga  bevosita  bog„liq. 

Narxlarning  oshishi  va  ish  haqining  pasayishi  boshqa  salbiy  omillar  bilan  birga 

iqtisodiyotning beqarorligiga olib keladi. 

Bunday  nomutonosibliklar  rejalashtirilgan  investitsiyalar  va  jamg„armalarning 

bir-biriga mos kelmasligi tufayli ro„y beradi.(7.2-rasm). 

Bunga  sabab  birinchidan,  jamg„arish  va  investitsiyalash  to„g„risidagi  qarorlarni 

har  xil  guruhlardagi  odamlar  turli  maqsadlarda  qabul  qilishi  bo„lsa.  ikkinchidan, 

jamg„aruvchilar  va  investorlarni  jamg„arish  va  investitsiyalashga  turlicha  sabablar 

undaydi.  Keynschilar  fikricha,  jamg„arma  va  investitsiyalar  bitta  omilga  bog„liq 

bo„lmagan  holda  turli  sabablar  asosida  amalga  oshiriladi.  Masalan,  kishilar  qiymati 

o„zining ish haqi miqdoridan ortiq bo„lgan mahsulotlarni sotib olish uchun, masalan 

avtomobil yoki televizor xarid qilish uchun jamg„arishadi. Jamg„armalar biror shaxs 




 

yoki oilaning kelajakdagi iste‟molini qondirish maqsadida, ya‟ni, uy xo„jaliklari oila 



boshlig„ining  nafaqaga  chiqqandan  keyingi  hayotini  yoki  bolalari  kelajagini 

ta‟minlash  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Bundan  tashqari  jamg„armalar  tasodifiy 

vaziyatlarda foydalanish maqsadida ham amalga oshiriladi. 

Investorlarni investitsiya qilishga undovchi sabablar esa foiz stavkasi bilan birga 

kutilayotgan sof foyda normasi hamdir. 

Klassiklar  nazariyasi  bo„yicha  jamg„arma  va  investitsiyalar  miqdorini 

aniqlaydigan asosiy  omil  foiz  stavkasi hisoblanadi.  Agarda, u  oshsa,  uy  xo„jaliklari 

kamroq  iste‟mol  qilib,  ko„proq  jamg„arishga  harakat  qilishadi.  Uy  xo„jaliklarida 

jamg„armalarning ko„payishi kredit narxlarining kamayishiga olib keladi. Bu esa o„z 

vaqtida investitsiyaning o„sishini ta‟minlaydi.  

Keynschilar  fikricha  esa,  foiz  stavkasi  emas,  balki  aholining  ixtiyoridagi 

daromadi  iste‟mol  va  jamg„arish  dinamikasini  belgilab  beradi.  Keltirilgan  nazariy 

asoslarga  tayangan  holda  Keyns  o„zining  makroiqtisodiy  muvozant  modelini  ishlab 

chiqdi. 


 


Download 388,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish